Логин:
Пароль:
Главная » Hayotiy
Bu voqea mening dugonam bilan 2011 yilda sodir bo'lgan. O'shanda 9 sinfda o'qirdik. Dugonamning otasi farzandlariga kompyuter sovg'a qildi. Internetdan yaxshi narsalar topib o'qish, o'rganish mumkinligini tanish-bilishlaridan eshitib, internet tarmog'iga ham ulatib berdi. Lekin dugonam va uning ukalari (2 ta ukasi bor edi) buning o'rniga ijtimoiy tarmoqlarga berilib ketishdi. Otasi kun bo'yi ishda bo'lgani sabab buni sezmadi. A'lo baholarga o'qiydigan dugonam rosa dangasa qizga aylandi. Dangasa emas, balki, dars tayyorlamaydigan o'quvchiga. Soatlab kompyuterda o'tirgan o'quvchidan nima ham kutish mumkin axir. Qo'shimchasiga qulog'iga naushnik taqib olib, qo'shiq ham eshitardi. Darslar esa oxirgi o'ringa tushib qolgandi.

Bu voqea sodir bo'lgan kuni ham dugonam dars tayyorlamay, tungi soat 02:00 ga qadar «odnoklassniki»da o'tirdi. Ertalab turib esa uy vazifalari qilinmagan holda darsga keldi. O'shanda tarix darsi edi. O'qituvchimiz Lola opa keksa bo'lsa-da, o'ta talabchan va qattiqqo'l ayol edi. U dugonamni o'rnidan turg'izib, o'tgan mavzu bo'yicha savol bera boshladi. Mavzuni aqalli ochib ham qaramagan dugonam bo'lsa indamay turdi. Savollari javobsiz qolgan ustoz ko'zoynagini olib, dugonamga qaradi-da:

— Sen yaxshi o'qir eding-ku, uyingda hammasi tinch­mi? — deya mehribonlarcha so'radi.

Shu payt dugonamning xayolidan «Aldasam-chi, uyim­ga borib so'rarmidi, shunda ikki baho olmayman, ota-onam esa maktabga chaqirilmaydi», degan fikr o'tadi ... Читать дальше »
Категория: Hayotiy | Просмотров: 145 | Добавил: Admin | Дата: 28.01.2018 | Комментарии (0)

Jamilaning ko'z yoshlari yuzini yuva boshladi. Temur o'rnidan turib, qiz tomon ikki qadam qo'ydi-da, yuziga qaray olmay, sovuqqonlik bilan shivirladi:

— Endi men bora qolay!

— Kim u? — hayajon aralash so'radi Jamila.

— Hech kim. Ishon, oramizda hech kim yo'q, men rostini aytdim…

— To'yni to'xtating, Temur aka, to'xtating dedim, yo'qsa, o'zimni nimadir qilaman, ishoning, keyin afsuslanasiz…

Temur qizga javob bermadi. Hatto «O'zimni nimadir qilaman» deganida ham pinak buzmadi. Shunchaki jim ketdi. Ortga qaramaslik, Jamilani shu alfozda tashlab ketish og'ir edi. Biroq qaytsa, qizning ko'zlariga tik qarab, haqiqatni aytish undan-da mushkul edi. Hech narsa demadi. Eng qizig'i esa Anvar bilan Mirjahon ham unga ergashdi. Nuqul Temur bilan Jamila janjallashib qolganda, Temurga jahldorligini aytadigan, xatoni kim qilayotganini tushuntiradigan, hamisha Jamilaning yonini oladigan o'rtoqlari bu gal tomoshatalab kursdoshlarning hammasini hayratga qo'ygancha, Temurning ortidan ergashdi.

— Nomard!!!

Bu so'z sakkiz-o'ntacha talabaning og'zidan bir paytning o'zida yangradi.

* * *

Temur bilan Jamilaning muhabbati kurtak ochganiga ancha bo'lgan, yaqin-yaqingacha gulga aylangandi ham. Chindanam guldek muhabbatlari bor edi. Hamma ularga havas bilan qarar, hatto muhabbatning borligiga doim shubha bilan qaraydiganlar ham asl sevgining kuchiga ishonishgandi. Biroq o'qishni yakunlanish ... Читать дальше »
Категория: Hayotiy | Просмотров: 87 | Добавил: Admin | Дата: 28.01.2018 | Комментарии (0)

… Dunyoni qizg'onma mendan, azizim,

Bu dunyoda mening ham o'z aytar so'zim va o'zim sig'inar azizlarim bor.

