<

Qorasuvdagi dumli maxluq

Hayotda ko'plab g'alati voqealarni eshitganman. Ammo ularning hech biriga ishongim kelmasdi. Lekin yaqin insonimdan bir voqeani eshitdim-u, hayratdan yoqa ushladim. Keling, yaxshisi, o'sha yaqin insonimning tilidan hikoya qilib bera qolay.

Bir tanishim avtobazaga qorovul bo'lib ishga kirdi. Bundan oldin esa unga avtobazada sirli voqealar sodir bo'lishi haqida ko'p gapirishgan ekan. Ba'zi odamlarning aytishicha, u yerda qandaydir kichkina xonacha bo'lib, unga hech kim yaqinlasha olmas ekan.

— Chunki u xonada shaytonga o'xshaydigan maxluq yashaydi, — debdi bir og'aynisi. — Kunduzi hech qaerda ko'rinmaydi. Lekin kechalari paydo bo'ladi! Hatto or-qasida dumi bor ekan. Sochlari o'sib yotadi.

— Yo'g'-e, — tabiiyki, uning gapiga ishonmabdi tanishim, — menimcha, u hech qanaqa maxluq emas. Birorta daydi bo'lsa kerak-da. O'ziga qaramaganidan sochlari to'zg'ib ketgandir. Dumiga keladigan bo'l-sak, bu odamlar to'qib chiqargan uydirma!

— Odam bo'lsa, ov-qatlanishi kerak-ku, to'g'rimi?! — baribir, fikridan qaytmabdi og'aynisi. — Biror nima yeydi-ku! U bo'lsa kunduzi umuman tashqariga chiqmaskan. Tasavvur qilyapsanmi? Biror narsa kerak bo'lganda chiqishi kerak bo'ladi-ku! Aytishlaricha, u anchadan beri yasharkan.

— Yo'g'-e. Odamlar uning borligini bilishgan ekan, nega tegishli joylarga murojaat qilishmabdi? Agar chindan ham shayton bo'lsa, uni daf qilishning yo'lini topishardi-ku!

— Bunisi bilmadim. Men ham shuni tushunmayapman.

— Balki, kechasi chiqar.

— Lekin avtobazaning atrofida ertalabgacha ishlaydigan magazin bo'lmasa kerak. Ustiga-ustak, agar u birorta magazinga borgan bo'lsa, haligacha shunchalik shov-shuv ko'tarilgan bo'lardiki, ikkilanishga ham hojat bo'lmasdi. Xullas, hushyor bo'l.

Tanishimning yuragiga qo'rquv oralabdi. Garchi bunaqa mish-mishlarga ishonmasa-da, maxluq haqidagi gapni uning eng yaqin og'aynilaridan biri aytgani uni o'ylantirib qo'yibdi. Bir ko'ngli avtobazaga ishga kirish niyatidan qaytmoqchi ham bo'libdi. Lekin ish unga juda zarurligi uchun bu fikridan qaytibdi. Qolaversa, «Kap-katta odam bo'lsam, shunaqa gaplarga ishonib yuramanmi? Qolaversa, agar u chindan ham qo'rqinchli maxluq bo'lsa, undan xalos bo'lish choralarini izlab ko'rgan bo'lishardi. Bu shunchaki ayrim vahimakashlarning safsatasi, xolos», deb o'ylabdi.

Tanishim shunday fikrlar bilan o'zini ovutib, ish so'ragani boribdi. Omadi kelib, ishga joylashibdi ham. O'sha kundan keyin avtobazada qorovullik qila boshlabdi.

Kunlarning birida avtobaza atrofini aylanayotib, burchakdagi kichkina xonachaga ko'zi tushibdi. Xuddi og'aynisi ta'riflagandek. «U aldamagan, shekilli, — o'ylabdi tanishim. — Bu xonacha chindan ham bor ekan. Balki, ichida hech qanaqa maxluq yashamas!»

U shunday xayollar bilan xonachaga yaqinlashibdi. Lekin negadir uning eshigini ochishga jur'ati yetmabdi. Xayolida xuddi hozir eshikni ochadi-yu, ichkaridan junlari hurpaygan, dahshatli maxluq unga tashlanadi. Tanishim eshikni ocha olmay, ortga qaytayotganida uni kuzatib turgan haydovchilardan biri:

— Ochmay to'g'ri qildingiz. U yer bexosiyat joy, — debdi.

— Siz ham shunday gaplarga ishonasizmi?

— Endi har ehtimolga qarshi ishonib qo'ya qolaman. Ammo bundan bir necha oy oldin qorovullardan biri o'sha iblisni ko'rgan ekan.

