Логин:
Пароль:
Главная » Romantik
Uyda televizor ko'rib o'tirsam, birdan telefon jiringlab qoldi. Go'shakni ko'tardim, xolamning qizi ekan. Qarindoshlarimiz orasida dangalchiligiyu rostgo'yligi bilan hurmat qozongan Vasila opamning ovozini eshitib, xursand bo'lib ketdim.

— Assalomu alaykum, ishlaringiz yaxshimi?

— Ha, zo'rman, o'zing-chi? Yuribsanmi haliyam erim zo'r, undan yaxshisi yo'q, deb. Qishloqdagi gaplar rostmi? Ering yana nima ish qildi?

— Qanaqa gaplar? Tushuntiribroq gapiring…

Ichimda allanima zirillab ketgandek bo'ldi. Chunki Vasila opam uncha-bunchaga telefon qilavermasdi.

— Kecha qishloqqa borgandim. Sharofat ayaning kelinini uchratib qoldim. U yoq-bu yoqdan gaplashib o'tirsak, birdan sen haqingda gap boshladi. Uning aytishicha, ering qishlog'imizdagi Ruxshona bilan nikoh o'qitib olganmish. U oting o'chgur, eringni aldab o'ziniki qilib olgan, shekilli? Xabaring bormidi yo endi eshityapsanmi?

Vasila opamning zardasidan qo'rqib ketganimdan «Yo'q», dedim. Aslida, erimning g'alati bo'lib qolganiga, fe'li o'zgarganiga ancha bo'lgan. Men buni uzoq yillar farzand ko'rmaganimizga yo'yib yuraveribman…

* * *

Biz sevishib turmush qurdik. Bir-birimizga ahdu paymon qilib, ota-onamning qarshiligiga qaramay, to'yimiz bo'ldi. Qishlog'imizda eshon buvaning bolalari deb nom chiqargan erimning oilasini kattayu kichik hurmat qilar, aka-ukalarning ahilligiga barchaning havasi kelardi. Kenja kelin bo'lganim uchun q ... Читать дальше »
Категория: Romantik | Просмотров: 143 | Добавил: Admin | Дата: 26.01.2018 | Комментарии (0)

Bundan buyon aktyorlik to'garagiga bormaydigan bo'ldim. Bu shunchaki ermak emas, san'at ekanligini onamga hech ham tushuntira olmadim. Boshida rozi bo'lgandi. Keyin birdan aynib qoldi. Aktyorlik kasbini bema'ni mashg'ulot deb, meni ona tili to'garagiga yozdirib qo'ydi. «G'ing» deya olmadim. Chunki onamdan juda qo'rqaman. Ukam ham qo'rqadi.

Biz oilada to'rt kishimiz. Otam, onam, ukam va men. Men dadamga, ukam esa onamga o'xshaydi. Hamma shunday deydi. Bizning uyda qonun-qoidalar bisyor. Hammasi faqat biz — farzandlar uchun ishlab chiqilgan. Qonun chiqaruvchi onam. Chunki dadam kun bo'yi ishda bo'ladi. Dam olish kunlari biz uchun bayram. Barcha qonunlar unutiladi. Onamning qovog'idan qor yog'adi. Biz esa yayraymiz.

Biz barvaqt, hech kim uyg'otmasidan turishimiz shart. Uyimiz atrofini aylanib turli yumushlarni bajarishimiz, onamga salom berib kirishimiz, televizorga qarab vaqt o'tkazmay, tezda ovqatlanishimiz, xullas, ko'p vazifalarni bajarishimiz zarur. Shulardan biriga ko'p gapirmaslik, aksincha, ko'p o'qish kiradi. Onam o'zi kamgap, uyda ukamning biroz onamga erkalanib qolishini aytmasa, hech qanaqa shovqin yo'q. Mehmonlar kelsa, mehmonga borsak, chet elga chiqsak — hamma narsa uchun qonunlar bor edi. Biz bunday chegaralardan chiqib ketishni xayolimizga ham keltirmasdik. Lekin bir kuni…

Sap-sariq, yuzida onamnikiga o'xshagan sepkili bor ukam maktabdan bir gap topib keldi. Sotuvchi Alimardon unga qiziq gap aytibdi. Ukamning og'zi ko'pirib ... Читать дальше »
Категория: Romantik | Просмотров: 133 | Добавил: Admin | Дата: 25.01.2018 | Комментарии (0)

