Логин:
Пароль:
Главная » Munajjimlar bashorati
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun asabiylashishga, xavotirlarga umuman o'rin yo'q. Muammolarni o'ylab siqilmang, ular besh daqiqa oldin bo'lmasa, besh daqiqa keyinroq albatta ijobiy hal bo'ladi inshoolloh. Undan ko'ra, uydagi muammolarni hal etishga kirishing, qo'shimcha daromad keltiruvchi ish topish payida bo'ling. Yosh bo'lsangiz, uydagi yoshi ulug' qarindoshlarning maslahatiga quloq tuting. Bu ham ba'zi masalalarda sizga tirgak vazifasini o'tashi mumkin. Salomatlik haqida kun bo'yi qayg'uring. Asablarni asrang.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

27 yanvarda kelajakka dahldor bo'lgan har bir voqea-hodisa, buyumga alohida e'tibor bilan yondashing. Talaba bo'lsangiz, hademay imtihonlar yaqinlashadi. Oldindan hozirlik ko'rib qo'yish ham ziyon qilmaydi. Yaqin qondoshlar bilan janjallashishdan saqlaning. Bu asabingizni izdan chiqaradi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Ortiqcha vazndan qiynalayotgan bo'lsangiz, parhez tutish haqida ham o'ylab ko'ravering. Hasad, g'iybatdan yuz o'giring. Ularning diydori qursin. O'zingizni ehtiyot qiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Bugun ertalabdanoq bir olam yangi axborotlar eshitasiz. Bular sizga professional kasbingiz bilan bog'liq ishingizda juda asqotishini unutmang. Yaxshisi, har bir axborotni bloknotga yozib qo'ying. Atrofdagilar bilan diplomatlarcha munosabat yuritishga harakat qiling. Shunday yo'l tutingki, yaqinlashib kelayotgan janjalli vaziyat ura solib qochsin. Oilasizlarning bugun kuni tug'adi. Bo'lg'usi juft qidirib yurganlar kechqurun o'sha insonni uchratishadi. Oddiy tanishuv romantik uchrashuvga aylanib ketsa ham ajabmas.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

27 yanvar kuni hayotingiz uchun juda muhim hisoblangan qarorlar chiqarishingiz zarur bo'ladi. Nimaiki ish bajarmang, tashqaridan yordam bo'lmaydi. O'z kuch, imkoniyatlaringizga tayangan holda harakatlar sodir etasiz. Mabodo arzimagan ehtiyotsizlik yoki beparvolikka yo'l qo'ysangiz ham pul masalasidagi ishlaringiz o'ngidan kelmay, chappasiga ketib qolishi mumkin. Kechqurun ro'zg'or tashvishlari bilan band bo'lmaganingiz ma'qul. Yaxshisi, dam oling, ertangi kun uchun kuch to'plang.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Tadbirkor bo'lsangiz, bugun ayrim ishlarni do'ndirish zarurati tug'ilsa, sobiq hamkorlarga yordam so'rab murojaat etishga majbur bo'lasiz. Agar gapni topib gapirsangiz-chi, raqobatchilar ham ma'lum ma'noda yordam ko'ratib yuborishlari hech gap emas. Juftingizni rashk qilmang. Ayniqsa, bu odatingiz sizga juda qimmatga tushishi mumkin. Ehtiroslarni, emotsiyani jilovda ushlang. Ularga erk bermang. Kechqurun olisdagi o'zingiz juda sog'ingan bir inson sizga qo'ng'iroq qilishi kutiladi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

