Логин:
Пароль:
Главная » Foydali maslaxatlar
Hayot yo‘li hech qachon bir tekis emasligini barchamiz bilamiz. Bugun vaqtimizni xushchaqchaqlikda o‘tkazsak, ertasiga nima bo‘ladiyu, kimdir asabimizni buzadi. Shunday lahzalarda nafaqat o‘zimiz, balki, yuragimiz, ko‘nglimiz katta sinovdan o‘tishini, afsuski, sezmaymiz. Agar o‘zingizning janjalkash, ko‘ngli tor yoki aksincha ekanligingizni tekshirib ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, umid qilamizki, quyidagi test sizga albatta ko‘mak beradi. 1. Tasavvur qiling, jamoat transportida janjal boshlanib qoldi. Siz: a) janjalga aralashmaysiz (4 ball)
b) kim haq bo‘lsa, o‘shani himoya qilasiz (2 ball)
v) hamisha janjalga aralashasiz va oxirigacha o‘z fikringizni o‘tkazishga urinasiz (1 ball) 2. Majlisda boshliqlarni yo‘l qo‘ygan xatolari uchun tanqid qilasizmi? a) yo‘q (4 ball)
b) ha, lekin shaxsiy munosabatdan kelib chiqib (2 ball)
v) hamisha tanqid qilaman (1 ball) 3. Boshlig‘ingiz ishda sizga ma’qul bo‘lmagan rejani o‘rtaga soldi. Siz o‘zingizga yoqqan rejani aytib ko‘rasizmi? a) agar boshqalar ham meni qo‘llab- quvvatlasa, ha (4 ball)
b) ha, men o‘z rejamni oldinga suraman (2 ball)
v) yo‘q, tanqidim tufayli meni mukofotdan mahrum etishlaridan qo‘rqaman (1 ball) 4. Hamkasblaringiz, do‘stlaringiz bilan bahslashishni xush ko‘rasizmi? a) agar arazlab qolmaydiganlari bo‘lsa,
shu bahs bizning o‘zaro munosabatlarimizga ziyon yetkazib qo‘ymasa (4 ball)
b) ha, faqat muhim mavzularda (2 ball)
v) hamma bilan bahona topildi deguncha bahslasha ketaman (1 ball) 5. Navbatda turibsizu, kimdir navbatsiz oldinga o‘zini ursa, qanday yo‘l tutasiz? a) undan kam joyim yo‘q. Men ham navbatning oldiga o‘tib ketaman (4 ball)
b) ensam qotadiyu, dardimni ichimga yutaman (2 ball)
v) o‘zimning noroziligimni ochiqchasiga aytaman (1 ball) 6. Ishxonada hamkasbingizning sinov rejasi muhokama qilinmoqda. Ko‘rayapsizki, yutuqlar bilan birga kamchiliklari ham bor. Bilasiz, sizning fikringiz hal qiluvchi. Qanday yo‘l tutasiz? a) rejaning yaxshi — tomonlarini va kamchiliklarini aytib o‘taman (4 ball)
b) yaxshi taraflarini aytib, ishni davom ettirishni maslahat beraman (2 ball)
v) tanqid qilaman (1 ball) 7. Tasavvur qiling. Qaynonangiz qachon qarasa, sizga tejamkor bo‘lish haqida maslahat beraveradiyu, ammo o‘zi qimmatbaho buyumlar sotib olishdan bo‘shamaydi. Eng so‘nggi sotib olgan buyumi haqida sizning fikringizni bilmoqchi. Nima deysiz? a) o‘ziga yoqqan bo‘lsa, bo‘ldida! Maqtayman (4 ball)
b) bu didimga to‘g‘ri kelmasligini aytaman (2 ball)
v) janjallashib qolishim mumkin (1 ball) 8. Chekayotgan o‘smirlarni ko‘rib qoldingiz. Qanday yo‘l tutasiz? a) yomon, tarbiya ko‘rmagan bolalar dastidan kayfiyatimni buzib nima qilaman? (4 ball)
b) ularga tanbeh beraman (2 ball)
v) agar jamoat joyida shunday qilishsa, adablarini berib qo‘yaman (1 ball) 9. Restoranda ofitsiantning sizdan ko‘proq pul olib qo‘yganini sezib qolsangiz: a) u holda ko‘ngildan chiqarib bermoqchi bo‘lgan pulni bermayman (4 ball)
b) yana qaytadan hisoblashini iltimos qilaman (2ball)
v) bu ayni janjal ko‘tarishga bahona bo‘lardi (1 ball) 10. Siz dam olish uyidasiz. Ma’mur o‘z vazifasini bajarish o‘rniga boshqa ishlar bilan band. Tozalik, taomnomalar bilan qiziqmaydi. Ensangizni qotiradimi? a) ha, lekin arz qilgan bilan foydasi yo‘q (4 ball)
b) arz qilaman. U yaramasni jazolashsin, ishdan bo‘shatib yuborishsin (2 ball)
v) farrosh, ofitsiantkalarga aytib, alamimdan chiqaman (1 ball) 11. Siz o‘smir o‘g‘lingiz bilan bahslashib qoldingiz. Lekin u haq. Xatoyingizni tan olarmidingiz? a) yo‘q (4 ball)
b) albatta tan olaman (2 ball)
v) agar xatoyimni tan olsam, otalik hurmatim qayoqda qoladi? (1 ball) NATIJALAR: 30 dan 44 ballgacha. Siz janjalni yoqtirmaysiz. Eng murakkab vaziyatlardan ham osongina, silliqqina chiqib keta olasiz. 15 dan 29 ballgacha. Sizni janjalga suyagi yo‘q deb atashadiyu, ammo ishda, ko‘chada tanish-bilish, hamkasblar bilan munosabatingizga putur yetkazmaydigan darajada janjal qila bilishingizni ham tan olishadi va shuning uchun sizni hurmat qilishadi. 10 dan 14 ballgacha. Siz qachon qarasa, janjalga bahona qidirib yashaysiz. Birovlarni tanqid qilishni xush ko‘rasiz. Nohaq bo‘lsangizda, o‘z fikringizda turaverasiz.
Категория: Foydali maslaxatlar | Просмотров: 214 | Добавил: Admin | Дата: 08.02.2018 | Комментарии (0)

