<

Hoy ichimlik, dadamni qaytar!

Mubina, 8 yoshda:

-Dadam nega unaqa bo'lib qoldi-a? Sizlar bilmaysizmi farishtalar? Oldinlari boshqacha edi. Hech ham urmasdi, so'kmasdi. Har kuni ishdan qaytganida shirinlik olib kelardi. Uxlab qolgunimcha ertak aytib berib, boshimni silab, peshonamdan o'pib qo'yardi. Endichi?.. Oxirgi marta xonamga kirganiga yaqinda bir yil bo'ladi. Hammasiga o'sha shishadagi oq ichimlik aybdor. Bunchayam sassiq bo'lmasa-ya. Uyda hech kim yo'qligida shishasini xidlab ko'rgandim, judayam badbo'y… Dadam qanday qilib har kuni shuni ichar ekan-a? Bechora dadam. Shunaqa zaxarsifat narsani ichib o'zini qiynaydi. Mastura xolani qo'shnimiz Gulmira opaga aytayotganini eshitib qoldim “Abdujalil alkash bo'lib qolgan” dedi. Mening dadam alkash emas! Nega unaqa deyishadi. Yomon ko'raman ikkalasini ham. Hammasiga o'sha ichimlik aybdor, hoy ichimlik dadamni qaytar tez! Qachongacha qiynaysan bizni!.. Oyim bo'lganlarida bunaqa bo'lmasdi. Siz farishtalar oyimni har kuni ko'rasizlarku-a? Ko'rganingizda aytib qo'ying tezroq qaytsinlar. Bu yoqda dadam qiynalib ketdi. Indinga Hayit. Balki bayramga oyim kelib qolar… Bu eng yaxshi sovg'a bo'lardi! Mayli, endi yotib uxlayman. Ertaga maktabga borishim kerak. Voy ko'kargan ko'zim bilan qanday boraman. O'qituvchim “Nima qildi?” deb so'rasachi… Krovatimga urvoldim deyman. Dadam urdi desam, o'tgan safargidek direktor dadamni chaqirib rosa urishadi. Xayrli tun!

Категория: Hayotiy | Просмотров: 90 | Добавил: Admin | Теги: qaytar, Dadamni, ichimlik, Hoy
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