Логин:
Пароль:
Главная » Mahaliy
Hozirda O'zbekiston bo'ylab shaharlarda arzon uy-joylar qurilmoqda. Tabiiyki, savol tug'iladi: «Uni kimlar olishi mumkin, arizani kimga topshirish kerak?». Ushbu savollarga Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida javob berildi.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 16 yanvardagi 14-son qaroriga asosan, shaharlarda qurilayotgan 5, 7 va 9 qavatli arzon ko'p kvartirali uylardagi kvartiralarni jismoniy shaxslarga biriktirish tuman hokimliklarida tuzilgan hududiy komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

Ko'p kvartirali uylardan kvartira sotib olish uchun turar-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan jismoniy shaxs hududiy komissiyaga (hokimiyatda joylashgan) quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

— ariza;

— qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) moliyaviy holatini tasdiqlaydigan hujjatlar;

— uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan jismoniy shaxsning quyida ko'rsatilgan mezonlardan biriga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjatlar:

✳️ o'z uy-joyining yo'qligi yoki eskirgan uylarda yashash;

✳️ bir uyda (bir kvartirada) boshqa oila yoki boshqa oilalar bilan birgalikda yashash;

✳️ ko'p bolali oila;

✳️ ona (ota)ning to'liq bo'lmagan oilada bolani (bolalarni) tarbiyalashi;

✳️ ariza beruvchining oila a'zolari orasida surunkali kasallikning og'ir turlaridan azob chekuvchi alohida xonada yashashga muhtoj bo'lgan shaxslarning mavjudligi;

✳️ oila tarkibida birinchi guruh nogironi mavjudligi;

✳️ turar-joy maydonining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan turar-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq emasligi;

✳️ tayanch doktoranturaning 2-kursidan boshlab, oliy ta'limdan keyingi ta'lim institutida tahsil olayotgan doktorantlar.

Hududiy komissiya har yili:

— joriy yil davlat dasturi doirasida qurilayotgan ko'p kvartirali uylardagi barcha kvartiralarni biriktirishni 1 fevralgacha bo'lgan muddatda tugallaydi;

— bo'lajak yilda quriladigan ko'p kvartirali uydagi barcha kvartiralarga potensial qarz oluvchilarning to'liq ro'yxatini 1 aprelgacha bankka taqdim etadi.

Jismoniy shaxs dastlabki badal mablag'larini unga kvartira biriktirilgandan keyin 60 kalendar kundan kechikmay 20406-son alohida jamg'arma depozit hisob raqamiga to'lashi shart.

Kvartira qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi dastlabki badal to'lanmagan taqdirda hududiy komissiyaning kvartirani jismoniy shaxsga biriktirish haqidagi protokol qarori o'z kuchini yo'qotadi.
Категория: Mahaliy | Просмотров: 231 | Добавил: Admin | Дата: 26.01.2018 | Комментарии (0)

18 yanvar kuni Qozog'iston Respublikasi Aqto'be viloyatida Rossiyaga yo'l olgan avtobus yonib ketdi, oqibatida 52 nafar yurtdoshimiz qurbon bo'ldi. Ushbu voqea yurtimizdagi har bir vatandoshni qayg'uga soldi, mulohaza qilishga undadi. Ushbu suratlar Rossiyaga yo'lga chiqib, tobutda uyiga qaytgan vatandoshlarimizni so'nggi yo'lga kuzatish chog'ida olingan.
Manba: Hordiq.uz
Категория: Mahaliy | Просмотров: 96 | Добавил: Admin | Дата: 23.01.2018 | Комментарии (0)

2018 yilning 11 yanvar kuni soat taxminan 17:00 larda Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o'tkazilgan tadbir davomida, Mirobod tuman IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan qidiruvda bo'lgan 1976 yilda tug'ilgan Terexin Aleksandr Mixaylovich, Mirobod tumani hududida ushlandi.

