1. Palto sotib olayotganda barcha choklarning to'g'riligi va butunligiga ishonch hosil qiling. Mato g'ijim, burishgan, cho'zilgan yoki qandaydir nuqsonli bo'lmasligi, astari ham yuqori sifatli matodan tikilishi kerak.
2.Yorlig'iga ahamiyat bering. Sifatli paltoda, albatta, firma yorliqlari bo'ladi: qaytarma yoqa va chap yengi, chap tomon cho'ntagining ichki qismiga esa firmaning nomi tikiladi.
3.Agar palto g'ijimlangan bo'lsa, astariga qarang.
4.Paltoni yuvish yaramaydi. Kirlangan joyini quruq cho'tka yoki kimyoviy tozalash yordamida ketkazish lozim.
5.Paltoni kiyimlar uchun maxsus g'ilofga solib saqlagan yaxshi, har holda «nafas» olib turadi.
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

14 yanvarda omad siz tomonda bo'lishini xohlasangiz, imkoniyatlarning barcha eshiklari, nafaqat eshik, balki derazalarigacha taqillating, aslo tinch turmang. Ammo bu ishni siz do'stlar ko'magisiz amalga oshira olmaysiz. Bugun moliyaviy muammolarni ijobiy hal etish uchun qulay imkoniyatlar mavjud. Qo'shimcha daromad keltiradigan ish topsangiz ham ziyon qilmaydi. Kechqurun uzoq-yaqin qarindoshlarga qo'ng'iroq qilib, hol-ahvol so'rang. Bu ham savob ishlardan biri. Kam bo'lmaysiz.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Garchi vaziyatlar har daqiqada o'zgarib turgan bo'lsa-da, olis kelajak sari talpinishga shoshilmang. Hozircha bugungi kun bilan yashay turing. Yangi ishga joylashish istagida bo'lganlar ham shoshmasliklari tavsiya etiladi. Shaxsiy hayotda vaziyat qaltislashishi mumkin. Biroq bu qo'rqinchli emas. Aqlni ishlatish kerak xolos. Har bir qaroringizni oiladagilar bilan bamaslahat amalga oshiring. Kechqurun ruhiy taraqqiyot masalasida ba'zi mashg'ulotlarni bajaring. Ovqatlanishga ham alohida e'tibor qarating.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

14 yanvar kuni hayotingizda ba'zi tanaffuslar ko'zga tashlanishi mumkin. Bu yaqin do'stlarni yanada yaxshiroq tanib olish hamda faoliyatingizni yangilashda katta yordam beradi. Agar muhabbatda shubhangiz bo'lsa, ishqiy sarguzashtlar, romantik uchrashuvlarni vaqtincha chetga suring. Bir umrlik yorni tanlashda shoshma-shosharlik yaramaydi. Qolaversa, hayot ishonchsizlik asosiga qurilmaydi. Bunday hayot juda mo'rt bo'ladi. Kechqurun yolg'iz qoling. Yaqin kelajak haqida mulohaza yuriting.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Oilangizda vaziyat og'irlasha boshlagani xohlagan gapni gapirish, xohlagan harakatlarni sodir etaverish lozim degani emas. Og'ir-bosiqlikkina muammoni bartaraf etishda yordam bera oladi. Qarindoshlaringizga nisbatan munosabatlarni yanada iliq tus oldirishingiz zarur. Dam olish kunidan unumli foydalanish niyatingiz bo'lsa, kun davomida ro'zg'or kamini to'ldirish bilan band bo'lganingiz durust.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

14 yanvarda ertalabdan asablaringiz o'zingizga bo'ysunmay xunob qilishi kutiladi. Yaxshisi, telefongacha o'chirib qo'ying, o'zingizni chetga oling. Xotirjam tortish harakatida bo'ling. Shaxsiy muammolarni ijobiy hal etishda hazil-mutoyiba katta yordam bera oladi. Juftingiz bilan orangizda bugun muammo bo'lmaydi. Asosiysi, atrofdagilarga emas, faqat qalbingizga quloq tuting. Ovqatlanish me'yorlarini buzmang. Oshqozoningizda jiddiy muammolar tug'ilishi mumkin.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Gap moliyaga borib taqaladigan bo'lsa, o'zingizga haddan tashqari ishonib yubormang. Bu sizni boshi berk ko'chaga olib kirib qo'yishi hech gap emas. Hisob-kitobda adashmang. Pullar bir burchakda qolib ketmasligi uchun ularni foydali ishga tiking. Muhabbat, romantik uchrashuv va ishqiy sarguzashtlar uchun 14 yanvar juda xayrli va qiziqarli kechadi. Sog'lig'ingizni kun davomida nazorat qilishdan tiyilmang. Kerak bo'lsa, vrach ko'rigidan o'ting. Salomatlik yaxshi bo'lsagina dunyo ko'zingizga go'zal ko'rinadi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