KIMLARGA
MUMKIN EMAS?


Qarag'ay g'uddalaridan tayyorlangan qaynatma va
damlamalar buyrak kasalliklari, gepatit, gastrit,
oshqozon yarasi bilan og'rigan bemorlarga umuman tavsiya etilmaydi. Homilador ayollarga ham mumkin emas: chunki g'uddalar sustlashib qolgan organizmga noxush ta'sir ko'rsatadi.

Yana har bir organizmning mazkur moddani qabul qila olish xususiyatiga ham e'tibor qaratish lozim.

Archaning manzarali ko'rinishi, chiroyli sadasi, xushbo'y hidi, qattiq yog'ochi bu daraxt turlarining benazir ekanligidan dalolat beradi. Ko'pchilikqarag'ayning shifobaxsh xususiyati, inson hayoti uchun nechog'li foydaliligini bilmasa kerak.

MDH davlatlarida archaning 35 dan ortiq turi keng tarqalgan bo'lib, xalq tabobatida archaning ildizi, ignalari, kurtagi, yangi novdalari, yelimi va hatto g'uddalarigacha shifobaxsh ne'mat sifatida qadrlanadi. Zamonaviy tibbiyot ham archaning beqiyos davo ekanini tan olgan. Juda ko'p shifoxona hamda sanatoriylar hovlisida qarag'ay ko'p ekilishiga ajablanmasa ham bo'ladi. Chunki archa havoni o'zining foydali fitonsidlari bilan tozalab beradi.

G'UDDALARNI QAChON TERGAN MA'QUL?

Xalq tabobatida qarag'ay g'uddalarining, asosan, yashil turdagisi ishlatiladi. Yosh g'uddalar butun yoz bo'yi o'z yashilligini yo'qotmay turaveradi. Ularni may-iyun oylarida tergan ma'qul. Tabobatda kattaligi 1-4 santimetr bo'lgan mevalarga talab katta.

