Логин:
Пароль:
Главная » Psixalogik testlar!
1. Bir guruh odamlar kulganida, beixtiyor o'ziga ko'proq yoqqan odamga (yoki yaqin kishim, deb hisoblagan odamiga) qaraydi.

2. Biron mas'uliyatli yoki diqqatni jamlashni talab qiladigan, xullas, asabiylashishga majbur qiladigan biron ishni bajarishga to'g'ri kelganda, saqich yoki yana biron narsa chaynashga urinib ko'rish kerak. Bu ong ostida xavfsizlikni his qilish bilan bog'liq, chunki biz, odatda, hech qanday xavf yo'qligida ovqatlanamiz.

3. Agar bizdan kimningdir jahli chiqsa, biz esa xotirjamligimizni saqlab qolsak, g'azab bundan battar avj olishi mumkin. Biroq keyin o'sha odam bu qilmishidan xijolat tortadi.

4. Agar odam berilgan savolga qisman yoki mujmal javob bersa, qayta so'rashning keragi yo'q. Uning ko'ziga shunchaki tik qaragan ma'qul. U bu javob suhbatdoshini qoniqtirmaganini tushunib, gapini davom ettiradi.

5. Yuz ifodasi hissiyotlar natijasi bo'libgina qolmay, shu hissiyotlarni paydo qilishi ham mumkin. Shuning uchun o'zini baxtli his qilishni istagan odam ko'proq jilmayishi kerak.

6. Nutqda yoki xatda “o'ylashimcha” yoki “menimcha” degan iboralarni ishlatmagan ma'qul. Bu so'zlar ikkilanish ma'nosini ifodalaydi.

7. Muhim intervyu oldidan intervyu oluvchi bilan ko'p yillik do'stlik rishtalari bog'lab turibdi, deb tasavvur qiling. Vaziyatni qanday qabul qilish deyarli har doim o'zimizga bog'liq, xotirjamligimiz va erkinligimiz suhbatdoshimizga ham o'tishi mumkin.

8. Agar kimnidir ko'rganimizda, samimiy xursand bo'la olsak, keyingi uchrashuvda bu odamning o'zi ham bizni ko'rishdan xursand bo'ladi.

9. Odamlar katta iltimosimizni rad etgandan so'ng kichkinasiga rozilik berishga moyildirlar.

10. Suhbatdoshning oyoqlari qanday turganiga qarab, ko'p foydali narsani bilib olish mumkin. Masalan, poyabzalining uchi bizdan teskari tomonga qarab turgan bo'lsa, bu odamning suhbatni tezroq tugatishni xohlayotganini bildiradi.

11. Ko'pchiligimizning kimdandir qattiq tanqid eshitish kutilayotgan yig'ilishda, vaziyatda bo'lishimizga to'g'ri kelgan. Bunday vaziyatda o'sha odamga yaqinroq turgan ma'qul. Amaliyotdan ma'lum bo'lishicha, u g'azabidan tushib, hujum qilish fikridan qaytadi yoki hech bo'lmaganda biroz yumshoqroq gapiradi.

12. Ko'pchilik salobatni o'ziga ishonishdan farqlay olmaydi. Agar butun qiyofangiz bilan o'zingizga ishonishingizni namoyish etsangiz, odamlar sizga talpinishadi.

13. Xizmat ko'rsatish sohasida ishlaydiganlar uchun yaxshi maslahat: orqangizga oyna osib qo'ying. Odamlar o'zlarini sal madaniyatliroq tutishadi: axir o'zini asabiy va darg'azab ko'rish hech kimga yoqmaydi.

14. Tanishuv chog'ida odamning ko'z rangiga e'tibor berish — juda foydali odat. Nigohlar to'qnashuvi uzoqroq davom etganda, unda sizga xayrixohlik tug'iladi.

15. Birinchi uchrashuvga borganda hamrohingizni biron qiziq joyga olib borganingiz ma'qul. Shunda bu uchrashuvdan qolgan ijobiy hissiyotlar esga olinganda, sizni ham esga olishadi.
Категория: Psixalogik testlar! | Просмотров: 330 | Добавил: Admin | Дата: 26.01.2018 | Комментарии (0)

Шаблоны для uCoz

Ресурс U-TORRENTINO.RU © 2013-2014 не содержит никакой нелегальной информации. На сервере хранятся только торрент-файлы содержащие в себе хеш-суммы файлов.

Любой торрент файл будет удален по требованию правообладателя. uCoz