<

Gavharini asragan yigit

Avji saraton. Ko'p qavatli uylarning qosh qorayganda derazalari qu±sh chiqishi bilan yopilib, qalin pardalari bekitiladi. Chunki qu±sh bosh ko'targanda±q kun qizib, issiq havo lopillab ichkariga uradi. Erta tongda±q ehtiyot choralari ko'rilmasa, kun bo'yi issiq tandirning ichida o'tirganday azobga qolish hech gapmas.

Mansur apil-tapil yuvinib, endi bir yoshni qorala±tgan o'g'ilchasi Murodning beshigi boshiga keldi. Go'dak miriqib uxlar, ora-sira uyqusida jilmayib qo'yardi.

— Tushida birovlar kuldiradi, shekilli, — shivirladi u xotini Manzuraga. — Qara, kulib qo'yyapti! Ishqilib…

Mansurning kayfiyati o'zgarib, biroz o'yga toldi. Keyin uxlayotganiga qaramay go'dakning qo'l-o±g'ini bo'shatib, shartta ko'tarib oldi-da, bag'riga bosdi.

— Voy, bu nima qilganingiz? — bezovtalanib pichirladi Manzura. — Uyg'otib yuborasiz-ku!..

Xotinining gaplari Mansurning qulog'iga kirmas, xuddi bolasidan ajralib qoladiganday go'dakni qo'lidan qo'ygisi kelmasdi.

— Yo'-o'q! — dedi u ovozini xiyla ko'tarib. — Men seni hech qachon tashlab ketolmayman… Shunday shirin bolani-ya?.. Sen uchun jonimni bersam beramanki, tashlab ketmayman!..

— Qayoqdagi gaplarni gapirasiz-a? — dedi Manzura qoshlari chimirilib. — Ja sog'insangiz ishga opketa qoling!..

Mansur xotiniga o'ychan qarab qo'ydi-da, afsuslanganday boshini chayqagancha go'dakni joyiga yotqizdi.

— Kechir, g'alati tushlar ko'ribman. Shunga… Ko'nglim buzilib ketdi.



***

Jurnalistning noni qattiq. Ertalabdan qog'ozga ko'milganicha shomga borib boshini ko'taradi. Vaqtning selday guldirab o'tib ketganini payqamaydi ham.

Bugun Mansurning qo'li ishga bormadi. Sababini o'zi ham tushunmaydi. Ertalab xotiniga g'alati tush ko'ribman, degani shunchaki og'ziga kelib qolgan gap edi. Aslida…

Bir hafta burun ishga kelgan yangi xodima Hosila uning tinchini o'g'irlab qo'ydi. Ozg'ingina, oq-sariqdan kelgan, sochlarini yoyib yuradigan bu xodima boshqalarga o'xshab yuz-ko'zlariga bo'yoq chaplamasa-da, go'zalligi bir qarashda har qanday yigitning yuragiga cho'g' soladi.

“Qiziq, — ko'nglida kecha±tgan tuyg'ularni tushunolmay o'ylardi Mansur, — uylangan bo'lsam, farzandim bor. Nega endi uni ko'rdim-u, tinchimni yo'qotdim? Xuddi farzandimdan, es-hushli, uyim-joyim deydigan xotinimdan ajralib qola±tganday bezovtaman? Yo'-o'q, o'zimni qo'lga olishim kerak. Axir, ±shim o'ttizdan oshgan bo'lsa. Kim qo'yibdi qizlarga ko'z suzishni! Bunday xa±llarni boshdan quvish kerak…”

Shu payt eshik “g'iyq” etib ochildi-yu, ostonada qo'lida choynak ko'targan Hosila paydo bo'ldi… Hozirgina Mansurning xa±lida charx ura±tgan o'ylari havoga uchdi. U sakrab o'rnidan turdi-da qizga peshvoz chiqdi.

— Keling, Hosilaxon, qaysi shamollar uchirdi bizning xonalarga?..

— Choy so'raganmidingiz? Ko'k choy…

— H-ha, ha… Rahmat… To'g'risi, kutmagandim… Qani, mana buyoqqa qo'ya qoling!.. Keling… O'tiring…

Hosila choynakni stol ustiga qo'yib, o'rindiqqa omonatgina o'tirdi…

Bu orada Mansur uning etagi uzun yubkasiga, sharsharadek yoyilib tushgan tim qora sochlariga o'g'rincha qarab ulgurgandi…

— O'rganib qoldingizmi bizning ishxonaga? — so'radi u o'rtadagi noqulaylikni yo'qotishga urinib. — O'qdimi sizga?