G'uddalarning yumshoq, pichoq bilan oson kesilishiga ham e'tibor qarating, undan mayin archa hidi taralib tursin. Agar o'zingiz bilan pichoq olmagan bo'lsangiz, tishlab yoki tirnoq bilan tirnab ko'rish ham mumkin.

Qarag'ay g'uddalarining qon-tomir va insult uchun eng foydalisi iyun-sentyabr oyida pishib yetilganidir. Ayni shu paytga kelib g'uddalar tanin (miya to'qimalarini tiklaydigan modda) bilan boyiydi, bundan tashqari, o'zi yopiq va urug'larga to'la bo'ladi.

Mevasini terayotganda archaning kasallanmaganiga ham e'tibor qarating. Bundan tashqari, archaning ayol va erkak turlari ham bo'ladi. Foydali moddalar aynan ayollik turiga mansub sosnalarda mo'lroqdir. Agar ustki novdalarida qizil to'p mevalari ko'p archani ko'rsangiz, demak, siz to'g'ri tanlovni amalga oshirgan bo'lasiz.

TARKIBI

Sosna yoki qarag'ay o'zining mevasi — g'uddalari bilan juda mashhur. Aynan ana shu g'uddalar organizmga juda katta foyda keltirishi aytilmoqda. Xo'sh, uning kimyoviy tarkibi nimalardan iborat?

Ignabargli daraxt moyi.

Smolaga boy kislota.

Fitonsidlar.

Mineral tuzlar.

S, K, R, A, V guruh vitaminlari.

Elim.

Kraxmal.



DAVO XUSUSIYaTLARI

Mikroblarga qarshi kurashadi;

shamollashni tuzatadi;

balg'am ko'chiradi;

tinchlantiradi;

qonni tozalaydi;

safro haydaydi;

antiseptik;

zaharli moddalarni haydaydi;

zangilani davolaydi.



QAYSI KASALLIKLARGA DAVO BO'LADI?

Sosna g'uddalarining aynan qaysi kasalliklarga davo bo'lishini bilishni istaysizmi? Unda ushbu ma'lumotlarni diqqat bilan o'qing.

Insult kasalligiga qarshi. G'uddalarda tanin moddasining alohida turi mavjud bo'lib, insult ta'sirida parchalangan miya neyronlarini tiklash xususiyatiga ega. Bu esa falajlikni to'xtatish yoki uning asoratlari oldini olishga yordam beradi. Ayniqsa, spirtli nastoykasi juda foydali, chunki spirt taninning davo xususiyatlarini yanayam ochib beradi. Bunday dori xotiraga, yurak-qon tomir tizimiga, qon tomirlari devorini mustahkamlashga, quloqdagi shovqinni yo'qotishga yordam beradi.

Yo'talga qarshi. Damlama yoki spirtli nastoyka yordamida ingalyatsiya qilish ham mumkin. Mazkur vosita nafas yo'llaridagi shamollashlar — bronxit, traxeit, pnevmoniyani davolashda samarali yordamchidir. Undan yana o'pka silini davolashda kompleks davo sifatida ham foydalanish mumkin.

Qon bosimi oshganda. Ushbu vosita, shuningdek, qon bosimini tushirish xususiyatiga ega. Uni gipertoniya, yuqori qon bosimi oqibatida kelib chiqadigan insultni bartaraf etishda qo'llash maqsadga muvofiq.

Oshqozon-ichak xastaliklari. Ayrim tabiblar qarag'ay g'uddalaridan tayyorlangan qaynatma va nastoykalarni oshqozon hamda oshqozon osti bezi xastaliklarini davolashda buyurishadi. Ayniqsa, oshqozon yarasi va gastritda foydasi juda katta. Faqat undan ehtiyot bo'lib foydalangan ma'qul.

Varikoz. Vena tomirlarining zararlanishi, tomirlarning yuzaga chiqib qolishi kabi holatlarda davo vannalari tavsiya etiladi.

