Azonda ilk aytmish Bilol- Alloh go'zal

Azonda ilk aytmish Bilol- Alloh
go'zal, Alloh go'zal,
Orazi gul, husni Hilol-Alloh
go'zal, Alloh go'zal.
Arsh arkiga sulton O'zi,
beaybu benuqson O'zi, Mutloq kamol, mutloq jamol-
Alloh go'zal, Alloh go'zal.
Azal vujud, abad vujud
diydoridur shirin umid,
Vasli sharaf, vasli hayol- Alloh
go'zal, Alloh go'zal. Hukmiga hurlar muntazir,
parvadigori benazir
Holisdir ul zot, bemisol Alloh
go'zal, Alloh go'zal
Tuproqqa jon etmish ato -
odam ato momo havo, Loydan odam yasab kulol -
Alloh go'zal, alloh go'zal.
Shoir ko'ngil tabing o'shal,
ruhing o'shal, robbing o'shal,
Poyiga cho'k ul Zul Jalol Alloh
go'zal, Alloh go'zal!!!

Категория: SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ 2018 | Просмотров: 77 | Добавил: Admin
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