— Ha, — kuldi Hosila. — chidasa bo'ladi.

— Shunaqa deng? Kotibalikning ham o'ziga yarasha tashvishi bor, biroq hali ko'nikib ketasiz.

— Siz… Muxbir bo'lib ishlaysizmi bu yerda?

— Shunaqa desayam bo'ladi. Ishimiz yozish-chizish… Boshqa nimayam qilardik? Kechirasiz… Bir narsa so'rasam maylimi?..

— Mayli.

— Turmushga chiqqanmisiz?..

Hosilaning boshi egilganini ko'rib, Mansur nojoiz savol berib qo'yganidan xijolat tortdi. Ammo… Bilgisi kela±tgandi, hayajonini yashirolmadi.

U qizning yuzlariga o'g'rincha boqdi. Hosila javob berishga shaylana±tgandek lablarini qimtib qo'ydi. Keyin shikasta tovushda:

— Chiqqandim, — dedi. — Ajrashib ketganmiz…

— Siz-a?..

— Ha, men. Nima, mening boshqalardan ortiq joyim bormi? — o'zini majburlaganday dardli jilmaydi u. — Peshonamga yozilgani shu ekan…

— O'sha yigitning o'rnida bo'lganimda… Siz bilan hecham ajrashmagan bo'lardim…

Bu gap og'zidan qanday chiqib ketdi, Mansurning o'zi ham payqamay qoldi.

Hosila yalt etib uning ko'zlariga boqdi.

— Uylanganmisiz o'zingiz?

— M-menmi?.. H-ha… Bir o'g'lim bor.

— Demak, baxtli odam ekansiz…

Mansur gap topolmay qoldi. O'zini o'nglab, og'zini juftlaguncha qiz xonani tark etgandi.



***

— Bugun sizni kuzatib qo'ysam maylimi? — dedi ertasi kuni ikki o't orasida qolgan Mansur qizga niyatini oshkor qilishni ko'ngliga tugib. — Ishoning, keyingi kunlarda o'zimga nima bo'la±tganini bilolmay qoldim. Tunu kun faqat siz. Ko'zimga boshqa hech kim ko'rinmay qo'ydi…

— Qo'ying, Mansur aka, — dedi Hosila chuqur xo'rsinib, — oilangiz, farzandingiz bor. Yaxshimas…

— M-men… Meni to'g'ri tushuning… Sizga yomonlik qilmoqchi emasman. Faqat… Kuzatib qo'ysam bo'ldi, ikki og'iz gaplashsam… Boshqa hech narsa kerakmas…

— Yo'q, men istamayman!

— Nega?

— Boshim ochiqligini bilib shunday deyapsizmi?.. Umuman, erkaklarning hammasi bir go'r. O'lg'izligingni sezishdimi, aylantirmoqchi bo'lishadi. Aslida maqsadi… bir marta bo'lsayam shu ayolga yetish.

— Shunaqa deng. Nahotki, meniyam o'sha erkaklar qatoriga qo'shsangiz?

— Bilmadim… Bilmadim… Qo'ying, bu haqda gaplashmaylik!..

— Mayli. Ammo bilib qo'ying, kuzatib qo'yishimni istamasangiz ham baribir orqangizdan dumga o'xsha-ab sudralib ketaveraman…

Hosila kulib yubordi. Uning jarangdor, beg'ubor kulgisi Mansurning yuragini o'rtab o'tdi.

***

Odam bolasining tabiati g'alati: bir-biriga yaqinlashgani sayin oradagi ayriliq jari kengayib boraveradi —asta-sekin bir-biridan beza boradi. Shunda oldin bilinmagan nuqsonlari suv yuzidagi po'kakka o'xshab ko'rinib qoladi, hamrohining g'ashiga tega boshlaydi.

Mansur Hosilani kuzatib qo'ya boshlaganiga ham ikki haftacha bo'ldi. Suhbatlashib ketarkan, uning husniga o'g'rincha tikilib to'ymaydi. Nazarida Hosila tobora ochilib farishtaga aylanib bora±tganday tuyiladi. Nihoyat ehtirosi junbushga kelgan Mansur o'zini tutolmadi:

— Men sizni sevib qoldim, Hosila! — dedi u joniqib va Hosilaning bilagidan tutib o'ziga tortdi. — Ortiq chidolmayman. Keling, meni ko'p qiynamang!.. O'lib ketmay sizga zor bo'lib!..

Hosila bir zarb bilan qo'lini tortib oldi, ko'zlariga yosh quyilib keldi:

— Siz… Siz meni kim deb o'ylovdingiz?.. Hali maqsadingiz shumidi?