27 yanvarda ertalaboq o'zingizni o'zingiz sug'urtalab oling. Shunday qilingki, o'zingizdan bo'lak hech kim shaxsiy hayotingizga kirib kela olmasin. Aks holda rejalaringizning barchasi yo'qqa chiqishi mumkin. Ba'zilar ishxonasida qarama-qarshi vakil yo vakilasi bilan ishqiy sarguzashtlarni boshdan kechira boshlashi mumkin. Afsuski, buning oxiri voy. Sergak torting, iblis yetagiga kirib qolmang. Moliyaviy masalada ham sizni allakimlar yo'ldan ozdirishga urinib ko'radi. Qat'iyatni yo'qotmasangiz, hech kimga aldanmaysiz.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Ish bitirish, boylikka oson yo'llar bilan ega chiqish kabilardan bezing. Peshona teri evaziga topilgan har bir tiyin pul toti o'zgacha bo'ladi. Siz xuddi shu totga intilib yashang. Ishxonada rahbarlardan tanbeh eshitishingiz ehtimoli bor. Bu ish-da, rahbar talab qiladi. Shuning uchun ham rahbar. Kunning ikkinchi yarmida katta xarajatlarga tushishingiz kutiladi. Lekin afsuslanishga hojat yo'q. Pullaringiz yaxshilikka sarflanadi. Qolaversa, kechqurun katmoningiz yana pulga to'ladi-yu, hamma tashvishlar barham topadi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

27 yanvar kuni hamkasblardan biri siz haqingizda bo'lar-bo'lmas g'iybat to'qiy boshlaganidan xabar topishingiz ehtimoli bor. Sukut saqlang. Kimki birovga atab chuqur qazisa, sal o'tmay o'sha chuqurga o'zi yiqiladi. Bugun xususiy mulk oldi-sotdisi muvaffaqiyatli kechadi. Qolgan ishlar ham xayrli yakunlanadi. Faqat mayda-chuyda asabbuzarliklarga chap bera olsangiz. O'sal yotgan qondoshlar bo'lsa, kechqurun ular holidan xabar olib qo'ying, savobga ega bo'lasiz.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Ish boshlashdan oldin hamfikr qidiring. Siz bilan fikri bir joydan chiqadigan odamlarni topsangiz, jamoaviy tarzda o'sha ishlarni amalga oshirasiz. Buning unumi o'zgacha bo'ladi. Hech qachon yengil yo'l bilan daromad orttirish haqida o'ylamang. Bu usul sizga to'g'ri kelmaydi. Negaki, siz hamisha halol, peshona teri, astoydil mehnat qilish evaziga pul topib o'rgangansiz. Kechqurun qarindoshlardan biri xastalanishi, uni kasalxonaga olib borishingiz mumkin.

TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)

27 yanvarda qaysi yonbosh bilan uyg'onasiz qorong'i, ammo ertalabdan boshqalarni tanqid ostiga olib, baqirib tashlay boshlaysiz. Yo'q, bu ishingiz to'g'ri emas. Xotirjamlik, sukunat, xursandchilik yarashadi sizga. Ayniqsa, ish joyingizda hamkasblarni aslo tanqid qila ko'rmang. Yomon otliq bo'lib qolishingiz turgan gap. Ayrim muammolarni hal etishda sizga yaqin do'stlar maslahati juda zarur bo'ladi. Iloj topsangiz, kechqurun tabiat qo'ynida dam olib qayting.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

Kuningiz a'lo darajada kechadi. Aldovlar, firib va hasad sizga to'siq bo'la olmaydi inshoolloh. Siz bilan dildan suhbat qurish istagida bo'lganlardan o'zingizni olib qochmang. Chunki bu suhbatlar davomida ko'p yangiliklardan boxabar bo'lasiz. Ish joyingizda hamkasblar va rahbariyat bilan kelishmovchiliklar yuzaga kelishi kutiladi. Salomatligingiz yomonlasha boshlaganini payqashingiz bilan darhol chorasini ko'rishingiz tavsiya etiladi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

27 yanvar kuni hech kim bilan janjallashmang. Janjallashishingiz kutilayotgan odamlar sizga hayrixoh, har qanday vaziyatda sizni qo'llab-quvvatlashga tayyor. Kunni ter to'kish, mehnat bilan o'tkazing. Bunday mehnatning mevasi totli bo'ladi. Sport bilan shug'ullanishdan voz keching. Aqliy mehnat kishilari moddiy jihatdan qo'shimcha quvvat va lazzat olishlari haqiqatga yaqin bo'lib turibdi.
Категория: Munajjimlar bashorati | Просмотров: 240 | Добавил: Admin | Дата: 26.01.2018 | Комментарии (0)