Kundalik jarohatlarda. Qizargan, shamollagan, og'riyotgan, kesilgan joylarga ham qarag'ay g'uddalaridan tayyorlangan spirtli nastoyka yaxshi foyda beradi. Bir qancha teri kasalliklari — ekzema, qichima, temiratki, allergiya kabilarda archa g'uddalari vannasini bemalol qo'llash mumkin.

Nevralgiya, revmatizm, miozit, podagra, radikulitda. Og'riyotgan bo'g'im va mushaklarni mazkur damlamada ho'llangan paxta bilan ishqalab artilsa, og'riq kamayadi. Qaynatma yoki damlamasi bilan og'iz hamda tomoq chayilsa, tomoq og'rig'i va shamollashdan xalos etadi.

Bolalar uchun foydasi. O'RVI, gripp, bronxit, traxeit va shu kabi kasalliklarda ingalyatsiya yoki damlamasidan foydalanish lozim. Teri kasalliklariga chalingan bolajonlarga shifobaxsh vanna qilib bering. Bu endigina xastalikdan chiqqan organizm himoyasini tiklab, ham tinchlantiradi. Faqat yo'tal tutayotgan bolaga qaynatmani berishda ehtiyot bo'ling. Agar shifokor tasdiqlab bergan miqdordan oshirib yuborsangiz, bolalarda allergik reaksiya kelib chiqishi mumkin.

Organizmni tiklash xususiyati. Bu shifobaxsh ne'mat avitaminoz, milk kasalligini davolashi bor gap. Bundan tashqari, immunitetni ham yaxshigina oshiradi. Uni turli virusli xastaliklardan so'ng organizmni tiklab olish uchun berish lozim.

Havoni tozalash xususiyati. Damlama va qaynatmalardan havoni tozalash va xushbo'y hidga to'ldirish uchun ham foydalaniladi. Buning uchun qarag'ayli efir moyidan sepadigan idishga 3-4 tomchi solib, ketidan suv soling va uy bo'ylab purkab chiqing. Qarag'ay daraxtidan ajralib chiqqan xushbo'y hid havodagi zaharli mikroblarga qarshi kurashadi.

Olimlarning hisob-kitobiga ko'ra, bir gektar tog' archazori 30 tonna kislorod ishlab chiqarib, undan 19 nafar inson bir yil mobaynida nafas olishi mumkin.

Undan olinadigan saqich esa og'izdagi noxush hidni yo'qotadi.



UYDA MALHAM
TAYYoRLASh SIRLARI

Agar qarag'ay g'uddalarini topa olsangiz, yuqoridagi kasalliklarga qarshi ushbu malhamlardan birortasini o'zingiz uyda ham tayyorlay olasiz.

Damlama uchun

5 ta yosh qarag'ay g'uddalarini maydalab, ustiga yarim litr suv soling. Past olovda 5 daqiqa qaynating. Mazkur damlama 1 soat tindirib qo'yiladi. So'ng chorak stakandan bir kunda uch marta ichish lozim.

Vanna qilish uchun

Uch stakan maydalangan qarag'ay g'uddalarini olib, ustidan 3 litr suv soling. Besh daqiqa qaynating, so'ng 2 soat tindirib qo'ying. Vannani issiq qilib qabul qilish lozim. Biroq unda 20 daqiqadan ortiq turmang.

Spirtli nastoyka
tayyorlash

Bir siqim maydalangan qarag'ay g'uddalarini olib, ustidan 10 foizli spirt yoki araq
quying. 7 kun issiq joyda saqlang. So'ng 1 choy qoshiqdan 3 marta ovqatdan so'ng qabul qiling. Uni suv yoki choyga qo'shib ham ichish mumkin.
Категория: Foydali maslaxatlar | Просмотров: 194 | Добавил: Admin | Дата: 26.01.2018 | Комментарии (0)

Odatda, har qanday parhezni boshlashdan oldin voz kechiladigan birinchi oziq-ovqat — bu non. Aslida, non mahsulotlari ratsiondagi tarkibida organizm uchun eng muhim moddalar: aminokislotalar, uglevodlar, vitaminlar, oqsillar, yog'lar va kletchatkalar bo'lgan eng zarur element hisoblanadi. Aynan shuning uchun bu mahsulotdan butunlay voz kechishni juda bama'ni qaror deb aytib bo'lmaydi.