Mansur kalovlanib qoldi. U savqitabiiy bilan qo'liga ixti±r berib qo'yganini payqab:

— Kechiring, men bilmay qoldim! — dedi afsuslanib. — O'lay agar, bilmay qoldim!.. Kechiring!..

Hosila sumkachasidan ro'molchasini oldi-da, ko'z yoshlarini artdi.

— Boshida aytgandim-ku, erkaklarning hammasi bir go'r deb!..

— Yo'q, aslo undaymas!.. Men boshqa odamman. Faqat xafa bo'lmang!.. Ikkinchi qaytarilmaydi…

Hosila xo'rsindi.

— To'g'risini aytsam, Mansur aka, o'zim ham hayronman. Negadir siz to'g'ringizda o'ylagim, kimlargadir gapirgim kelaveradi… Ayolning qalbini tushunmaysiz-da!.. Kechalari ko'rpaga burkanib olib, uzoq-uzoq yig'layman. Nega yig'layotganimni o'zim bilmayman. Faqat… yig'layman… Mansur aka, iltimos, dilimga ozor bermang! Men sevgim pok bo'lishini istayman… To'g'ri, turmush ko'rgan ayolga osonmas. Lekin… Siz menga yaqinlashsangiz, battar qiynalaman… Agar qiynalishimni istamasangiz, meni chindan yaxshi ko'rsangiz, menga qo'l tekkizmang!..

— Xo'p bo'ladi, Hosila. — dedi Mansur lablarini asabiy tishlab. — Bu gapingizdan keyin sizga mehrim yana oshdi.

— Yana bir iltimosim bor.

— Xo'sh…

— Men tufayli oilangizdan sovimang!.. Ularga yomon gapirmang!.. Shuni sizdan qattiq iltimos qilaman!

— Iltimosingiz qabul qilindi deb hisoblayvering!.. — Hosilaning aqliga, odobiga ichida tan bergan Mansur kulib yerga qaradi. — Sizning gaplaringizni hech qachon yerda qoldirmayman!..

***

Mansur bilan Hosilaning munosabati tez orada hamkasblari orasiga yoyildi. Ayniqsa, ular duch kelib qolishganida a±llar o'g'rincha ko'z qisib jilmayishardi.

“Oilang bo'lsayam bularga baribir. Sevgingni boricha qabul qilaverishadi… O'zi sevgimi bu?.. Tushunolmayman. Xotinim bilib qolsa-chi? O'g'lim… Alhazar, men bu yo'ldan qaytishim kerak. Murodimdan ajralib… Hecham! Bunga chidolmayman. Adoyi tamom bo'laman…”

Shunday xayollar bilan ich-etini yeb o'tirgan bir mahalda xonaga Hosila kirib keldi-yu, Mansurning o'ylari tumanday tarqab ketdi. Ha, Hosila keyingi paytlarda yanayam ochildi, husniga husn qo'shildi. Labidan tabassum arimaydi.

Sochi-chi?.. Bo'yab, yulduzchalar yopishtirib olibdi. Nahotki, bularning barisi Mansur uchun…

— Assalomu alaykum! — Mansurga yaqin kelib sekingina salom berdi Hosila. — Yaxshi keldingizmi?

— Rahmat.

— Bir daqiqaga tashqariga chiqa olasizmi?

— Bo'lmasa-chi? — Mansur hovliqib qo'llarini oldinga cho'zdi. — Siz taklif qilasiz-u chiqmaymanmi?

Hosila xonalarga bir-bir ko'z tashlab olib, sekin ortga o'girildi:

— Siz meni yaqin orada jinni qip qo'yasiz.

Bu kutilmagan gap Mansurni hushyor torttirdi.

— Nega?

— Ha, o'zingizga o'rgatib olib, endi bilmaslikka olayapsizmi? To'g'ri-da, sizga oson. Oilangiz bor, o'g'lingiz bag'ringizda. Kechasi borib o'sha xotinchangizning quchog'iga kirasiz. Men bo'lsam…

— Hosila, sizni taniyolmay qoldim. — dedi Mansur asabiylashib. — Kechagi gaplaringiz qayoqda qoldi-yu…

— Nima bo'pti? Men siz bilan ochiqchasiga gaplashib olmoqchi bo'lib yuruvdim. Ortiq chiday olmayman. O' u yoqli-yo bu yoqli qiling!.. Birovning hissiyoti bilan o'ynashishga o'ynashdingizmi, oxirigacha hal qiling!

— Nimani hal qilay?

