Логин:
Пароль:
Главная » Статьи » SMS SHERLAR / СМС СТИХИ 2018

Yangi yil hislari
Yangi yil kelaqol,yurakkinamga,
Tanish hislarimni qilaqol ro’yob..!
Izhor aylayqolgin tilakkinamga,
Ortiq berolmasman,sog’inchlarga
tob.! Yangi yil kechasi o’tar imillab,
Mast alast haloyiq,kezarlar bedor.
Notanish hislarni menga shivirlab,
Ohista,siypalab mayin yog’ar qor..! Ko’ksimda izillar,sovuq hissiyot,
Yolg’izlik domidan keladi ketgim.
Yo’llarim yagona,hayot yo momot,
Ko’nglim zorlarini kelar unutgim..! Barcha jufti bilan,kayfiyat a’lo,
Qo’ltiqlab kezadi,bayram maydonin.
Osmonda oylarni gardishi qaro,
Hushnud kutgim kelar,yangi yil
onin..! Lekin hushnudlikdan,begonaman
kez,
Yiroqda shivirlar,sevgi hislari..!
Oh..bu jonim kuymoqdadir tez..,
Budir ayriliqning nohush izlari…! Jonim sezayapman o’zimni yakka,
Qo’limdan ushlagin,boqay intiqib..!
Bu shahar yutmoqda umidlarimni,
O’zimni tobora boryapman siqib,,! Sog’inching bunchalar bo’lmasa
shirin,
O’tgan yil umidlar chiqdi puchakka..!
Aytolmay qolgandim ko’ngilni sirin,
Aylanib bormoqda tanish
cho’pchakka..! Qo’limdan tutaqol,sezayin tafting..!
Lablaring ta’mini sezay yutoqib,,!
Sog’inchim yukidan egilsin kafting.,
Yonib ketayapman,ishqimni yoqib..! Muhabbat dardlarin yiroqqa otib,
Yurakka mehmonmi bugin yangi
yil..?!
O’tgan yillarini pullagan sotib,
Azobin tatmoqda yutoqib bu dil..! Yangi yil kelaqol,yurakkinamga,
Tanish hislarimni qilaqol ro’yob..!
Izhor aylayqolgin tilakkinamga,
Ortiq berolmasman,sog’inchlarga
tob.! Yangi yil bahtlarni etaqol tortiq..!
Zora umidlardan orom olsin jon..!
Категория: SMS SHERLAR / СМС СТИХИ 2018 | Добавил: Admin (10.01.2018)
Просмотров: 49 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Шаблоны для uCoz

Ресурс U-TORRENTINO.RU © 2013-2014 не содержит никакой нелегальной информации. На сервере хранятся только торрент-файлы содержащие в себе хеш-суммы файлов.

Любой торрент файл будет удален по требованию правообладателя. uCoz