Ajoyib oqshom. Qiz dugonasi bilan telefonda gaplashyapti.
— Bilasanmi, sobiq yigiting bugun jo'nab ketyapti.
— Menga farqi yo'q… Qaerga ekan?
— Angliyaga o'qishga…
— Tushunarli… Mayli, men bugun ertaroq uxlamoqchi edim, yaxshi yotib tur.
— Hm… Shunchalik ertami… Agar uxlay olmasang, qo'ng'iroq qil.
Qiz go'shakni qo'ygach, barchasini esladi. Qisqa va g'oyat ajoyib kechgan muhabbat tarixini. Birinchi muhabbatini…
Yigit ketish oldidan shaharni sayr qila turib, uni ko'rgisi keldi. Xayrlashgisi keldi. Birga yurgan xiyobonidan odimlar ekan, qizni juda sog'inganini his qildi. Qo'ng'iroq. U! Nimadir bo'ldimi?.. Axir yarim yildan buyon biror marta ham qo'ng'iroq qilmagandi…
— Allo?
— Hozir yonimga kela olasanmi? — shivirladi qiz bezovtalik bilan.
Yo Xudoyim, bu ovozni qanchalik sog'ingan edi…
— Hozir boraman.
Yigit yarim soatdan so'ng qizning uyi yonida edi.
— Men keldim.
— Tushyapman.
Qiz zinalardan yugurib, qorong'ulikda turgan yigitning quchog'iga o'zini otdi, yig'ladi.
— Ketma…
— Nima?
— Ketma, iltimos… U seni mendan olib qo'yadi…
— Kim?
— Angliya… Sening Angliyang.
Yigit kuldi…
— Axir qanday qilib, shirinim?
— Bilmayman… Shunchaki, his qilyapman…
— Tentakkinam…
Yigit qizning sochlarini silab, ayni vaqtda qanchalik baxtli ekanligini his qildi. Uni qanchalik sog'ingan edi-ya. Shu holda juda uzoq vaqt turishdi. ... Читать дальше »
Категория: Romantik | Просмотров: 128 | Добавил: Admin | Дата: 25.01.2018 | Комментарии (0)

Avji saraton. Ko'p qavatli uylarning qosh qorayganda derazalari qu±sh chiqishi bilan yopilib, qalin pardalari bekitiladi. Chunki qu±sh bosh ko'targanda±q kun qizib, issiq havo lopillab ichkariga uradi. Erta tongda±q ehtiyot choralari ko'rilmasa, kun bo'yi issiq tandirning ichida o'tirganday azobga qolish hech gapmas.

Mansur apil-tapil yuvinib, endi bir yoshni qorala±tgan o'g'ilchasi Murodning beshigi boshiga keldi. Go'dak miriqib uxlar, ora-sira uyqusida jilmayib qo'yardi.

— Tushida birovlar kuldiradi, shekilli, — shivirladi u xotini Manzuraga. — Qara, kulib qo'yyapti! Ishqilib…

Mansurning kayfiyati o'zgarib, biroz o'yga toldi. Keyin uxlayotganiga qaramay go'dakning qo'l-o±g'ini bo'shatib, shartta ko'tarib oldi-da, bag'riga bosdi.

— Voy, bu nima qilganingiz? — bezovtalanib pichirladi Manzura. — Uyg'otib yuborasiz-ku!..

Xotinining gaplari Mansurning qulog'iga kirmas, xuddi bolasidan ajralib qoladiganday go'dakni qo'lidan qo'ygisi kelmasdi.

— Yo'-o'q! — dedi u ovozini xiyla ko'tarib. — Men seni hech qachon tashlab ketolmayman… Shunday shirin bolani-ya?.. Sen uchun jonimni bersam beramanki, tashlab ketmayman!..

— Qayoqdagi gaplarni gapirasiz-a? — dedi Manzura qoshlari chimirilib. — Ja sog'insangiz ishga opketa qoling!..

Mansur xotiniga o'ychan qarab qo'ydi-da, afsuslanganday boshini chayqagancha go'dakni joyiga yotqizdi.

— Kechir, g'alati tushlar ko'ribman. Shunga ... Читать дальше »
Категория: Romantik | Просмотров: 108 | Добавил: Admin | Дата: 12.01.2018 | Комментарии (0)

Ayris Aleksandra

TUSh

— Men cho'kyapman!

