Otajonim..!

Huvillagan bag’rimni qanday to’ldiray,
Bu sog’inchli azobimni qanday
qondiray.
Izlab qoldi ko’zlarim diydoringizni,
Otajonim endi sizni qaylardan topay. Mayus ko’zim ko’zlarizga to’ymayin
qoldi,
Shirin so’zim tillarimdan chiqmayin
qoldi.
Go’dak kabi murg’ak jonim tashlab
kettizmi, Otajonim endi sizni qaylardan topay. Ey do’stlarim Ota nomi buyuk so’z
ekan,
Kimda Ota bo’lsa uning baxti but
ekan.
Menda endi ushalmagan tilak shu
ekan, Otajonim endi sizni qaylardan topay. Besh farzandning suyangani tog’i
edingiz,
Guldek nozik nabiralar bog’i edingiz.
To’yimgacha yana besh yil kutmay
kettingiz,
Otajonim endi sizni qaylardan topay. Huvillagan yuragimni qanday
to’ldiray,
Bu armonli sog’inchimni qanday
qondiray.
Qabringizni bugun borib ziyorat qilay,
Otajonim sizga huzur-xalovat so’ray..!

Категория: SMS SHERLAR / СМС СТИХИ 2018 | Просмотров: 143 | Добавил: Admin
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