A.M.Terexin O'zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismida ko'rsatilgan (giyohvandlik vositalarini ko'p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) jinoyatini sodir etganligi uchun qidiruvda bo'lgan.
Категория: Mahaliy | Просмотров: 95 | Добавил: Admin | Дата: 13.01.2018 | Комментарии (0)

Ispaniyalik jahonga mashhur xonanda Enrike Iglesias 28 dekabr kuni Toshkentdagi «Istiqlol» san'at saroyida konsert beradi. «Mehmon otangdan ulug'» deyishganidek, Iglesias sabab taniqli so'z ustasi Obid Asomovning uch kunlik konsertidan bir kuni 2018 yilga o'tib ketdi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu konsert Alisher Usmonovdan O'zbekiston yoshlariga Yangi yil sovg'asi ekani aytildi. Enrike Iglesias Facebook’dagi sahifasida «Toshkentdagi konsert chiptalari allaqachon sotuvda!», deb yozgani bilan, chiptalar faqat faol va iqtidorli yoshlarga tarqatilishi ma'lum qilindi. Lekin…

«Chiptalar sotilmaydi, faol va iqtidorli yoshlarga sovg'a qilinadi», deyishgandi…
Enrike Iglesiasning Toshkentda konsert berishi haqidagi gap-so'zlar dekabr oyi o'rtalarida, Robbi Uilyamsning konsertidan so'ng paydo bo'lgan edi. «Istiqlol» san'at saroyi direktori Isroil G'ulomov 19 dekabr kuni «Daryo»ga bergan qisqa intervyusida ispaniyalik xonanda haqiqatan ham 28 dekabr kuni Toshkentda kuylashini tasdiqlab, «chiptalar narxi hozircha ma'lum emasligi»ni bildirgan edi.

Isroil G'ulomov konsertga chipta sotilmasligi, barcha tomoshabinlar unda taklifnoma asosida mehmon bo'lishi haqida 23 dekabr kuni «Daryo»ga ma'lum qildi. Shu kuni «Nuz.uz» nashri Enrike Iglesiasni Toshkentga rossiyalik milliarder Alisher Usmonov olib kelayotgani, konsert chiptalari Madaniyat vazirligi va Yoshlar Ittifoqi, shuningdek, boshqa jamoat tashkilotlari va Mehribonlik uylari orqali iqtidorli, faol yoshlarga tarqatilishi haqida xabar berdi.

Bundan tashqari, o'qishda va jamoatchilik ishlarida ma'lum bir yutuqlarga erishgan o'quvchi va talabalar ham ispaniyalik xonandaning konserti chiptalarini bepul qo'lga kiritishi mumkinligi aytilgan edi. Bu gaplar tasdig'i o'laroq, 26 dekabr kuni Xalqaro press-klub O'zbekiston Oliy ta'lim vazirligining milliarder Alisher Usmonovga yo'llagan tashakkurnomasini e'lon qildi.

«Bizga beg'araz asosda taqdim etilgan chiptalar davlat stipendiyalari sohiblariga aylangan iqtidorli talabalar hamda ota-onasiz talabalar orasida tarqatildi… Yordamingiz — mamlakatimizda xayriya ishini rivojlantirishga qo'shilgan bebaho hissa… Ota-ona mehrisiz qolgan talabalar muammolariga befarq munosabatda bo'lmaganingiz uchun samimiy tashakkurimizni aytamiz», — deyilgan edi vazirlik tashakkurnomasida.

O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi 24 dekabr kuni o'zining Telegram’dagi kanalida tashkilot Enrike Iglesiasning konsertiga chipta tarqatayotgani haqidagi xabarlarni «mish-mish» deb atab, «bu gap-so'zlar hech qanday asosga ega emasligi» haqida bayonot berdi. 26 dekabr kuni esa tashkilot rahbari Qahramon Quronboyev «Yoshlar Ittifoqi ushbu konsert uchun o'ziga ajratilgan bepul taklifnomalarni iqtidorli va eng faol yoshlarga tarqatayotgani» haqida xabar berdi.

«Anavi ko'zoynakli bola tekinga olgan 4 ta biletini 11 million so'mga sotmayapti»
«Daryo» muxbiri 28 dekabr — konsert bo'ladigan kun tongida «Istiqlol» san'at saroyida bo'lib, chiptalar bilan bog'liq vaziyatni o'rgandi. Saroy atrofida o'nlab chiptafurushlar faoliyat olib bormoqda. Ular, albatta, faqat Enrike Iglesiasning konserti chiptalarini sotish bilan shug'ullanayotgani yo'q, lekin ular uchun ham bugungi kunning bosh mavzusi — shu ispaniyalik xonanda. Eng qimmat chiptalar ham uning konsertiga.