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

14 yanvarda omad siz tomonda bo'lishini xohlasangiz, imkoniyatlarning barcha eshiklari, nafaqat eshik, balki derazalarigacha taqillating, aslo tinch turmang. Ammo bu ishni siz do'stlar ko'magisiz amalga oshira olmaysiz. Bugun moliyaviy muammolarni ijobiy hal etish uchun qulay imkoniyatlar mavjud. Qo'shimcha daromad keltiradigan ish topsangiz ham ziyon qilmaydi. Kechqurun uzoq-yaqin qarindoshlarga qo'ng'iroq qilib, hol-ahvol so'rang. Bu ham savob ishlardan biri. Kam bo'lmaysiz.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Garchi vaziyatlar har daqiqada o'zgarib turgan bo'lsa-da, olis kelajak sari talpinishga shoshilmang. Hozircha bugungi kun bilan yashay turing. Yangi ishga joylashish istagida bo'lganlar ham shoshmasliklari tavsiya etiladi. Shaxsiy hayotda vaziyat qaltislashishi mumkin. Biroq bu qo'rqinchli emas. Aqlni ishlatish kerak xolos. Har bir qaroringizni oiladagilar bilan bamaslahat amalga oshiring. Kechqurun ruhiy taraqqiyot masalasida ba'zi mashg'ulotlarni bajaring. Ovqatlanishga ham alohida e'tibor qarating.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

14 yanvar kuni hayotingizda ba'zi tanaffuslar ko'zga tashlanishi mumkin. Bu yaqin do'stlarni yanada yaxshiroq tanib olish hamda faoliyatingizni yangilashda katta yordam beradi. Agar muhabbatda shubhangiz bo'lsa, ishqiy sarguzashtlar, romantik uchrashuvlarni vaqtincha chetga suring. Bir umrlik yorni tanlashda shoshma-shosharlik yaramaydi. Qolaversa, hayot ishonchsizlik asosiga qurilmaydi. Bunday hayot juda mo'rt bo'ladi. Kechqurun yolg'iz qoling. Yaqin kelajak haqida mulohaza yuriting.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Oilangizda vaziyat og'irlasha boshlagani xohlagan gapni gapirish, xohlagan harakatlarni sodir etaverish lozim degani emas. Og'ir-bosiqlikkina muammoni bartaraf etishda yordam bera oladi. Qarindoshlaringizga nisbatan munosabatlarni yanada iliq tus oldirishingiz zarur. Dam olish kunidan unumli foydalanish niyatingiz bo'lsa, kun davomida ro'zg'or kamini to'ldirish bilan band bo'lganingiz durust.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

14 yanvarda ertalabdan asablaringiz o'zingizga bo'ysunmay xunob qilishi kutiladi. Yaxshisi, telefongacha o'chirib qo'ying, o'zingizni chetga oling. Xotirjam tortish harakatida bo'ling. Shaxsiy muammolarni ijobiy hal etishda hazil-mutoyiba katta yordam bera oladi. Juftingiz bilan orangizda bugun muammo bo'lmaydi. Asosiysi, atrofdagilarga emas, faqat qalbingizga quloq tuting. Ovqatlanish me'yorlarini buzmang. Oshqozoningizda jiddiy muammolar tug'ilishi mumkin.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Gap moliyaga borib taqaladigan bo'lsa, o'zingizga haddan tashqari ishonib yubormang. Bu sizni boshi berk ko'chaga olib kirib qo'yishi hech gap emas. Hisob-kitobda adashmang. Pullar bir burchakda qolib ketmasligi uchun ularni foydali ishga tiking. Muhabbat, romantik uchrashuv va ishqiy sarguzashtlar uchun 14 yanvar juda xayrli va qiziqarli kechadi. Sog'lig'ingizni kun davomida nazorat qilishdan tiyilmang. Kerak bo'lsa, vrach ko'rigidan o'ting. Salomatlik yaxshi bo'lsagina dunyo ko'zingizga go'zal ko'rinadi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

