Savol:

– Assalomu alaykum! Ustozlar, xalqimizda “Suvniki suvga, sutniki sutga”, degan naql bor. Men savdogarman va qurilish mollar sotaman, hozirda do'konlarda qum qo'shilgan sementlar ko'payib ketdi. Uning narxi arzonligi sabab toza sementni sotish ancha qiyin. Agarda men do'konimga 2 xil sement olib kelib, ulardan birinchisini yani qum aralashmaganini narxi baland, ikkinchi qum qo'shilganini arzon sotsam, gunohkor bo'lamanmi?

Javob:
– Va alaykum assalom!
Siz aytib sotganingiz bilan sizdan olganlar aytmasdan sotishi aniq bo'lsa, joiz emas. Vallohu a'lam!

Manba: Hordiq.Uz
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

13 yanvarda xohish va imkoniyatlaringizni chamalab olgandan keyingina ishga kirishing. Aks holda illyuziya domida qolib muvaffaqiyatsizlikka yuz tutishingiz mumkin. Moliyaviy muammoni hal etish uchun ko'p narsa kerak emas. U ham istak va imkoniyatlardan kelib chiqadi. Zahirangizda mo'maygina pul bor, demak, ba'zi yirik xaridlarni amalga oshiraversangiz bo'ladi. Siz uchun bugun jamoaviy tarzda ish yuritish qulayroq kechadi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Kayfiyatingiz bulutli bo'ladi. Bu ba'zi masalalarda og'ir vaziyatlarga sabab bo'lishi mumkin. Hayot davom etadi. Shunday ekan, tuyg'ularni va siz tomon oqib kelayotgan axborotlarni to'xtatishga urinmang. Shaxsiy ish bilan safar qilish, yangi tanishuvlar va xayrli ishlarni amalga oshirish muvaffaqiyatli kechadi. Kechqurun olisda yashovchi qarindoshingiz haqida yangi xabar eshitasiz.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

13 yanvar kuni ilgarigi prinsiplardan voz kechib, astoydil yeng shimargan holda ish boshlang. Shaxsiy hayotingizda nimanidir o'zgartirishga urinmang. Ba'zilar internet yordamida daromadini ko'paytirib olish imkoniga ega bo'ladi. Kechqurun oilasizlar romantik uchrashuv sari oshiqa boshlashadi. Bugungi uchrashuv alohida ahamiyatga ega ekanini unutmang. O'zingizni ehtiyot qiling. Salomatlikni asrang.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Bugun oldindan puxtalagan rejalaringiz amalga oshadi va moliyaviy mukammallikka erishasiz inshoolloh. Elektr tokiga ishlaydigan, kesadigan asboblar bilan ehtiyotkorona tillashing, jarohat olishingiz xavfi bor. Vujudingizdagi kuch va imkoniyatlarni kelgusida katta ishlarni amalga oshirish uchun iqtisod qilib qolsangiz ham foydadan xoli bo'lmaydi. Ommaviy tadbirlardan qoching, bu kayfiyatingizga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

13 yanvarda nafaqat asosiy ish joyingizda ko'zlangan daromadga ega bo'lasiz, balki qo'shimcha pul keltiruvchi ishga ham taklif etishadi. Tadbirkor va tijoratchilar raqobatchilarga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabat yuritishlari tavsiya etiladi. Ro'zg'ordagi yumushlarga ham alohida e'tibor bilan yondoshing. Shunda ishlaringiz baroridan keladi. Kechqurun ovqatlanishda yengil hazm bo'luvchi taomlarni tanlang. Iloj topsangiz, o'sal yotgan yoki yoshi ulug' qondoshlardan xabar oling, savobi tegadi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Bugun jismoniy zo'riqishlardan saqlaning. Immunitetni ko'tarish va ruhiy bardavomlikka erishish yo'lida maxsus mashqlarni bajaring. Ishxonangizda bo'layotgan har qanday hodisaga xotirjam boqishga harakat qiling. Yo'qsa asablaringizga putur yetishi mumkin. Bugun uy yig'ishtirish, farzandlar bilan muloqot qilish, uy hayvonlariga mehr-muruvvat ko'rsatish xayrli kechadi. Bundan tashqari, tabiat qo'ynida dam olib qaytsangiz ham ziyon qilmaysiz.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