14 yanvar kuni taqdiringizdagi asosiy va muhim uchrashuvlardan birini boshdan kechirasiz. Har bir ishni amalga oshirishda reallikka e'tibor qarating. Yangi kasb egallamoqchi bo'lganlarning yo'li ochiq. Siz astoydil yeng shimarib ishga kirishaversangiz bo'ladi. Kunning ikkinchi yarmida qo'lingizga bir dasta pul kelib tushishi kutiladi. O'zingizni ehtiyot qiling. Kimlarki sizni sevsa, qadrlasa, yoqlasa, ularga ham shunday javob qaytaring. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Bugun yaqinlaringizga ichki sirlaringizni oshkor etmang. Bu narsa kelajakda quchishingiz lozim bo'lgan muvaffaqiyatlar, zafarlarni yo'qqa chiqarishi turgan gap. Muhabbatda chayon burji vakillarining omadi chopmaydigan bo'lib turibdi. Niyatingiz amalga oshib kimningdir muhabbatiga erishsangiz ham, bu muhabbat mo'rt bo'lib chiqadi. Kechqurun yolg'iz qoling. Yolg'iz qolish sizni ortiqcha g'amlar, janjallar, ko'ngilsizliklardan asraydi. Uxlashga yotishdan oldin sut mahsulotlari iste'mol qilish bilan cheklaning.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

14 yanvarda qarshingizda birgina yo'l turadi. Shu yo'l ham ish, ham shaxsiy hayotingizga garmoniya olib kirish uchun asos vazifasini o'taydi. Har bir harakatni puxta reja asosida sodir eting. Kunning ikkinchi yarmida sizga ruhan yaqin insonlardan biri kutilmagan sovg'a hadya etishi mumkin. A'lo kayfiyat sizni ko'z ko'rib quloq eshitmagan muvaffaqiyatlar olamiga olib kiradi. Taqdirda boriga shukr qiling. Sarob sari talpinib ovora bo'lmang.

TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)

Hayotingizda mavjud garmoniyaga ziyon yetkazmaslik uchun rejalarga suyangan holda harakatlar sodir eting. Shunday ish ko'ringki, do'stlar, oila a'zolaringiz sizni yanada ko'proq hurmatlay boshlasin, sevsin, siz bilan faxrlansin. Moddiy ahvolingizni yaxshilash uchun sizga biznesda katta tajribaga ega odamning ko'magi zarur bo'ladi. Kechqurun sportning istalgan turi bilan shug'ullanish sizga faqat foyda beradi. O'zingizni, yaqinlaringizni ehtiyot qiling.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

14 yanvar kuni sira ikkilanmasdan ezgu niyatlar qilavering. Yaxshi niyatlaringiz albatta haqiqatga aylanadi. Kunning o'rtalariga borib o'zingizni lohas his eta boshlashingiz kutiladi. Shamollash alomatlarini sezishingiz bilan darhol tadbirini ko'ring. Surunkali xastalikka yo'liqqanlar shu zahoti vrach qabuliga shoshilishi lozim. Juftingiz yoningizda, u barcha mushkulotlar yechimini topishda siz bilan hamnafas bo'ladi. Qo'lingizga g'oyibdan pul kelib tushsa, undan yuz o'girmang.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Niyati buzuq, hasad o'tida yonguvchilardan nari bo'ling. Ruhan tinchlaning va xotirjamlikni har qanday ko'rinishdagi vaziyatda ham saqlab qoling. Haydovchi, muallim va siyosatchilarga bugun omadli, yoqimli lahzalar hamrohlik qiladi. Qay masalada bo'lmasin, qaror chiqarishda sergaklikka intiling. Kechqurun oila davrasida vaqt o'tkazing.
2018 yilning 11 yanvar kuni soat taxminan 17:00 larda Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o'tkazilgan tadbir davomida, Mirobod tuman IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan qidiruvda bo'lgan 1976 yilda tug'ilgan Terexin Aleksandr Mixaylovich, Mirobod tumani hududida ushlandi.