14 yanvar kuni taqdiringizdagi asosiy va muhim uchrashuvlardan birini boshdan kechirasiz. Har bir ishni amalga oshirishda reallikka e'tibor qarating. Yangi kasb egallamoqchi bo'lganlarning yo'li ochiq. Siz astoydil yeng shimarib ishga kirishaversangiz bo'ladi. Kunning ikkinchi yarmida qo'lingizga bir dasta pul kelib tushishi kutiladi. O'zingizni ehtiyot qiling. Kimlarki sizni sevsa, qadrlasa, yoqlasa, ularga ham shunday javob qaytaring. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Bugun yaqinlaringizga ichki sirlaringizni oshkor etmang. Bu narsa kelajakda quchishingiz lozim bo'lgan muvaffaqiyatlar, zafarlarni yo'qqa chiqarishi turgan gap. Muhabbatda chayon burji vakillarining omadi chopmaydigan bo'lib turibdi. Niyatingiz amalga oshib kimningdir muhabbatiga erishsangiz ham, bu muhabbat mo'rt bo'lib chiqadi. Kechqurun yolg'iz qoling. Yolg'iz qolish sizni ortiqcha g'amlar, janjallar, ko'ngilsizliklardan asraydi. Uxlashga yotishdan oldin sut mahsulotlari iste'mol qilish bilan cheklaning.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

14 yanvarda qarshingizda birgina yo'l turadi. Shu yo'l ham ish, ham shaxsiy hayotingizga garmoniya olib kirish uchun asos vazifasini o'taydi. Har bir harakatni puxta reja asosida sodir eting. Kunning ikkinchi yarmida sizga ruhan yaqin insonlardan biri kutilmagan sovg'a hadya etishi mumkin. A'lo kayfiyat sizni ko'z ko'rib quloq eshitmagan muvaffaqiyatlar olamiga olib kiradi. Taqdirda boriga shukr qiling. Sarob sari talpinib ovora bo'lmang.

TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)

Hayotingizda mavjud garmoniyaga ziyon yetkazmaslik uchun rejalarga suyangan holda harakatlar sodir eting. Shunday ish ko'ringki, do'stlar, oila a'zolaringiz sizni yanada ko'proq hurmatlay boshlasin, sevsin, siz bilan faxrlansin. Moddiy ahvolingizni yaxshilash uchun sizga biznesda katta tajribaga ega odamning ko'magi zarur bo'ladi. Kechqurun sportning istalgan turi bilan shug'ullanish sizga faqat foyda beradi. O'zingizni, yaqinlaringizni ehtiyot qiling.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

14 yanvar kuni sira ikkilanmasdan ezgu niyatlar qilavering. Yaxshi niyatlaringiz albatta haqiqatga aylanadi. Kunning o'rtalariga borib o'zingizni lohas his eta boshlashingiz kutiladi. Shamollash alomatlarini sezishingiz bilan darhol tadbirini ko'ring. Surunkali xastalikka yo'liqqanlar shu zahoti vrach qabuliga shoshilishi lozim. Juftingiz yoningizda, u barcha mushkulotlar yechimini topishda siz bilan hamnafas bo'ladi. Qo'lingizga g'oyibdan pul kelib tushsa, undan yuz o'girmang.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Niyati buzuq, hasad o'tida yonguvchilardan nari bo'ling. Ruhan tinchlaning va xotirjamlikni har qanday ko'rinishdagi vaziyatda ham saqlab qoling. Haydovchi, muallim va siyosatchilarga bugun omadli, yoqimli lahzalar hamrohlik qiladi. Qay masalada bo'lmasin, qaror chiqarishda sergaklikka intiling. Kechqurun oila davrasida vaqt o'tkazing.
Категория: Munajjimlar bashorati | Просмотров: 96 | Добавил: Admin | Дата: 13.01.2018 | Комментарии (0)

