Логин:
Пароль:
Главная » 2018 » Январь » 12 » U kim edi? Sharpami yoki bemor?
19:28
U kim edi? Sharpami yoki bemor?
O'shanda aspirantura bosqichida o'qish bilan birga Toshkent shahrida, hozirgi Olmazor tumanidagi 4-oilaviy poliklinikada ko'z shifokori bulib ishlardim. Xayrullayeva Mavluda degan bemorimni davolayotgandim. Bu ayolning yoshi ellik yettida bo'lib, ko'zlarida yetarlicha muammolar bor edi. Shu boisdan unga 10 kun davolanish belgilangandi. Ishga kunora kelardim, shuning uchun Mavluda opa qabul kunlarimni o'tkazib yubormaslikka, nima bo'lganda ham ish joyimda bo'lganimda qabulimga kelishga harakat qilardi.

Shunday kunlarning birida bemorim: «Ra'noxon, shu chorshanba kuni onamni xotirlab, qizlik uyimga — G'ishtko'prikka boramiz, to yetib kelgunimcha, iltimos, ketib qolmang», dedi. Men rozi bo'ldim.

Nihoyat, chorshanba ham keldi. Poliklinikaga kirib, ro'yxatxonadagi xodimlar bilan salomlashar ekanman, xonam oldida o'sha bemorim — Mavluda opa o'tirganini ko'rdim. U kishi biroz betoqat edi. Bu vaqtda soat kunduzgi o'n ikkini ko'rsatib turardi. “Demak, avval muolaja olib, keyin ukasinikiga, G'ishtko'prikka ketar ekan-da”, deb o'yladim. Ro'yxatxonadan xonamgacha 7-8 metr masofa bor edi. Tezda xonamga kirdim-da, bemorlarni qabul qilishni boshladim. Bir-ikkita bemorni tekshirib bo'lgach, ulardan tashqarida kutib o'tirgan Mavluda opani chaqirib yuborishlarini so'rardim. Biroq kimdan aytib yuborsam, u: “Tashqarida Mavluda ismli ayol yo'q ekan”, deb javob berardi. Ularning gapiga ishonmadim, chunki o'zim Mavluda opaning navbat kutib o'tirganini ko'rgandim-da. Uning chap ko'zi ostidagi tomiri muolaja vaqtida ko'karib qolgan, Mavluda opa o'sha joyni dastro'molchasi bilan bosib o'tirgandi. Shuning uchun endi o'zim tashqariga chiqdim. Biroq men ham Mavluda opani ko'rmadim. Balki, biror joyga chiqqandir deb o'ylab, biroz kutib o'tirdim ham. Lekin bemorim ko'rinmasdi. Bu holatdan taajjubga tushdim.

Xullas, oradan to'rt soat o'tdi hamki, Mavluda opadan darak yo'q edi. U kishiga “Sizni kutib turaman”, deb va'da berganim sababli yana kutishga qaror qildim. Bu orada qorong'i ham tushib borardi. Bir mahal Mavluda opa halloslab yugurib keldi. So'ng ertalab G'ishtko'prikka ketganini, ammo faqat “Shifokorim ketib qolmasin-da, borishga ulguray-da”, deya o'ylab o'tirganini aytib berdi. Men shunda «Men ko'rgan ayol Mavluda opaning xayoli, shunchaki sharpa ekan-da» deb o'yladim. Bu fikr qanchalik g'alati tuyilmasin, boshqacha xulosa chiqara olmadim. Ehtimol, ushbu sinoat zamirida boshqa jumboq ham yashirindir. Ko'zimga ko'ringan ayolning sharpa yoki bemorligi men uchun hanuz sirligicha qolmoqda.
Категория: Fantastik | Просмотров: 62 | Добавил: Admin | Теги: Edi, Bemor, Sharpami, yoki, kim | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Шаблоны для uCoz

Ресурс U-TORRENTINO.RU © 2013-2014 не содержит никакой нелегальной информации. На сервере хранятся только торрент-файлы содержащие в себе хеш-суммы файлов.

Любой торрент файл будет удален по требованию правообладателя. uCoz