13 yanvar kuni muhabbatda ehtiyotkor bo'ling. Ayniqsa, oila qurmagan bo'lsangiz, sizni firib yordamida chuv tushirishlari hech gap emas. Ayollar bugun tashqi ko'rinishlariga o'zgartishlar kiritish, go'zallik saloniga borib kelish kabi amallarni bajarishsa, nur ustiga a'lo nur bo'ladi. Sizni har bir yangilanish mamnun etadi. Har bir kichik xursandchilik ham o'zingizni baxtiyor his etishingizda asqotadi. Sog'lig'ingizni asrang.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Hamkasblaringiz qarshisida obro'yingiz ko'tariladi, yirik loyihalarni hayotga tadbiq etish bobidagi harakatlaringiz o'zini oqlaydi, mo'may daromadga ega bo'lasiz. Agar har bir ishni puxta reja asosida amalga oshirsangiz, bilingki, kun bo'yi sizga faqat omad kulib boqadi. Muhabbatda emotsiyani jilovlagan holda ish ko'ring. Shunday gaplar gapiring, shunday harakatlarni sodir etingki, tanlaganingiz yoki juftingiz sevishingizga qayta-qayta ishonch hosil qilsin.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

13 yanvarda siz bajarishingiz zarur bo'lgan ko'plab qiziqarli va serdaromad ishlar yo'lingizdan chiqadi. Moliyaviy ahvolingiz ham havas qilsa arzigulik darajada bo'ladi. Shunday ekan, yirik xaridlar qilib uydagilarni, o'zingizni xursand qilish imkoniyatiga egasiz. Ishxonada ham iste'dodingizning ba'zi ochilmagan qirralari ochilib, hamkasblarni hayratdan yoqa ushlashga majbur etasiz. Bir so'z bilan aytganda, bugun sizning kuningiz.

TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)

Bugun ishni yaqin o'tmishdagi xatoliklarni tuzatishdan boshlang. Agar har bir xatolikni tahlil qilib, tegishli va to'g'ri xulosalar chiqara olsangiz, keyingi hayotingizda bu kamchiliklar sizni ta'qib etmaydi. Kunning ikkinchi yarmida aksariyat do'stlarimiz sifatli va unumdor ishingiz uchun mukofot olasiz. Gap xaridlar haqida ketadigan bo'lsa, uyalib, tortinib, istihola qilib o'tirmang. Kechqurun toza havoda sayr qiling va kunduzgi yutuqlaringizdan zavqlaning. Asosiy vaqtingizni kechqurun oila davrasida kechiring.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

13 yanvar kuni nafaqat o'zingiz, balki yaqin qarindoshlarning yukini ham zimmangizga olishingiz kerak bo'ladi. Bu yuk og'irlik qilmaydi. Ichki olamingizni kezing, yangi imkoniyatlar qidiring. Ular sizga har bir sodir etadigan harakatingizda asqotadi. Ayniqsa, ijodkorlar bugun bor imkoniyatini ishga solgan holda oldinga dadil qadam tashlashlari lozim. Kechqurun oilangiz, ayniqsa, juftingiz va farzandlaringiz qarshisida obro'yingiz naqadar baland, o'rningiz arzirli ekaniga yana bir karra guvoh bo'lasiz.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)