— Voy, — Hosilaning qalin, qora kipriklari pirpirab, lablari titray boshladi. — Bilmaysizmi? Men bilan nima maqsadda gaplashib yuribsiz? Shunchaki ko'ngilxushlik uchunmi? Yo'-o'q, yaxshi yigit, bunaqasi ketmaydi. O' meni deysiz, yo o'sha xotinchangizni!..

— Axir… Bu mumkin emas!.. Q-qanday qilib?..

— O', ja ustamon ekansiz-ku!.. Bir begunoh ayolning ichiga kirvolib, xohlagancha ustidan kulib, endi silliqqina chiqib ketmoqchimisiz? Bu hunaringiz o'tmaydi. Agar hal qilmasangiz, xotiningizga boraman-da: “Eringni tiyvol, meni tinch qo'ysin! Ko'z ochirgani qo'ymayapti”, deb aytaman.

— Xo'sh, keyin-chi? — Mansurning miyasida og'riq turdi. Yuragi tez urib, a'zoyi badani qizib ketdi. — Keyin nima bo'ladi?

— Mening nima ishim bor? Keyin… Undanam ayrilib, so'ppayib bir o'zingiz qolaverasiz…

— Yo'q, Hosila, — Mansur azbaroyi qo'rqib ketganidan vaziyatni yumshatishga urindi, — bu yaxshimas… Men… Sizga qo'limniyam tekkizgan emasman…

— Qo'lingizni tekkizmay turib hislarim bilan o'ynashdingiz… Meni azob changaliga solib qo'yi-ib, o'zingiz bir chetda tomosha qilayapsiz. Ahmog'ingiz yo'q… Ertagacha kutaman. Agar hal qilmasangiz, o'zingizdan ko'ring!..

— Xo'p, nimani hal qilay? Nima qilsam, ko'nglingiz to'ladi?

— Voy, bilmaysizmi?.. O'ylang! Begunoh bir ayolning qalbini egallab olib, tag'in nima qilay deb so'raysiz! Agar, shu bugun bir yoqli qilmang-chi!..

— Xotinimni qo'yib, sizga uylansam, ko'nglingiz to'ladimi?

— Bilmayman. O'zingiz hal qiling!..

Hosila zarda bilan ortga o'girildi-da, ichkariga kirib ketdi. Mansur esa turgan joyida shamday qotdi. U qaerga borishni, nima qilishni bilmasdi.

“Afsus, shaytonning yo'liga kirib qo'ydim! — o'ylardi u musht bo'lib tugilgan qo'llarini tizzasiga urib. — Chiroyiga uchibman!.. Nimaga?.. Gulday oilam nima bo'ladi endi? Murodjonim otasiz o'sadimi? Qandoq chidayman bu ko'rgilikka?.. Ayolning makri — ilonning zahri. Meni Majnunga aylantirguncha muloyim supurgi edi. Ana, bugun asl basharasi ko'rindi-qo'ydi… Qo'lingdan kelganini qil!.. Xotinimga aytarmish. Ayt! Menam tushuntiraman. Manzura tushunadigan ayol. Kerak bo'lsa, kechirim so'rayman… Qayoqqa borardi bu sharmanda?!. Sakrab-sakrab joyiga tushadi… Ammo… Ishxonada-chi? Bunaqalar birinchi navbatda ishxonadagilarga dardini aytadi. Ishqilib, oxiri baxayr bo'lsin!..”

Mansur tahririyatga qaytib kirarkan xodima ayollar shivirlab, ortidan kula±tganday tuyildi. Bu ham yetmagandek, bosh muharrir yonidan o'tib ketayotib g'alati qarab qo'ydi.

“Tamom, tarqatibdi! — ko'nglidan o'tkazdi Mansur yuragiga g'ulg'ula tushib. — Endi sharmanda bo'ldim. Bu narsa hash-pash deguncha uyimga ham yetib boradi… Uf-f, nimalar qilib qo'ydim? Oilam, farzandim bo'la turib boshi ochiq ayolga ilakishdim. Endi hech narsadan hech narsa yo'g'-u, baloga qolib o'tiribman…”

U xonaga kirdi-da, eshikni ichkaridan tambalab, o'zini divanga tashladi. Shu ko'yi qancha o'tirganini bilmaydi, bir mahal eshikning ohista taqillashidan hushiga keldi. O'rnidan turib, derazadan tashqariga qaradi. Allaqachon ketadigan payt bo'libdi. Ehtiyotkorlik bilan oyoq uchida yurib borib, tashqariga quloq tutdi. Qiziq, kim ekan taqillatgan?.. Ie, boshliq bo'lsa-ya?..