Bug'doy non

Bu non unchalik foydali emas. Yuz gramm mahsulot tarkibida 270 kkal va 2,9 gramm yog' bor. U tez hazm qilinadi. Uglevodlar qonga tushadi va glyukozalarni chiqishga undaydi, bu esa ishtahaning yaxshilanishiga olib keladi.

Javdar (qora bug'doy) non

Bu kulrang non tarkibida kletchatkalar, lizin miqdori juda yuqori. Kulrang non organizmdan zararli moddalarni chiqaradi, avitaminozda, qandli diabetda, qabziyatda foydali.

Bundan tashqari nonning bu turi moddalar almashinuvini tartibga soladi. Hazm qilish jarayonini yengillashtirish uchun novvoylar javdar nonga bug'doy uni qo'shadi. Shuning uchun uni organizm yaxshi singdiradi. Bu juda foydali non.

Grechixali non

Kulrang nonning yana bir turi – tarkibida organizm uchun hamma zarur aminokislotalar bo'lgan grechixali non hisoblanadi. U kaliy, fosfor, temir, rux, selen, marganes va magniyga, antioksidantlarga, B va E guruh vitaminlariga boy. Tomir kasalliklarida foydali.

G'alla non

Boshoqli donlardan tayyorlangan kulrang non. Tarkibida kaliy, natriy, molibden, fosfor, yod, temir va kalsiy, ko'p miqdorda B, A, E, va PP guruh vitaminlari mavjud. Almashinish jarayonlariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, juda to'yimli, ichak mikrofloralari faoliyatini muvofiqlashtirishga yordam beradi.

Xamirturushsiz non

Kulrang, dag'al, zich bo'lgan bu non tarkibida pishirilgandan keyin ham saqlanib turadigan B, PP guruh vitaminlari va mineral moddalar miqdori juda yuqori. Ichak mikroflorasiga zarar keltirmaydi, shuningdek yallig'lanishga qarshi kurashish xususiyatiga ega.

Afsuski, xamirturushsiz nonga hidi va mazasini oshirish uchun ko'pincha kimyoviy yumshatuvchilar qo'shiladi. Masalan, ammoniy karbonat: u organizm uchun xavfli.
Категория: Foydali maslaxatlar | Просмотров: 170 | Добавил: Admin | Дата: 26.01.2018 | Комментарии (0)

1. Palto sotib olayotganda barcha choklarning to'g'riligi va butunligiga ishonch hosil qiling. Mato g'ijim, burishgan, cho'zilgan yoki qandaydir nuqsonli bo'lmasligi, astari ham yuqori sifatli matodan tikilishi kerak.
2.Yorlig'iga ahamiyat bering. Sifatli paltoda, albatta, firma yorliqlari bo'ladi: qaytarma yoqa va chap yengi, chap tomon cho'ntagining ichki qismiga esa firmaning nomi tikiladi.
3.Agar palto g'ijimlangan bo'lsa, astariga qarang.
4.Paltoni yuvish yaramaydi. Kirlangan joyini quruq cho'tka yoki kimyoviy tozalash yordamida ketkazish lozim.
5.Paltoni kiyimlar uchun maxsus g'ilofga solib saqlagan yaxshi, har holda «nafas» olib turadi.
Категория: Foydali maslaxatlar | Просмотров: 93 | Добавил: Admin | Дата: 13.01.2018 | Комментарии (0)

Statistika ma'lumotlariga ko'ra, yer yuzida yo'l-transport hodisalarining har beshtadan bittasi harakatlanish vaqtida haydovchining uyqusirashi yoki uxlab qolishi sababli sodir bo'ladi.

Quyida siz rulda uxlab qolishingiz mumkinligidan darak beradigan bir nechta belgilar keltirilgan.