Qalbingni bosmasin shubha va so'roq, men boshqa manzilga tikkanman ko'zim,

U sening kulbangdan juda ham yiroq…

(qo'shiqdan)

* * *

Bu kecha Malika yomon tush ko'ribdi. Tushida qora mushuk unga tashlanib, hammayog'ini tirmalab tashlaganmish. Ammo hech qaeridan qon chiqmabdi. U bilagida kuchli og'riq tuyib ko'zlarini ochdi. Xayriyat, tush ekan. Uyqu orasida bilmay bir qo'lini boshi ostiga qo'yib olibdi. Shu qo'li uvishib, keyin igna sanchgan kabi jimirlab og'ribdi.

— Mushuk bo'lmay o'l, — deya yostiqdan boshini ko'tardi endigina o'n oltiga to'lgan Malika qayrilma qoshlarini chimirib. — Yuragimni yoray dedi-ya! Meni yig'latdi-ya tushimda! Qorang o'chsin!..

So'ngra u dast o'rnidan turdi-da, ko'zgu qarshisiga bordi. Oyni-da xijolatga qo'ygulik husniga o'zi ham bir muddat mahliyo bo'lgancha tek turib qoldi. Qalin va qayrilma qoshlarini o'zgacha havas ila qoqib-qoqib ko'rdi. Ohu ko'zlarini atayin yumib-yumib oldi. Bu mashg'ulot sabab bo'lib qalin, qaytarma lablariga tabassum yugurdi. Kayfiyati chog'landi. Tushdagi mushuk voqeasi miyasini tark etgandek picha yengil tortdi.

«Qaniydi menam Mo''tabar opamday chiroyli kelin bo'lsam! — ko'nglidan o'tkazdi Malika husnidan ko'z uzolmay entikkancha. — Yonimda tog'ni tolqon qila oladigan kuyov jilmayib tursa! Unga suyana, ... Читать дальше »
Категория: Hayotiy | Просмотров: 134 | Добавил: Admin | Дата: 26.01.2018 | Комментарии (0)

Sherali qizchasini ayvonda erkalab o'tirgan Buvsaraga yer ostidan boqarkan, yuragi hapriqib-hapriqib ketar, shayton uni kennoyisi tomon chorlab, quchishga, erkalashga undardi.

— Nimalar bo'lyapti o'zi? — o'z uyi, ichkarida supur-sidir qilish bilan band xotini Madinaga o'g'rincha ko'z tashlab o'ylardi u. — Akamning xotinini yaxshi ko'rsam, o'z jufti halolim bilan ovungim kelmasa, unga e'tiborsizlik qilayotgan bo'lsam!.. Axir, akam yaqinda mardikordan keladi! Yana uning ko'zlariga qaray olmay azob chekaman! Yana qizchamni suyib-erkalayotganini ko'rib ko'nglim eziladi!.. Yo'q, nega endi? Axir, men akamning bir umr tirnoqsiz o'tib ketishini istamadim! Vijdonimni sotib bo'lsa-da, unga qizcha hadya etdim. Buning nimasi yomon. Faqat… Xotinining bag'riga kirganimda, Buvsaraning lablaridan bo'salar olganimda… Eh, dunyo ham shunchalar tor bo'ladimi?.. Odam shu qadar ojiz bo'ladimi?..

— Voy, amakisi, qarang, biz nimalar oldik do'kondan?!. — Buvsara miyig'ida sirli kulish qilib endi-endi tetapoya bo'la boshlagan qizchasi Dilnozani qo'lidan yetaklab Sheralining qarshisida to'xtadi. — Qani, amakimizga nima deymiz?..

Sherali battar ezilib qizchani qo'liga oldi va yuzlaridan o'pib mahkam bag'riga bosdi.

— Oh, qizalog'im, — birov eshitib qolmasligi uchun ohista shivirlardi u. — Seni har kuni, har soniyada sog'inaveraman. Ana, hademay, dadang keladi. Undan keyin seni bunchalar bag'rimga bosish qayoqda deysan?!.