Ertalabdanoq sizga hamkasblar, yaqin insonlar har jabhada yordam qo'lini cho'zishga tayyor turadi. Ular haqida umuman yomon xayolga bormang. Muhabbatda omadlisiz. Muhabbatning qaynoq otashi sizni kun bo'yi qurshab turadi. Uydagilarga, do'stlarga og'ir botadigan gaplarni zinhor gapirmang. Tijoratchi bo'lsangiz, raqobatchilardan juda ehtiyot bo'ling.
Sahroi Kabirda qatorasiga ikkinchi yil
qor yog‘di. Bu haqda “RIA Novosti”
xabar bermoqda. Jazoirning sahro shimolidagi Ayn-
Sefra shahri hududida 7-yanvar,
yakshanba kuni ertalab qor
yog‘ishni boshlagani bildirilmoqda. Jami 40 santimetr yog‘in tushdi. Kun
oxiriga borib qor eriy boshladi. O‘tgan yili ham Ayn-Sefra atrofida
kuchli qor yoqqan, bu Sahroi
Kabirda 1979-yil fevralidan beri
qayd etilgan ilk holat bo‘lgandi.
Amerikalik erkak katta
o‘rgimchakdan xalos bo‘lishga
urinib, uyini yoqib yubordi. Bu
haqda Buzzfeed xabar berdi. Kaliforniyalik erkak uni qo‘rqitgan
bo‘ri o‘rgimchakni gazli zajigalka
yordamida yoqib yuborishga
uringan. U bunga muvaffaq bo‘lgan,
biroq yonayotgan o‘rgimchak
matrasga tushgan va matras darhol yonib ketgan. Alanga pardalarga,
keyin esa devordagi bayroqlar
kolleksiyasiga o‘tgan. Natijada yong‘in butun uyni qoplab
olgan. Hech kim jarohat olmagan,
biroq bino shu darajada
zararlanganki, uy egalari boshqa
joyga ko‘chib o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Bo‘ri o‘rgimchak odamlar uchun
xavfli bo‘lib, odatda, chaqmaydi.
Biroq u chaqsa, o‘rni qizaradi va
sezilarsiz og‘riq yuzaga keladi. Eng
katta o‘rgimchaklar uch
santimetrgacha bo‘ladi.
Angliyalik 14 yoshli maktab
o‘quvchisi Niam Bolduin “nobop
tashqi ko‘rinishi” sababli vaqtincha
darslardan chetlatildi. Qiz yanvar
oyining boshida sochini kalga
oldirgan va uni kasal bolalarga yordam berish maqsadida xayriya
uchun berib yuborgan. Bu haqda
TJournal xabar berdi. Bolduinning onasi aytishicha,
o‘quvchining o‘zi Yangi yildan keyin
sochini oldirishni taklif qilgan. Ular
birgalikda sochlarni bolalar yasama
sochlarini tayyorlovchi Little Princess
Trust tashkilotiga yuborgan. Ertasi kuni Boduin darslarga
qo‘yilmagan. Muassasa rahbariyati
buni qizning “nobop ko‘rinishi”
bilan izohlagan. Qizning onasi bu
qarorni “tahqirlash“ deb atagan.
Bolduin sochlari biroz o‘sgach, to‘rt kundan keyin mashg‘ulotlarga
qo‘shilgan, ungacha esa uyida
shug‘ullangan. O‘quv muassasasi qizning ko‘rinishi
“nobop va e‘tiborni tortuvchi”
bo‘lganini va uning xayriya
aksiyasidagi ishtirokidan bexabar
ekanligini ma’lum qilgan.
Eldar Ryazanovning «Taqdir tuhfasi yoxud qushdek yengil bo'ling» filmi to'qima emas ekan. Bu holatni Albina Markova ismli ayol o'z boshidan o'tkazdi.

Ertalab Albinaning turmush o'rtog'i ishga ketgach, u eshikni qulflashni unutib, vannaxonaga kirib ketdi. Vannadan chiqqanida esa qo'rqib ketgan o'g'li kvartirada begona erkak borligini aytib qoldi. U archaning tagida oyoqlarini yig'ib, uxlab yotar, yonida esa kiyimlari taxlab qo'yilgan edi.

«Buni ko'rib, juda qo'rqib ketdim, bunday holat kelib-kelib mening xonadonimda sodir bo'ladi, deb o'ylamagandim. Dastlab turmush o'rtog'im ishdan ertaroq kelib, archa tagida uxlab qolgan, deb o'yladim. Yaxshilab qarasam, unday emas ekan».

Qo'rqib ketgan ona-bola darhol vannaxonaga yashirinib olishdi. Ayol o'sha yerdan turmush o'rtog'iga qo'ng'iroq qildi.

Xonadoniga qaytib kelgan uy sohibi mehmonni uyg'otishga urinib ko'rdi. Shaxsini aniqlash uchun esa sumkasini titishga to'g'ri keldi. Aniqlanishicha, notanish daydi tibbiyot fakultetining 4-kurs talabasi ekan. Familiyasini eshitgandan so'ng talaba o'ziga keldi, biroq begona odamning uyiga qanday kirib qolganini izohlab bera olmadi.