— Nahotki? — ham qiziqishi, ham vahimasi ortibdi tanishimning. — Chindanmi?

— Ha. O'sha iblis tun yarmidan oqqanda, yon-atrofni qorong'ilik qoplaganda paydo bo'larkan. Bir safar o'sha qorovul soat birlarda qandaydir taqirlagan ovozlarni eshitibdi. Avvaliga qulog'imga chalinayotgan bo'lsa kerak-da, deb o'ylabdi. Lekin ovozlar to'xtamagach, tashqariga chiqibdi. Qarasa, bir g'alati, odamga o'xshash mavjudot yerdan nimalardir terib olayotganmish. Qo'rqib ketibdi. Birorta alkashmi, daydimi, deb o'ylagan ekan, orqasida dumi bor emish!

Tanishim endi ros-takamiga qo'rqa boshlabdi. Chunki u ikkinchi odamdan o'sha maxluq haqida eshitayotgandi. Aksiga olib, bu odamning hikoyasi avvalgisidan ham vahimaliroq edi.

— Siz shunga ishondingizmi? — so'-rabdi tanishim, ehtimol, hazillashdim, deb javobni eshitib, ko'nglim joyiga tushar, degan umidda.

— To'g'ri, bir qarashda ishonib bo'lmaydigan voqea, qo'rqinchli kinolardagi fantastikaga o'xshaydi, lekin hadeb eshitaverganingizdan keyin, qorovullar yoki yarim kechasi shu atrofdan o'tgan odamlar bilan turli g'alati hodisalar sodir bo'laverganidan keyin ishonishga ham majbur bo'lib qolarkansiz. Har holda, sizning o'rningizda bo'lganimda bu yerda qorovul bo'lib ishlamasdim.

Shundog'am qo'rquv iskanjasida turgan tanishim battar vahimaga tushib qolibdi. Kunduzi bilan nima qilishni o'ylabdi. Lekin, nima bo'lgan taqdirda ham, ishdan bo'shab keta olmasdi. Birinchidan, o'zi yaqinda joylashgandi. Ikkinchidan, o'sha paytda ish unga judayam zarur edi. Shuning uchun ikkala mish-mishni ham yolg'on deb o'ylab va o'zini shunga ishontirib, ishini davom ettirishga qaror qilibdi.

Nihoyat, kechqurun ham bo'libdi. Tanishim avtobazani bir aylanib chiqib, keyin xonasiga kiribdi. Odatda, ikki-uch soat miz-g'ib oladigan tanishimning bu safar ko'ziga uyqu ham kelmabdi. Axir shundoq yonginangda qandaydir maxluq borligini eshitganingdan keyin, yuragingga vahima oralagandan keyin ko'zingga ham uyqu kelmaydi-da.

Tanishimning ko'zlari devorga osig'liq turgan soat millarida ekan. Soat tungi birdan oshganda esa nimaningdir taraqlagan ovozi eshitilibdi. Tanishim o'rnidan sakrab turibdi.

— Nahotki hammasi chin bo'lsa?! — deya pichirlabdi o'ziga o'zi.

Keyin beixtiyor sekin qadam tashlab, tashqariga chiqibdi. Lekin hech kimni ko'rmabdi. Burchakdagi xona yonida ham hech kim yo'q ekan. «Xayriyat, shunchaki nimadir tushib ketgandir-da», deb o'ylabdi. Qo'rqqanidan terlab ketgani uchun yuzini tashqaridagi umivalnikdagi muzdek suvga yuvib, sochiqqa yuzini artayotgan ekan, kimdir yelgasiga qo'lini qo'yibdi. So'ng:

— Sen bu yerda nima qilyapsan?! — degan do'rillagan ovoz eshitilibdi.

Tanishim to'g'risidagi oynaga qaragan ekan, ortida turgan jundor maxluqni ko'-rib, qo'rqib ketibdi. Ortiga o'girilib, uni aniq-tiniq ko'rganda esa hushini yo'qotibdi. So'nggi ko'rgan narsasi esa maxluqning orqasidan o'sib chiqqan dumi ekan…

Ko'zini ochganida shifoxonada ekan. Kimdir uning behush yotganini ko'rib, «Tez yordam»ga xabar qilibdi…

Tanishim ertasi kuni ishdan bo'shash haqida ariza yozdi. Ancha vaqt davolandi. Avtobaza degan so'zni eshitsa, haligacha bir cho'chib tushadi.

Категория: Fantastik | Просмотров: 102 | Добавил: Admin | Теги: maxluq, dumli, Qorasuvdagi
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