Логин:
Пароль:
Главная » Статьи » SMS VATAN 2018

Vatan iftihori
Bugun yuraklarda o'zgacha surur,
Bugun shodliklarning cheki yo'q aslo.
Ermatov tufayli yana bir bora,
Buyukligimizni tan oldi dunyo. To ki shunday sodiq o'g'lonlaring
bor,
Barcha tilda faqat shodlik payg'omi.
Futbol olamida baland ovoz-la,
Yangramoqda endi o'zbekning nomi. Yurtim, shaxmatda ham o'zding
barchadan,
Demak mehnat aslo bo'lmas besamar.
Ko'ngillarga cheksiz shodlik baxsh
etdi,
Kavala shahridan kelgan xushxabar. Xudodan so'rayman har subhu har
shom,
Qo'llasin o'zbekning mard
o'g'lonlarin.
Javohir, Islombek Sindorovlarga,
Bugun faxr bilan deyman ofarin! Shodligim, g'ururim, baxtimsan
mening,
Tinchlik hukm surgan ey go'zal
maskan.
Sening osmono'par binolaringga
Qaniydi men ham bir g'isht qo'shsam, Vatan.
Категория: SMS VATAN 2018 | Добавил: Admin (08.01.2018)
Просмотров: 48 | Теги: iftihori, Vatan | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Шаблоны для uCoz

Ресурс U-TORRENTINO.RU © 2013-2014 не содержит никакой нелегальной информации. На сервере хранятся только торрент-файлы содержащие в себе хеш-суммы файлов.

Любой торрент файл будет удален по требованию правообладателя. uCoz