Логин:
Пароль:
Главная » Статьи » SMS VATAN 2018

Ulug'imsan vatanim
Men dunyoni nima qildim,
O`zing yorug` jahonim,
O`zimga bek,
O`zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg`izim, Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan. Sen Ho`jandsan,
Chingizlarga
Darvozasin ochmagan,
Temur Malik orqasidan
Sirdaryoga sakragan,
Muqannasan qorachig`i Olovlarga sachragan,
Shiroqlarni ko`rgan cho`pon
Cho`lig`imsan, Vatanim. Shodon kunim gul otgan sen,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi,
Onammi,
Ilig`imsan, Vatanim, o`zingsan, Sen – shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim,
Ota desam,
Qizim deb,
Bosh egib turgan o`zing,
Ulug`imsan, VATANIM ! Kim Qashqarni qildi makon,
Kim Enasoy tomonda,
Jaloliddin – Qurdistonda,
Boburing – Hindistonda,
Bu qanday yuz qarolig` deb
Yotarlar zimistonda, Tarqab ketgan to`qson olti
Urug`imsan, Vatanim… Qizim desa osmonlarga
G`irot bo`lib uchgayman,
Chambil yurtda Alpomishga
Qayliq bo`lib tushgayman,
Padarkushdan pana qilib
Ulug`beging quchgayman, G`ichir-g`ichir tishimdagi
So`lig`imsan, Vatanim… Shodon kunim gul otgan sen,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi,
Onammi,
Ilig`imsan, Vatanim, o`zingsan, Sen – shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim,
Ota desam,
Qizim deb,
Bosh egib turgan o`zing,
Ulug`imsan, VATANIM ! Shodon kunim gul otgan sen,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi,
Onammi,
Oftobimsan, Vatanim, o`zingsan, Sen – shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim,
Ota desam,
Qizim deb,
Bosh egib turgan o`zing,
Ulug`imsan, VATANIM !
Категория: SMS VATAN 2018 | Добавил: Admin (08.01.2018)
Просмотров: 58 | Теги: Ulug'imsan, Vatanim | Рейтинг: 1.0/2
Всего комментариев: 0
avatar
Шаблоны для uCoz

Ресурс U-TORRENTINO.RU © 2013-2014 не содержит никакой нелегальной информации. На сервере хранятся только торрент-файлы содержащие в себе хеш-суммы файлов.

Любой торрент файл будет удален по требованию правообладателя. uCoz