— Bugun kechqurun ... Читать дальше »
Категория: Hayotiy | Просмотров: 74 | Добавил: Admin | Дата: 26.01.2018 | Комментарии (0)

Yakshanba kuni qaynonamning uyiga mehmonga borishni rejalashtirdim. To'g'ri, agar xotiram pand bermayotgan bo'lsa, uch oydan beri bu mehmondorchilikni deyarli har yakshanba rejaga kirityapman. Ammo goh ishim, goh boshqa yumush sabab orqaga surib kelayotgandim. Bu safar xotinim masalani ko'ndalang qo'ydi:

— To'rt oy bo'ldi onamning uyiga bormaganingizga, dadasi!

O'ttiz kunga adashibman, qarang!

— O'zingdan bir oy qo'shib gapiryapsanmi, xotin?

— Qo'shayotganim yo'q, besh kunni kam qilib aytyapman. To'rt oyu besh kun! Qarindoshlarim «Ering bilan yashayapsanmi yo ajrashib ketdinglarmi?» deb so'rashni boshlashdi. Xullas, gap shu. Ertaga bolalarni olib, onamnikiga borib kelamiz. Eng asosiysi, to uyga qaytgunimizcha qo'l telefoningiz o'chiq turadi!

«Xo'p», deb qo'ya qoldim. Men jinoyat qidiruv bo'limining tezkor xodimi — kapitan Akbarovman, begim kunlari ishdan so'ng va yakshanbadan dushanbagacha unvonimu mansabim inobatga olinmaydi.

Shanba kuni kechki payt xotinimning qat'iy talabidan keyin mashina motorini sinchiklab ko'zdan kechirdim. Chunki mashinamning qaynonamnikiga borishni rejalashtirganimda nuqul o't olmaydigan odati bor edi.

— Atay o't olmayapti! — hukm chiqarardi jig'ibiyron bo'lgan xotinim bunday paytlarda. — Mashinangiz ham o'zingizga o'xshaydi, onamnikiga boraylik desam, oyoq tirab oladi!

— Birinchidan, bunday deyishingning o'zi noo'rin. Chunki mashina temirdan yasal ... Читать дальше »
Категория: Hayotiy | Просмотров: 65 | Добавил: Admin | Дата: 25.01.2018 | Комментарии (0)

Poyabzal sotiladigan do'kon sotuvchisi yangi mollarni vitrinaga joylayotganini bolakay ko'chada, oyna ortidan kuzatib turardi. O'quv maskanlariga ta'til berilganligi sabab ayni damda sport poyabzallariga ehtiyoj ko'proq edi. Garchi mollar juda oliy sanalmasa-da, ammo kichkina bir do'kon uchun kifoyat qadar edi.

Sotuvchi mollarning eng chiroylilarini o'ng tomonga, ko'zga shundoq ko'rinib turadigan joyga qo'yayotganida bolaning vitrina tagiga yaqinlashayotganini ko'rdi. Bola qo'ltiqtayoqqa suyanib olgandi. Sotuvchi unga nazar soldi. Shalvorining chap tomonining ichi sal kam bo'sh edi. Aniqroq aytganda, uning chap oyog'i tizzasidan kesib tashlangandi.

Shu sababdan goh o'ng tomoniga va goh chap tomoniga og'ib ketardi. Sotuvchi uning poyabzallarga razm solayotganiga amin bo'ldi. Bir muddatdan so'ng, bola ortiga o'girilib keta boshlaganida sotuvchi tashqariga chiqib:

— Ha, bolakay — deya o'ziga qaratdi uni. — poyabzal olmoqchimiding? Bular so'nggi modellardan, eng yaxshi va chiroylilari!

— Haqiqatan ham juda chiroyli ekan! — dedi bola tabassum bilan. — Ammo mening bir oyog'im tug'ma… xullas, nuqsonim bor

— Menimcha, buning ahamiyati yo'q! — dedi sotuvchi. — bu dunyoda nuqsonsiz odamning o'zi yo'q! Kimningdir oyog'i, kimningdir qo'li yo'q! Kimningdir aqli bo'lmasa, yana kimnidir insofi. Va hokazo…

Bolakay indamadi. Sotuvchi esa gapida davom etdi:

— Koshki insofsiz bo'lgandan ko'ra, oyoqsiz bo' ... Читать дальше »
Категория: Hayotiy | Просмотров: 61 | Добавил: Admin | Дата: 13.01.2018 | Комментарии (0)

Ayolning xo'rligi keldi. Suhbatdoshining tezroq gaplashib bo'lishini, keyin esa o'zi va'da qilganidek, uning uchun ham vaqt ajratishini kutayotgandi.