«Daryo» muxbiriga to'qnash kelgan birinchi chipta olibsotari balkondan bitta bileti borligini, 600 ming so'mga sotishini aytdi. «Balkonning biletlarini 800 ming — 1 million so'mdan sotishyapti. Ustiga bor-yo'g'i 100—200 ming so'm qo'yib sotyapmiz, xolos», — deydi chiptafurush. Uning aytishicha, ikkita yonma-yon o'rinli chiptalarni topishning deyarli imkoni yo'q.

«Juda yonma-yon bo'lmasa ham, yon-atrofidan qilib bera olamiz, so'rab-surishtirib. O'zi rasman sotuvda yo'q bu biletlar, biz shu yo'q narsani ham topib beryapmiz», — deydi olibsotar. Bu, katta ehtimol bilan, tegishli tashkilotlar orqali bittadan chiptani qo'lga kiritgan shaxslar ularni olibsotarlarga sotib ketayotganini anglatishi mumkin.

Ikkinchi olibsotar 500 ming so'mga balkondan joy olib bo'lmasligini aytdi. «Balkon chiptalarini 700—800 ming so'mdan sotyapmiz. Ikkita olsangiz, balki, 650 mingdan qilib berishar bolalar, lekin shunda ham yonma-yon bo'lmaydi». Balkondagi ba'zi o'rinlar 1 million so'mgacha bo'lgan narxda, zaldagi joylar esa 5 million so'mgacha narxda sotilayotganini aytdi. «Zaldan 2,5 million so'mga ham chipta topolmaysiz», — dedi u. Chiptafurushning aytishicha, bunday qimmat narxga konsertga tushgandan tushmagan yaxshi. «Lekin bu Enrike-da!», — deb qo'shimcha ham qilib qo'ydi.

Ayni vaqtda, u chet ellik xonandaning konserti chiptalari bu qadar qimmatligida chiptafurushlarni ayblash noo'rinligini ta'kidladi. «Huv anavi yerda turgan ko'zoynakli bolani ko'ryapsizmi, sizga o'xshagan oddiy bir bola. Tekinga olgan to'rtta biletini 11 million so'mga bermayapti. Tekinga olganini o'zi tan olib turibdi, yigitlar naqd 11 million so'mni shunday olib kelib berishdi, yo'q deb turibdi. Yana ham qimmatroqqa sotmoqchi ekan. Biz shundan olgan biletimiz ustiga 100 ming so'm qo'yib sotsak, ko'zingizga qanday ko'rinamiz? Kim yomon? Biletchi yomon», — dedi biletchi.

Olibsotarlardan birining aytishicha, Iglesiasning konserti uchun san'at saroyining sahnasi «xuddi Yevropadagidek» o'zgartirilgan — sahna o'rtasidan zal tomon yo'lak qurilgan. Shu bois zalning markaziy qismidagi o'rindiqlardan bir qismi olib tashlangan (ushbu xabar tayyorlanayotgan vaqtda bu ma'lumotni «Istiqlol» san'at saroyi vakillaridan tasdiqlatish imkoni bo'lmadi). Ma'lumot uchun, «Istiqlol» 3982 tomoshabinga mo'ljallangan.

PS. Enrike Iglesiasning Moskvadagi konsertida u bilan tengma-teng qo'shiq kuylagan o'zbekistonlik Ulug'bek Ismoilov ispaniyalik xonandaning Toshkentdagi konsertiga ikkita chipta olgani haqida Instagram’dagi sahifasida e'lon qildi. U — o'zbek shou-biznesiga aloqador faol shaxslardan biri, biroq Yoshlar Ittifoqiga a'zomi yoki O'zbekistondagi biror oliygohning a'lochi talabasimi — bu noma'lum. Katta ehtimol bilan, u ham yo «Daryo» muxbiri ko'rgan olibsotarlardan biri bilan uchrashgan, yoki konsert tashkilotchilaridan chipta olgan — har holda, uni Enrike Iglesiasning o'zi ham taniydi.
Категория: Mahaliy | Просмотров: 90 | Добавил: Admin | Дата: 02.01.2018 | Комментарии (0)

Шаблоны для uCoz

Ресурс U-TORRENTINO.RU © 2013-2014 не содержит никакой нелегальной информации. На сервере хранятся только торрент-файлы содержащие в себе хеш-суммы файлов.

Любой торрент файл будет удален по требованию правообладателя. uCoz