Bu holatni ayol labda kulgi bilan qarshiladi, biroq uning eri keyingi safar «Ippolit» qat'iyatli bo'lishini va moskvalik piyonistaning adabini berib qo'yishini alohida ta'kidlab o'tdi.
Ispaniyalik jahonga mashhur xonanda Enrike Iglesias 28 dekabr kuni Toshkentdagi «Istiqlol» san'at saroyida konsert beradi. «Mehmon otangdan ulug'» deyishganidek, Iglesias sabab taniqli so'z ustasi Obid Asomovning uch kunlik konsertidan bir kuni 2018 yilga o'tib ketdi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu konsert Alisher Usmonovdan O'zbekiston yoshlariga Yangi yil sovg'asi ekani aytildi. Enrike Iglesias Facebook’dagi sahifasida «Toshkentdagi konsert chiptalari allaqachon sotuvda!», deb yozgani bilan, chiptalar faqat faol va iqtidorli yoshlarga tarqatilishi ma'lum qilindi. Lekin…

«Chiptalar sotilmaydi, faol va iqtidorli yoshlarga sovg'a qilinadi», deyishgandi…
Enrike Iglesiasning Toshkentda konsert berishi haqidagi gap-so'zlar dekabr oyi o'rtalarida, Robbi Uilyamsning konsertidan so'ng paydo bo'lgan edi. «Istiqlol» san'at saroyi direktori Isroil G'ulomov 19 dekabr kuni «Daryo»ga bergan qisqa intervyusida ispaniyalik xonanda haqiqatan ham 28 dekabr kuni Toshkentda kuylashini tasdiqlab, «chiptalar narxi hozircha ma'lum emasligi»ni bildirgan edi.

Isroil G'ulomov konsertga chipta sotilmasligi, barcha tomoshabinlar unda taklifnoma asosida mehmon bo'lishi haqida 23 dekabr kuni «Daryo»ga ma'lum qildi. Shu kuni «Nuz.uz» nashri Enrike Iglesiasni Toshkentga rossiyalik milliarder Alisher Usmonov olib kelayotgani, konsert chiptalari Madaniyat vazirligi va Yoshlar Ittifoqi, shuningdek, boshqa jamoat tashkilotlari va Mehribonlik uylari orqali iqtidorli, faol yoshlarga tarqatilishi haqida xabar berdi.

Bundan tashqari, o'qishda va jamoatchilik ishlarida ma'lum bir yutuqlarga erishgan o'quvchi va talabalar ham ispaniyalik xonandaning konserti chiptalarini bepul qo'lga kiritishi mumkinligi aytilgan edi. Bu gaplar tasdig'i o'laroq, 26 dekabr kuni Xalqaro press-klub O'zbekiston Oliy ta'lim vazirligining milliarder Alisher Usmonovga yo'llagan tashakkurnomasini e'lon qildi.

«Bizga beg'araz asosda taqdim etilgan chiptalar davlat stipendiyalari sohiblariga aylangan iqtidorli talabalar hamda ota-onasiz talabalar orasida tarqatildi… Yordamingiz — mamlakatimizda xayriya ishini rivojlantirishga qo'shilgan bebaho hissa… Ota-ona mehrisiz qolgan talabalar muammolariga befarq munosabatda bo'lmaganingiz uchun samimiy tashakkurimizni aytamiz», — deyilgan edi vazirlik tashakkurnomasida.

O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi 24 dekabr kuni o'zining Telegram’dagi kanalida tashkilot Enrike Iglesiasning konsertiga chipta tarqatayotgani haqidagi xabarlarni «mish-mish» deb atab, «bu gap-so'zlar hech qanday asosga ega emasligi» haqida bayonot berdi. 26 dekabr kuni esa tashkilot rahbari Qahramon Quronboyev «Yoshlar Ittifoqi ushbu konsert uchun o'ziga ajratilgan bepul taklifnomalarni iqtidorli va eng faol yoshlarga tarqatayotgani» haqida xabar berdi.

«Anavi ko'zoynakli bola tekinga olgan 4 ta biletini 11 million so'mga sotmayapti»
«Daryo» muxbiri 28 dekabr — konsert bo'ladigan kun tongida «Istiqlol» san'at saroyida bo'lib, chiptalar bilan bog'liq vaziyatni o'rgandi. Saroy atrofida o'nlab chiptafurushlar faoliyat olib bormoqda. Ular, albatta, faqat Enrike Iglesiasning konserti chiptalarini sotish bilan shug'ullanayotgani yo'q, lekin ular uchun ham bugungi kunning bosh mavzusi — shu ispaniyalik xonanda. Eng qimmat chiptalar ham uning konsertiga.