— Xavotir olma, jonginam, sen xavfsiz joydasan.

— Hozir jarlikka qulab ketsam kerak!

— Bunday bo'lishiga aslo yo'l qo'ymayman!

U shunday deya qo'limdan mahkam tutdi. Men uning nafasini, baquvvat qo'llarining taftini his qildim. Uyg'onganimda esa bari tushligini ang­ladim. Bag'rimga bosganim esa u sovg'a qilgan yagona yodgorlik — paxmoq ayiqcha ekan…

Kurt Xoman

AKS SADO

Yaqindagina to'yi bo'lib o'tgan, katta imperiyaning yagona egasi va misli ko'rilmagan boylik merosxo'ri juftiga zavq bilan xitob qildi:

— Sevgilim, qara, bu yerda nima deb yozib qo'yishibdi — «Sayyohlar uchun sirli dara. Qichqirib so'rang, aks-sado sizga javob qiladi».

Deyarli muallaq turgan panjaraga osilib qiz baqirdi:

— Rostdan ham u meni sevadimi?

— Sevadi! Sevadi! — javob qildi aks-sado. Bundan zavqlanib, u yana urinib ko'rdi:

— Baxtsizlik yaqinmi?

— Yaqin! Yaqin! — dedi ovoz va bo'lajak sug'urta puli egasi qo'lini yengilgina siltadi.

Marta Jara

SEHRGAR VA UNING YoRDAMChISI

Karmin Buyuk Nina unga xiyonat qilganiga hali ham ishongisi kelmasdi. Qizdan o'ch olish fikri uni ich-ichdan qamrab ola boshladi. Nina shirin ta'zim qilib, katta quti ichiga kirgach, uning final chiqishi boshlandi. Bu nomer dasturning gultoji edi. Karmin Buyuk sahna ... Читать дальше »
Категория: Romantik | Просмотров: 113 | Добавил: Admin | Дата: 12.01.2018 | Комментарии (0)

Dugonam keltirgan xabardan dahshatga tushib, o'zimni qo'yarga joy topolmay qoldim. Shoiraning miyig'ida kulib turishi battar g'azabimni qo'zg'atdi.

— Men senga aytgandim, — dedi dugonam kinoya bilan, — oxirgi paytlarda boshqacha bo'lib qoluvdi. Harakatlaridan, gap-so'zlaridan ham bilinib turgandi. Oldingidek emas…

— Bas qil! — bor ovozim bilan baqirib yubordim.

Bo'g'zimni nimadir achishtir, shu tobda to'yib-to'yib yig'lagim kelardi. Nega? Unga nima yomonlik qildim? Savollar bir-birini yetaklab kelardi-yu, ammo javobiga kelganda… bir sas yo'q.

Ovozimni eshitgan chog'i, xonamning eshigini qiya ochib, onam ichkariga mo'raladi va:

— Tinchlikmi? Kim baqirdi? — deya so'radi ohista. So'ng yig'lamsirab o'tirganimni ko'rib, sekin ichkariga kirdi. — Senga nima bo'ldi, Gulmira?

Ko'zlarimdan ikki tomchi yosh yuzimga dumaladi. Ayyor dugonam esa darrov vaziyatni to'g'rilashga tutindi:

— Voy, Sojida opa, buningizning qanaqaligini bilasiz-ku… Ikkalamiz aytishib qolgandik, erkatoy qizingiz darrov yig'lashni boshladi.

Oyim unga ishonqiramay menga qaradi. Shoiraning gapini ma'qullagan bo'lib, arang bosh qimirlatdim:

— Siz chiqib ketavering, xavotirlanmang…

Onam chiqib ketgach, Shoira boshimga ko'rsatkich barmog'i bilan niqtadi.

— Kallang joyidami sening? Endi bir kami onangga ham yigitim boshqa qiz bilan yuribdi, deyishing qoluvdi?

— Yuribdi ... Читать дальше »
Категория: Romantik | Просмотров: 109 | Добавил: Admin | Дата: 12.01.2018 | Комментарии (0)

Шаблоны для uCoz

Ресурс U-TORRENTINO.RU © 2013-2014 не содержит никакой нелегальной информации. На сервере хранятся только торрент-файлы содержащие в себе хеш-суммы файлов.

Любой торрент файл будет удален по требованию правообладателя. uCoz