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

13 yanvarda xohish va imkoniyatlaringizni chamalab olgandan keyingina ishga kirishing. Aks holda illyuziya domida qolib muvaffaqiyatsizlikka yuz tutishingiz mumkin. Moliyaviy muammoni hal etish uchun ko'p narsa kerak emas. U ham istak va imkoniyatlardan kelib chiqadi. Zahirangizda mo'maygina pul bor, demak, ba'zi yirik xaridlarni amalga oshiraversangiz bo'ladi. Siz uchun bugun jamoaviy tarzda ish yuritish qulayroq kechadi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Kayfiyatingiz bulutli bo'ladi. Bu ba'zi masalalarda og'ir vaziyatlarga sabab bo'lishi mumkin. Hayot davom etadi. Shunday ekan, tuyg'ularni va siz tomon oqib kelayotgan axborotlarni to'xtatishga urinmang. Shaxsiy ish bilan safar qilish, yangi tanishuvlar va xayrli ishlarni amalga oshirish muvaffaqiyatli kechadi. Kechqurun olisda yashovchi qarindoshingiz haqida yangi xabar eshitasiz.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

13 yanvar kuni ilgarigi prinsiplardan voz kechib, astoydil yeng shimargan holda ish boshlang. Shaxsiy hayotingizda nimanidir o'zgartirishga urinmang. Ba'zilar internet yordamida daromadini ko'paytirib olish imkoniga ega bo'ladi. Kechqurun oilasizlar romantik uchrashuv sari oshiqa boshlashadi. Bugungi uchrashuv alohida ahamiyatga ega ekanini unutmang. O'zingizni ehtiyot qiling. Salomatlikni asrang.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Bugun oldindan puxtalagan rejalaringiz amalga oshadi va moliyaviy mukammallikka erishasiz inshoolloh. Elektr tokiga ishlaydigan, kesadigan asboblar bilan ehtiyotkorona tillashing, jarohat olishingiz xavfi bor. Vujudingizdagi kuch va imkoniyatlarni kelgusida katta ishlarni amalga oshirish uchun iqtisod qilib qolsangiz ham foydadan xoli bo'lmaydi. Ommaviy tadbirlardan qoching, bu kayfiyatingizga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

13 yanvarda nafaqat asosiy ish joyingizda ko'zlangan daromadga ega bo'lasiz, balki qo'shimcha pul keltiruvchi ishga ham taklif etishadi. Tadbirkor va tijoratchilar raqobatchilarga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabat yuritishlari tavsiya etiladi. Ro'zg'ordagi yumushlarga ham alohida e'tibor bilan yondoshing. Shunda ishlaringiz baroridan keladi. Kechqurun ovqatlanishda yengil hazm bo'luvchi taomlarni tanlang. Iloj topsangiz, o'sal yotgan yoki yoshi ulug' qondoshlardan xabar oling, savobi tegadi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Bugun jismoniy zo'riqishlardan saqlaning. Immunitetni ko'tarish va ruhiy bardavomlikka erishish yo'lida maxsus mashqlarni bajaring. Ishxonangizda bo'layotgan har qanday hodisaga xotirjam boqishga harakat qiling. Yo'qsa asablaringizga putur yetishi mumkin. Bugun uy yig'ishtirish, farzandlar bilan muloqot qilish, uy hayvonlariga mehr-muruvvat ko'rsatish xayrli kechadi. Bundan tashqari, tabiat qo'ynida dam olib qaytsangiz ham ziyon qilmaysiz.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