U shosha-pisha eshikni ochdi… Ro'parasida Hosila kulib turardi…

“Nima? Qilg'ilikni qilib, yana mening ustimdan kulayaptimi bu?.. Maza qilayotgandir-da!.. Ie, maza qilmaydimi? Bir erkakning uyini buzib maqsadiga yetmoqchi. Albatta, maza qiladi…”

Mansur xayolidan yashin tezligida o'tgan bu fikrlardan, ro'parasida tirjayib turgan Hosilani ko'rganidan g'azabi toshib miyasida og'riq turdi.

— Keling, — dedi siniq ovozda, — ichkariga kiring!..

Hosila yuzida tabassum bilan ostonadan yengil hatlab xonaga kirdi.

— Ketmadingizmi? — so'radi Hosila unga ma'noli tikilib.

— Yo'q, shoshib qaergayam borardim?

— O'ylab ko'rdingizmi?

— Nimani?

Hosila tuyqusdan kulib yubordi.

— Nega kulasiz? Mazax qilayapsizmi? — to'ng'illadi Mansur.

Hosila kulishdan to'xtab jiddiy tortdi:

— Yo'q, sizni mazax qilib bo'ladimi, Mansur aka. Kechiring meni!.. Boya sizni behuda xafa qilib qo'ydim. Rosti-chi… Sizni sinamoqchi edim.

Mansur yalt etib Hosilaga qaradi.

— Xo'sh, sinovdan qanday o'tdim?

—Zo'r o'tdingiz. Chindan oilasiga sadoqatli erkak ekansiz. Rahmat sizga!.. Doim shunday bo'ling, bo'ptimi?.. Men hech qachon turmush qurmayman deb o'zimga so'z berganman. Kelib-kelib sizday xokisor odamning uyini buzarmidim? O'zingiz mundoq tanangizga o'ylab ko'rmadingizmi?.. Yo'q, boshqalarni bilmadim-u, men unday yo'l bilan baxtli bo'lolmayman. To'g'ri, siz menga ±qasiz, sizni yaxshi ko'raman. Shuning uchun ham hayotingizga aralashmayman. Chin yurakdan yaxshi ko'rgan odam sevgan kishisiga ±monlikni ravo ko'rolmaydi.

Bu gaplardan Mansur beixti±r hushyor torta boshladi.

— Shu gaplarni o'zingiz gapirayapsizmi? — uning lablarida tabassum paydo bo'ldi. — Ishongim kelmayapti.

— Ishonmasangiz o'zingizga havola. Men baribir ishdan ketayapman. Eslab yurarsiz…

— To'xtang, nega ishdan ketasiz? O'zi… Yaqindagina joylashdingiz-ku!..

— Men sinovdan o'tolmadim, — kulib javob qildi Hosila. — Sizday kuchli emas ekanman…

— Kimning sinovidan o'tolmadingiz?

— Kimning bo'lardi, boshliqlarning-da… Mayli, Mansur aka, xayr, baxtli bo'ling!.. Hech qachon o'g'ilchangizni tashlab ketmang-a?..

Shu lahzada Mansurning yelkasidan tog' ag'darilganday bo'ldi.

— Ha, sizga bir gapni aytmoqchiydim, — dedi Hosila ortiga qayrilib. — Maktabda adabi±t o'qituvchimiz: “Har bir insonning topinadigan gavhari bo'ladi, bu birov uchun farzandi, boshqa birov uchun oilasi ± kasb-kori, balki ota-onasi bo'lishi mumkin… agar odam ana shu gavharini asrab-avaylasa, yo'qotib qo'ymasa ha±tda xo'rlik ko'rmaydi”, derdi. Gavharingizni asrang, shunda men ham sizdan xavotir olmayman.
***
Mansur ishxonadan chiqib, uyiga qaytarkan Hosilaning ko'rsatgan “hunar”ini eslab miyig'ida kuldi: “Qanchalar ayyor-a bular!.. E, yo'q, buni ayyorlikkayam yo'yib bo'lmaydi. Hosila baribir oqila ekan. U mening ko'zimni ochib qo'ydi. Ochgandayam…”

Uyiga kirib, alanglab, xotini, o'g'li qaysi xonadaligini bilgisi keldi. Manzura o'g'ilchasini bag'riga olib televizor ko'rayotgan ekan…

Mansur o'g'liga talpindi, uni bir qo'liga oldi, bir qo'li bilan xotinini quchdi va ohista shivirladi:

— Oh, gavharlarim!..

Категория: Romantik | Просмотров: 211 | Добавил: Admin | Теги: asragan, Gavharini, Yigit
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