A.M.Terexin O'zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismida ko'rsatilgan (giyohvandlik vositalarini ko'p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) jinoyatini sodir etganligi uchun qidiruvda bo'lgan.
Statistika ma'lumotlariga ko'ra, yer yuzida yo'l-transport hodisalarining har beshtadan bittasi harakatlanish vaqtida haydovchining uyqusirashi yoki uxlab qolishi sababli sodir bo'ladi.

Quyida siz rulda uxlab qolishingiz mumkinligidan darak beradigan bir nechta belgilar keltirilgan.

Siz ko'zingiz yumilayotgan lahzani his qilasiz

Ko'z yumilish jarayoni odatdagi holatda juda tez va mutlaqo sezilarsiz yuz beradi. Lekin bu jarayon tezda uxlab qolishingizdan va mashinani to'xtatishingiz kerakligidan darak beradi.

Sizga ko'rish qobiliyatingiz pand beradi

Yo'ldagi narsalarning farqiga bormay qolasiz: siz bir tasvirni ko'rasiz, lekin harakat davomida u o'zgaradi yoki umuman yo'qoladi. Bu, ko'zingiz hali ham atrofdagi ma'lumotlarni qayd qilayotganini, lekin miya uni qabul qiladigan ahvolda emasligini, ya'ni uyquga ketayotganini bildiradi.

Sizning ko'rish qobiliyatingiz

Ilgari siz nigohingizni yo'ldan mashina asboblari ko'rsatkichlariga oson o'tkazgansiz. Uxlay boshlashingiz bilan esa ko'zlaringiz yangi sharoitga tez moslasha olmay qoladi va asboblarning hamma ko'rsatkichlarini ilg'ashingiz qiyin bo'ladi.

Miyangiz yalqovlik qila boshlaydi

Uzoq yo'l, sokin musiqa. Ruldagi odam biron bir narsani o'ylab ko'rish, qaror qilish, hatto gaplashishga ham erinib qoladi. Harakatlanish vaqtida har doim gaplashib ketish kerak, iloji boricha hayajonli mavzularda. Miya ishlashi, «uxlab qolmasligi» uchun doimiy ravishda unga tinchlik bermaslik kerak.

Siz mayda harakat qoidalarini buzishga yo'l qo'yasiz

Siz yo'l belgisini payqamay qoldingizmi? Bir-ikki marta yaqin masofa yoritgichini yoqishga ulgurolmadingizmi? Demak, miya asta-sekinlik bilan «uyquga ketayapti».
«Oziq-ovqat mahsulotlarida ishlab chiqarilgan sana va yaroqlilik muddati ko'rsatilgan bo'lishi shartligi haqida eshitganman. Lekin ayrim holatlarda go'sht yoki go'sht mahsulotlarida bunday ma'lumotlarni topolmayman. Sotuvchidan so'rasangiz, «Bugun kelgan, olavering surishtirmay», deydi. Shu to'g'rimi?»

«Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi qonunning 6-moddasiga asosan, ishlab chiqaruvchi (sotuvchi, ijrochi) o'zi realizatsiya qilayotgan mahsulot (ish, xizmat)lar haqida iste'molchiga o'z vaqtida zarur, to'g'ri va tushunarli ma'lumot berishi shart.

Ishlab chiqarilgan sanasi hamda yaroqlilik muddati ko'rsatilmagan oziq-ovqatlarni realizatsiya qilish qat'iyan man etiladi. Bunga yo'l qo'ygan sotuvchi esa javobgar hisoblanadi.
AQShning Nyu-York shahrida joylashgan “Turning Stone Casino Resort” arenasida Shohjaxon Ergashev amerikalik Soni Fredriksonni yengdi.

Shohjaxon va Soni o'rtasida o'tgan bahsning uchinchi roundida yengilmas bokschimiz raqibiga qator aniq zarbalar yo'lladi. Amerikalik bokschi esa ushbu zarbalarga qarshi tura olmadi va nokautga uchradi.

Shu tariqa bokschimiz faoliyatidagi o'n ikkinchi jangini ham nokaut bilan yakunladi.
АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