Nihoyat, qamoqxona boshlig'i go'shakni joyiga ildi. Keyin o'rnidan turdi-da, tanish mehmon bilan yuzma-yuz bo'lish uchun stolni aylanib o'tdi va uning ro'parasiga o'tirdi.

— Yana o'sha gapmi?

Ayol miq etmadi. Uning ma'yus chehrasida mungli ko'zlari bilan uyg'unlashib ketgan tortinchoqlik, parishonxotirlik va istihola bor edi.

— Axir, opa, sizga aytdim-ku, bizga ishchi xodim kerak emas, boshqa joyga uchrashing, deb.

— Ukajon, oldin quloq soling, men ishlashim kerak. Shunchaki farroshlik qilmayman, ishimni tugatgach, boshqalarga ham yordamlashaman. Hamma yoqni kuniga ikki martalab tozalab chiqaman.

— Bo'lmaydi, bu gaplaringizdan naf chiqmaydi.

— Uch marta yuvib, tozalasam-chi? — birdan kutilmagan qarorga kelgan odamdek ko'zlari chaqnab ketdi ayolning.

— Bo'lmaydi, — boshliq o'z fikrida qat'iy turib olgandi.

U o'rnidan turib, kreslosiga o'tirdi. Suyanchig'iga boshini qo'yib, birpas xayolga berildi. Uning og'ziga termilib, tobora ichikayotgan ayol:

— Maosh kerakmas, qornim to'ysa, qatnashimga yo'l kiram bo'lsa bo'ldi, — dedi g'amgin ovozda.

— Bitta gapdan qoling endi! — keskin gapirdi boshliq g'azab bilan. — Namuncha yopishib oldingiz, a?

Erkak shu gapni aytishga aytdiyu, ayolga ... Читать дальше »
Категория: Hayotiy | Просмотров: 76 | Добавил: Admin | Дата: 13.01.2018 | Комментарии (0)

— Men o'z hayotini har kimga so'zlab yuradigan ayollar toifasidan emasman. Biroq bugun shuncha yillik sabr kosam to'ldi. Kimgadir yorilmasam bo'lmaydi. Shuning uchun ham sevimli gazetamga murojaat qilishga qaror qildim. Toki, hech bir ayol men qilgan xatoni qilmasin.

Bugun turmushimizga o'n yil bo'ldi. Biroq bu kunni biz ba'zi bir er-xotinlarday xursand-chilik bilan nishonlayotganimiz yo'q. Chunki bu kun erimning esidan chiqib ketganiga ancha bo'ldi. Bir vaqtlar, ya'ni turmushimizning boshida meni sevganini ham unutgan. Garchi ota-onamizning rozi-rizoligi bilan oila qurgan bo'lsak-da, bir-birimizni sevib turmush qurganlardan ortiqroq qadrlardik. Ayniqsa, xo'jayinim meni yeru ko'kka ishonmasdi. Shunday munosabat hozir qanday qilib butkul aksiga aylanganiga tushunolmayman. Kim aybdor ekan, tag'in o'tmishga nazar solaman. Axir hamma-hammasi yaxshi edi. To birinchi farzandimiz nobud bo'lgunga qadar. Bo'yimda bo'lganida Suhrob akam o'zida yo'q xursand edi. Shunday aziz edimki, asti qo'yaverasiz. Biroq bolajonimga yashab ketish baxti nasib qilmadi. Uning nobud bo'lgani ikkimizga ham qattiq ta'sir qildi. Ayniqsa, men juda siqildim. Shifokorlar o'zimga qarashni va homiladorlikdan saqlanishni tayinlashdi. Biroq qaynonam buni tushunmasdi. «Ketsin, endi tug'maydi. Umringni o'tkazasan!» deb o'g'lini koyirdi. O'g'li javobimni bermagani uchun uning oriyatiga tegadigan so'zlarni aytardi. Bir ko'nglim, ket, derdi, ammo umr yo'ldoshimni ko'zim qiymasdi. Suhrob akamning menga muno ... Читать дальше »
Категория: Hayotiy | Просмотров: 92 | Добавил: Admin | Дата: 12.01.2018 | Комментарии (0)

Quyliq shohbekati yonginasida mardikor bozori bor. U yerda turli yoshdagi qiz-juvonlaru yigitlarni ko'rasiz. Ular har bir o'tayotgan mashinaga umid bilan tikilishadi. To'xtagan mashinaning oldiga esa xuddi qushdek uchib borib, atrofini o'rab olishadi.