13 yanvar kuni muhabbatda ehtiyotkor bo'ling. Ayniqsa, oila qurmagan bo'lsangiz, sizni firib yordamida chuv tushirishlari hech gap emas. Ayollar bugun tashqi ko'rinishlariga o'zgartishlar kiritish, go'zallik saloniga borib kelish kabi amallarni bajarishsa, nur ustiga a'lo nur bo'ladi. Sizni har bir yangilanish mamnun etadi. Har bir kichik xursandchilik ham o'zingizni baxtiyor his etishingizda asqotadi. Sog'lig'ingizni asrang.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Hamkasblaringiz qarshisida obro'yingiz ko'tariladi, yirik loyihalarni hayotga tadbiq etish bobidagi harakatlaringiz o'zini oqlaydi, mo'may daromadga ega bo'lasiz. Agar har bir ishni puxta reja asosida amalga oshirsangiz, bilingki, kun bo'yi sizga faqat omad kulib boqadi. Muhabbatda emotsiyani jilovlagan holda ish ko'ring. Shunday gaplar gapiring, shunday harakatlarni sodir etingki, tanlaganingiz yoki juftingiz sevishingizga qayta-qayta ishonch hosil qilsin.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

13 yanvarda siz bajarishingiz zarur bo'lgan ko'plab qiziqarli va serdaromad ishlar yo'lingizdan chiqadi. Moliyaviy ahvolingiz ham havas qilsa arzigulik darajada bo'ladi. Shunday ekan, yirik xaridlar qilib uydagilarni, o'zingizni xursand qilish imkoniyatiga egasiz. Ishxonada ham iste'dodingizning ba'zi ochilmagan qirralari ochilib, hamkasblarni hayratdan yoqa ushlashga majbur etasiz. Bir so'z bilan aytganda, bugun sizning kuningiz.

TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)

Bugun ishni yaqin o'tmishdagi xatoliklarni tuzatishdan boshlang. Agar har bir xatolikni tahlil qilib, tegishli va to'g'ri xulosalar chiqara olsangiz, keyingi hayotingizda bu kamchiliklar sizni ta'qib etmaydi. Kunning ikkinchi yarmida aksariyat do'stlarimiz sifatli va unumdor ishingiz uchun mukofot olasiz. Gap xaridlar haqida ketadigan bo'lsa, uyalib, tortinib, istihola qilib o'tirmang. Kechqurun toza havoda sayr qiling va kunduzgi yutuqlaringizdan zavqlaning. Asosiy vaqtingizni kechqurun oila davrasida kechiring.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

13 yanvar kuni nafaqat o'zingiz, balki yaqin qarindoshlarning yukini ham zimmangizga olishingiz kerak bo'ladi. Bu yuk og'irlik qilmaydi. Ichki olamingizni kezing, yangi imkoniyatlar qidiring. Ular sizga har bir sodir etadigan harakatingizda asqotadi. Ayniqsa, ijodkorlar bugun bor imkoniyatini ishga solgan holda oldinga dadil qadam tashlashlari lozim. Kechqurun oilangiz, ayniqsa, juftingiz va farzandlaringiz qarshisida obro'yingiz naqadar baland, o'rningiz arzirli ekaniga yana bir karra guvoh bo'lasiz.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)


Ertalabdanoq sizga hamkasblar, yaqin insonlar har jabhada yordam qo'lini cho'zishga tayyor turadi. Ular haqida umuman yomon xayolga bormang. Muhabbatda omadlisiz. Muhabbatning qaynoq otashi sizni kun bo'yi qurshab turadi. Uydagilarga, do'stlarga og'ir botadigan gaplarni zinhor gapirmang. Tijoratchi bo'lsangiz, raqobatchilardan juda ehtiyot bo'ling.
Категория: Munajjimlar bashorati | Просмотров: 94 | Добавил: Admin | Дата: 12.01.2018 | Комментарии (0)

Шаблоны для uCoz

Ресурс U-TORRENTINO.RU © 2013-2014 не содержит никакой нелегальной информации. На сервере хранятся только торрент-файлы содержащие в себе хеш-суммы файлов.

Любой торрент файл будет удален по требованию правообладателя. uCoz