Burkanibsan oq libosga,

Burkanibsan oq libosga,
Yarashibdi qalamqosh.
Lekin nega közlaringda,
Jilvalanar halqa yosh?
Gul bandidek barmog'ingga,
Tilla uzuk taqilgan. Nima uchun qarog'ingga
Alam öti yoqilgan?
Meni unut, taqdir ekan,
Yengolmadim qismatni.
Köz-köz qilma özgalarga
Qalbingdagi hasratni. Yonginangda kuyov töra,
Alpomishdek savlati.
Sen qizniya olib ketdi
Otasining davlati.
Qancha orzu qilgan edik,
Böldi barisi sarob. Endi senga köz yosh qoldi,
Menga bir qoldi sharob.
Buni umr savdo derlar,
Peshonangda bor ekan.
Xafa bölma kuyov bola
Senga loyiq yor ekan. Sevgimizni tushunmasdan
Ayirdilar nachora.
Qanday baxtli edik bizlar,
Endi qoldik be chora.
Qara, hamma raqs tushmoqda,
Özlaricha qilar töy. Bu bayramdan baxtli kim-u,
Kim afsusga böldi boy?
Qöy yig'lama, senga juda
Yarashibdi oq libos.
Qani endi tabassuming
Libosinga tushsin mos. Quyi egma boshingni hech,
Yig'lamagin har damda.
Eh sevgilim kechir meni,
Turolmadim va'damda.

Категория: SMS SHERLAR / СМС СТИХИ 2018 | Просмотров: 71 | Добавил: Admin
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