Parkent tumaniga borish uchun bekatda hamkasbimni kutib o'tirdim. Yuqoridagi manzarani ancha kuzatdim. Aksini olgandek, hamkasbim ham tezroq kela qolmadi. Xizmat safari bilan Toshkent viloyatiga chiqmoqchi edik. Vaqtning tezroq o'tishini istab, mardikor ayollar tomon yurdim. Atrofimga darhol qizlar, ayollar yig'ilishdi. Yoshlari mendan katta bo'lsa-da, ular “Opajon, ish bormi?”, deya menga javdirab qarashardi. “Hamma ishni bajarish qo'limdan keladi, faqat pulini bersangiz bo'ldi”, dedi o'rta yoshlardagi ayol.

— Asosan nima ish qilasiz? — dedim unga rahmim kelib.
— Aytgan barcha yumushlaringizni qilib ketaveraman.
— Yer chopishni bilasizmi? — deya qiziqib so'radim uning qadoq qo'llariga, oftobdan qoraygan so'lg'in yuzlariga qarab.
— Albatta. Unday ishlarni bir zumda qotirib tashlaymiz.
— Ilgari ham shunday ishni qilganmisiz? Qancha to'lashgan?
— Bahorda bunaqa yumushlar ko'p bo'ladi. Ishga olib ketganlar o'n-yigirma ming so'm berishardi.
— Kun bo'yi shu ish bilan shug'ullanarmidingiz?
— Yeriga qarab. Ayrim odamlar judayam injiq bo'ladi. Ag'dargan yeringizning kesaklarini ham maydalab berishni so'rashadi. Bu ko'p vaqtni oladi.
— Ha, tushunarli — dedi ... Читать дальше »
Категория: Hayotiy | Просмотров: 80 | Добавил: Admin | Дата: 12.01.2018 | Комментарии (0)

— Oilada uch opa-singilning kenjasiman. Oilamizga havas qiladigan dadamning do'sti: «Bitta qizingni kelin qilaman», deb niyat qilgan ekan. Ikki opam uzatilgach, bu tilakni amalga oshirish mening chekimga tushdi. «Ikki qizingdan quruq qoldim, endi uchinchingni o'g'limdan boshqasiga bermaysan», deb turib oldi bo'lajak qaynotam.
«Sendan qizim aylansin», deya dadam ham qo'l tashlab rozilik beribdi. Xullas, taqdirim mening ixtiyorimsiz boshqa bir insonga bog'landi. Kuyov bo'lmish xorijda bo'lgani uchun fotihani tayin qilib, kelishi hamonoq to'y qilishga kelishib olishdi. Bir olam orzularim bor edi. Hattoki opalarim singari kuyov bilan shirin entikib uchrashish ham nasib etmadi. Yolg'on bo'lmasin, to'yga ikki kun qolganda u bilan uchrashdik. Qahramon ekan ismi. Bo'y-bas-ti kelishgan, qirra burun, hind yigitlariga o'xshab ketarkan. Menga boshdan-oyoq razm solgan yigit:
— Hm, Muattar deganlari sizmisiz?.. — dedi allaqanday mensimagan ohangda. Ichimda uyg'onayotgan shirin tuyg'ular uning bu gapidan so'ng bir zumda o'chib qoldi.
— Men sizga uylanolmayman, — dedi u dabdurustdan. Yigitning ko'zlariga qaradim. Uning ko'zlari qahrli va kibrli boqardi.
— Nega unday deysiz? Axir fotihamiz… — gapim og'zimda qoldi.
— Mendan so'ramay fotiha qilishgan. Mening o'z suyganim bor.
Bir olam shirin orzular bilan uchrashuvga chiqqan ko'nglim yer bilan chilparchin bo'ldi. Yig'lagancha yugurib ketdim. Keyin bu haqda katta opamga aytdim. Voqeadan xabar topgan dada ... Читать дальше »
Категория: Hayotiy | Просмотров: 73 | Добавил: Admin | Дата: 12.01.2018 | Комментарии (0)

1 2 »
Шаблоны для uCoz

Ресурс U-TORRENTINO.RU © 2013-2014 не содержит никакой нелегальной информации. На сервере хранятся только торрент-файлы содержащие в себе хеш-суммы файлов.

Любой торрент файл будет удален по требованию правообладателя. uCoz