Siz ko'zingiz yumilayotgan lahzani his qilasiz

Ko'z yumilish jarayoni odatdagi holatda juda tez va mutlaqo sezilarsiz yuz beradi. Lekin bu jarayon tezda uxlab qolishingizdan va mashinani to'xtatishingiz kerakligidan darak beradi.

Sizga ko'rish qobiliyatingiz pand beradi

Yo'ldagi narsalarning farqiga bormay qolasiz: siz bir tasvirni ko'rasiz, lekin harakat davomida u o'zgaradi yoki umuman yo'qoladi. Bu, ko'zingiz hali ham atrofdagi ma'lumotlarni qayd qilayotganini, lekin miya uni qabul qiladigan ahvolda emasligini, ya'ni uyquga ketayotganini bildiradi.

Sizning ko'rish qobiliyatingiz

Ilgari siz nigohingizni yo'ldan mashina asboblari ko'rsatkichlariga oson o'tkazgansiz. Uxlay boshlashingiz bilan esa ko'zlaringiz yangi sharoitga tez moslasha olmay qoladi va asboblarning hamma ko'rsatkichlarini ilg'ashingiz qiyin bo'ladi.

Miyangiz yalqovlik qila boshlaydi

Uzoq yo'l, sokin musiqa. Ruldagi odam biron bir narsani o'ylab ko'rish, qaror qilish, hatto gaplashishga ham erinib qoladi. Harakatlanish vaqtida har doim gaplashib ketish kerak, iloji boricha hayajonli mavzularda. Miya ishlashi, «uxlab qolmasligi» uchun doimiy ravishda unga tinchlik bermaslik kerak.

Siz mayda harakat qoidalarini buzishga yo'l qo'yasiz

Siz yo'l belgisini payqamay qoldingizmi? Bir-ikki marta yaqin masofa yoritgichini yoqishga ulgurolmadingizmi? Demak, miya asta-sekinlik bilan «uyquga ketayapti».
Категория: Foydali maslaxatlar | Просмотров: 78 | Добавил: Admin | Дата: 13.01.2018 | Комментарии (0)

Hammamizga ma'lumki, kungaboqar asabni tinchlantiruvchi xususiyati bilan mashhur. Balki, kungaboqarni har kuniga iste'mol qilib yurganlar ham uning qay darajada shifobaxsh ekanini bilishmas. Ammo shunisi aniqki, kungaboqar urug'i haqiqatan juda nodir mahsulot. Olimlarning aniqlashicha, kungaboqar go'sht va tuxum quvvatiga teng keladigan qudratga ega. Hattoki ulardan ham kuchliroq ta'sir etishi mumkin.
Kungaboqar urug'ining tarkibida ko'p miqdorda vitamin, oqsil, minerallar va keragicha to'yingan yog'lar mavjud.

PISTA SARATON XAVFINI
KAMAYTIRADI

Tarkibida selen moddasi ko'pligi bois, kungaboqar urug'i inson salomatligiga juda katta foyda keltiradi, ya'ni saraton xavfining oldini oladi. Selen moddasida eng kuchli oksidantlardan biri oqsil juda ko'p saqlanadi. Bu esa uning saratondan himoya qilish kuchini oshiradi. Xuddi ana shuni hisobga olib, taomnoma ratsioniga kungaboqar urug'i, undan tayyorlangan yog' va boshqa mahsulotlarni qo'shish ayni muddaodir.
Kungaboqar yog'i inson tanasiga yengil singadi va qonni xolesterindan asraydi.
Psixologlarning aytishicha, kungaboqar insonlarni tinchlantiruvchi eng a'lo antidepressant vosita bo'lib, pista chaqish orqali ular o'zini qiynab turgan bir qancha muammoli o'ylovlardan chalg'itishi mumkin bo'larkan.
Категория: Foydali maslaxatlar | Просмотров: 83 | Добавил: Admin | Дата: 12.01.2018 | Комментарии (0)

Шаблоны для uCoz

Ресурс U-TORRENTINO.RU © 2013-2014 не содержит никакой нелегальной информации. На сервере хранятся только торрент-файлы содержащие в себе хеш-суммы файлов.

Любой торрент файл будет удален по требованию правообладателя. uCoz