Логин:
Пароль:
Главная » 2018 » Январь » 13 » Tiyiqsiz nafs quliga aylangan go'rkov qo'lida xo'rlangan qiz nolasi
19:53
Tiyiqsiz nafs quliga aylangan go'rkov qo'lida xo'rlangan qiz nolasi
Bolaligimda buvim duo qilganida doim bitta gap ko'p qaytarardi: «Ilohim, ortimda qolinglar!» O'shanda bu so'zlarning mag'zini chaqolmasdim. Ammo katta bo'lganim sari bitta dahshatli haqiqatni anglab yetdim. Farzandlar bittagina bo'lgan otasi, bittagina bo'lgan onasi omonatini topshirsa ko'nika olar ekan-u, ammo ota yoki ona bitta bolasi vafot etsa-yu yana to'qqizta bolasi bo'lsa-da ko'nika olmas ekan. Shuning uchun ham o'nta bo'lsa o'rni boshqa deb bejiz aytishmagan. Ular ota omonat, ona omonat degan iboralarni ko'p takrorlashadi-yu, ammo farzand omonat degan gapni hech qachon tan olishmaydi. Chunki hech qaysi ota-ona farzand dog'ini ko'rishni istamaydi.

Shvetsiyaning Stokgolm shahrida istiqomat qiluvchi Didier Burkxolter ham aynan shunday otalardan edi. Uning ham farzandidan orzulari, umidlari katta edi. Kelajagining g'amini yer, baxti saodatini ko'rishdan umidvor edi. Ammo… O'pkasini qo'ltiqlab kelayotgan shashqaloq bitta haydovchi uning nafaqat qizini, qiziga qo'shib o'zining ham dunyosini ostin-ustun qildi. Farzandidan ayrilgan bitta u ekanmi deyapsizmi? Yo'q, bu sho'rlik, bu boyaqish, bu baxti qaro ota yakka-yu yolg'iz qizini ikki marta tuproqqa qo'ydi. Tez orada diplom olaman deb turgan, ilmiy ish ustida ishlab yurgan yoshgina bilimdon qizni avtofalokatdan so'ng kasalxonadan mozorga olib ketildi. Qizini tuproqqa qo'ygan otaga qizidan xotiralari, buyumlari yodgor bo'lib qoldi. Bu hali hammasi emas ekan. Sho'rlik otaning boshiga ketma-ket ko'rguliklar yog'ila boshladi. Ruhiy tushkunlikka tushib qoldi. Tomog'idan ovqat o'tmas, qo'li ishga bormas, kechalari uxlay olmas, uxlay olsa, yig'lab uyg'onar va qizining xonasiga kirib suratiga tikilib tong ottirardi. Bir oy deganda xotiniga yorildi. Uning kechalari yig'lab uyg'onishining sababi — qizi ekan. Marhuma otasining tushlariga kirib, qo'llarini cho'zgancha chinqirab yig'lar, meni qutqaring ota, deya uvvos solib, nola qilarkan. Shundog'am bir siqim bo'lib qolgan ona eridan havotir olib, darhol ruhshunosga olib bordi. Biroq bir oydan beri har kuni bir xil tush ko'rishining sababini ruhshunoslar ham topolmadi. Asablarini davolay olishmadi. Faqat bittasigina aqlli fikr aytdi: «Qizingizni ziyorat qiling. Iltimos qiling, ruhi sizni tinch qo'ysin!». Har tungi tushlardan, yig'ilardan, azoblardan ezilib ketgan ota shunday qildi. Qizining qabrini ziyorat etdi. Shifokor aytganidek, qabr oldida tinch qo'yishini so'rab iltimos qildi. Turib ketayotganida esa… U zudlik bilan qabriston qorovulini chaqirdi. Yangi qabr biroz cho'kkandek edi.



Shunday bo'lishi mumkinmi? — deb so'radi u qorovuldan. Go'rkovni topib kelishdi. Qabrni qazishsa… qiz yo'q edi. Jinoyat qidiruv bo'limi xodimlari yetib kelganidan so'ng esa hammasi oydinlashdi. Marhumaning tanasi go'rkovning omborxonasidan, eski vannaning ichidan topildi. Na odam va na hayvon bo'lmish go'rkov marhuma tuproqqa qo'yilgan kuniyoq qazib olib, issiq suvga solib qo'ygan va har tun… u yog'ini yozishga qalam ojizlik qiladi. Hatto hayvonlar ham hech qachon bu qadar tuban shahvoniy nafsga qul bo'lmasa kerak… Marhumani qayta yuvib tuproqqa qo'yishdi. Baxti qaro otani qizining ruhi tinch qo'ydi. Darvoqe, go'rkovni esa qamoqxonada bir nechta mahbuslar do'pposlab o'ldirishdi.
Категория: Fantastik | Просмотров: 241 | Добавил: Admin | Теги: nafs, quliga, Tiyiqsiz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Шаблоны для uCoz

Ресурс U-TORRENTINO.RU © 2013-2014 не содержит никакой нелегальной информации. На сервере хранятся только торрент-файлы содержащие в себе хеш-суммы файлов.

Любой торрент файл будет удален по требованию правообладателя. uCoz