Логин:
Пароль:
Главная » Статьи » SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ 2018

Ada, oyim nimaga uyg'onmayaptilar? Jajji bolakayning savoli shundog'am siqilib turgan dadasining yuragini ezdi. Ög'lini tizzasiga ötq
"Ada, oyim nimaga
uyg'onmayaptilar?" Jajji
bolakayning savoli shundog'am
siqilib turgan dadasining
yuragini ezdi. Ög'lini tizzasiga
ötqazdida, peshonasidan öpdi. "Oying ög'lim, rosa charchagan.
Endi bir-necha kun uxlab,
yaxshilab dam olishi kerak"
Bolakay indamadi. 5 yoshli
bolakay onasining og'ir
kasalligini ancha oldin fahmlagandi. Shifoxonaga
dadasi körishga olib borganida,
oyisi uni quchib rosa yig'lagandi.
Dadasi oying tuzalib ketadi,
keyin shifoxonadan javob
berishadi degandi. Oyisi uyga qaytganida bola oyim
tuzalibdilar deya rosa
sevingandi. Öy-hayollari özidek
sof murg'ak bola oyisiga boshqa
sababdan javob berib
yuborishganlarini bilmasdi. Har kungidek örniga yotarkan
bolakay osmonga qarab qölini
chözdi: "Oyimni tuzalishiga
yordam ber, Xudojon" Bir necha
kun ötgach tunda uyg'onib
ketdi. Pildirab koridorga chiqdi. Dadasi balkonda sigaret chekib,
kim b-ndir telda gaplashardi.
Bolakay dadasining hamma
gaplariga ham tushunmadi-yu
shu gaplar orasidan operatsiya,
katta pul degan jumlalarni ilg'ay oldi. Bir kinoda körgandi.
Operatsiyada doktorlar kasalni
ukol qiladi, keyin u tuzalib ketadi.
"Oyimni ham ukol qilishsa
sog'ayib ketadilar" öyladi
bolakay. Örniga qaytib yotarkan osmonga qarab yana qölini
chözdi: "Oyimni tuzalishiga katta
pul ber, Xudojon" Bolakayning
onasining ahvoli kundan-kun
yomonlashib borardi. U esa buni
bilmasdi. U faqat dadasining ösha kungi gaplarini öylardi:
operatsiya...katta pul... Oxirgi
kunlar bolani oyisining yoniga
kiritmay qöyishdi. U uyiga kelib-
ketayotgan köplab
qarindoshlarni jimgina kuzatib ötirardi. Dadasi esa bolakayga
pul tutardi: Ushla ög'lim, borib
muzqaymoq olib ye... Bolakay
onasining yaqinlari b-n
vidolashyotganini tushunmasdi.
Nihoyat uni chaqirishdi. Oyisining yoniga olib kirishdi.
Közlari shishib ketgan, oppoq
choyshab yopingan köyi chözilib
yotgan oyisining yoniga keldi. -
Kel shirinim,- oyisining hasta
ovozi eshitildi,- aqlli bola bölyapsanmi bog'chada? -Ha,
oyijon.-Yaxshi özimni
toychog'im...-Oyi, endi tuzalib
ketasizmi? -Hm...,-oyisi yig'lab
yubordi.-Menga yana ertak aytib
berasizmi?-Hm... -Sizni yaxshi köraman... Eh, bolakay... Oyisi b-n
shunday sönggi marta gaplashib
turganligini qayerdan ham
bilardi u. Bog'chadan kelganida
uyidagi odamlarning köpligidan
hayron qoldi. Hamma bolakayni körib köziga yosh olardi. "Ada
oyim uyg'ondilarmi?",
dadasining yoniga kelib söradi u.
Dadasi chökkalab ötirib ög'lining
közlariga boqdi: "Oying endi
uyg'onmaydi bolam,- keyin ög'lini quchdi,- oying bizni
tashlab ketdi. Ög'il yaxshi
tushunmadi, kissasini shoshib
kovladi-yu bir siqim buklanib
ketgan pullarni chiqardi: "Ada,
doktorlarga ayting, oyimni ukol qilishsin, oyim tuzalib ketsa böldi,
men bitta ham muzqaymoq
yemayman, faqat ayting ada,
oyimni tuzatib berishsin...."
Ög'ilning peshonasidan öparkan
dadasining köz yoshlari uningyuziga tomchiladi... Onasini
kömishdi. Tun chökkach örniga
yotarkan bolakay osmonga
qölini chözdi: Iltimos, oyimni
menga qaytarib ber,Xudojon...
Категория: SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ 2018 | Добавил: Admin (09.01.2018)
Просмотров: 58 | Рейтинг: 1.0/1
Всего комментариев: 0
avatar
Шаблоны для uCoz

Ресурс U-TORRENTINO.RU © 2013-2014 не содержит никакой нелегальной информации. На сервере хранятся только торрент-файлы содержащие в себе хеш-суммы файлов.

Любой торрент файл будет удален по требованию правообладателя. uCoz