«Daryo» muxbiriga to'qnash kelgan birinchi chipta olibsotari balkondan bitta bileti borligini, 600 ming so'mga sotishini aytdi. «Balkonning biletlarini 800 ming — 1 million so'mdan sotishyapti. Ustiga bor-yo'g'i 100—200 ming so'm qo'yib sotyapmiz, xolos», — deydi chiptafurush. Uning aytishicha, ikkita yonma-yon o'rinli chiptalarni topishning deyarli imkoni yo'q.

«Juda yonma-yon bo'lmasa ham, yon-atrofidan qilib bera olamiz, so'rab-surishtirib. O'zi rasman sotuvda yo'q bu biletlar, biz shu yo'q narsani ham topib beryapmiz», — deydi olibsotar. Bu, katta ehtimol bilan, tegishli tashkilotlar orqali bittadan chiptani qo'lga kiritgan shaxslar ularni olibsotarlarga sotib ketayotganini anglatishi mumkin.

Ikkinchi olibsotar 500 ming so'mga balkondan joy olib bo'lmasligini aytdi. «Balkon chiptalarini 700—800 ming so'mdan sotyapmiz. Ikkita olsangiz, balki, 650 mingdan qilib berishar bolalar, lekin shunda ham yonma-yon bo'lmaydi». Balkondagi ba'zi o'rinlar 1 million so'mgacha bo'lgan narxda, zaldagi joylar esa 5 million so'mgacha narxda sotilayotganini aytdi. «Zaldan 2,5 million so'mga ham chipta topolmaysiz», — dedi u. Chiptafurushning aytishicha, bunday qimmat narxga konsertga tushgandan tushmagan yaxshi. «Lekin bu Enrike-da!», — deb qo'shimcha ham qilib qo'ydi.

Ayni vaqtda, u chet ellik xonandaning konserti chiptalari bu qadar qimmatligida chiptafurushlarni ayblash noo'rinligini ta'kidladi. «Huv anavi yerda turgan ko'zoynakli bolani ko'ryapsizmi, sizga o'xshagan oddiy bir bola. Tekinga olgan to'rtta biletini 11 million so'mga bermayapti. Tekinga olganini o'zi tan olib turibdi, yigitlar naqd 11 million so'mni shunday olib kelib berishdi, yo'q deb turibdi. Yana ham qimmatroqqa sotmoqchi ekan. Biz shundan olgan biletimiz ustiga 100 ming so'm qo'yib sotsak, ko'zingizga qanday ko'rinamiz? Kim yomon? Biletchi yomon», — dedi biletchi.

Olibsotarlardan birining aytishicha, Iglesiasning konserti uchun san'at saroyining sahnasi «xuddi Yevropadagidek» o'zgartirilgan — sahna o'rtasidan zal tomon yo'lak qurilgan. Shu bois zalning markaziy qismidagi o'rindiqlardan bir qismi olib tashlangan (ushbu xabar tayyorlanayotgan vaqtda bu ma'lumotni «Istiqlol» san'at saroyi vakillaridan tasdiqlatish imkoni bo'lmadi). Ma'lumot uchun, «Istiqlol» 3982 tomoshabinga mo'ljallangan.

PS. Enrike Iglesiasning Moskvadagi konsertida u bilan tengma-teng qo'shiq kuylagan o'zbekistonlik Ulug'bek Ismoilov ispaniyalik xonandaning Toshkentdagi konsertiga ikkita chipta olgani haqida Instagram’dagi sahifasida e'lon qildi. U — o'zbek shou-biznesiga aloqador faol shaxslardan biri, biroq Yoshlar Ittifoqiga a'zomi yoki O'zbekistondagi biror oliygohning a'lochi talabasimi — bu noma'lum. Katta ehtimol bilan, u ham yo «Daryo» muxbiri ko'rgan olibsotarlardan biri bilan uchrashgan, yoki konsert tashkilotchilaridan chipta olgan — har holda, uni Enrike Iglesiasning o'zi ham taniydi.
« 1 2 3
АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