Логин:
Пароль:
Главная » 2018 » Январь » 12 » Bu hikoyalarni uyquga yotishdan avval o'qimang!
19:19
Bu hikoyalarni uyquga yotishdan avval o'qimang!
Internet adabiyoti rivojlanar ekan, qisqa, vahimali hikoyalar paydo bo'la boshladi. Odatda, bunday hikoyalar tugal mazmun anglatmasa-da, kishini bir zumga sergaklantiradi, qo'rquvga tushiradi. Quyida bir nechta qisqa hikoyachalarni e'tiboringizga havola etamiz.
Darvoqe, uyquga yotishdan avval mutolaa qilish tavsiya etilmaydi
Qaysi biri o'g'lim edi?!.
O'g'limni uyquga yotqizar ekanman, “Dadajon, karavotim ostida alvasti yuribdi”, dedi. Uni tinchlantirish uchun karovot ostiga qaradim va uning ostida o'g'lim dahshat to'la ko'zlari bilan menga boqib, qaltiroq ovozda “Dada, karovotim ustida nimadir yotibdi”, dedi.
Ko'zgudagi kim?
Uyg'ongach, oynada chertilayotgan tovushni eshitdim. Avvaliga, derazamni kimdir chertyapti, deb o'yladim, ammo tovush… ko'zgudan kelardi.
Soya
U nega soyasi ikkitaligini sira tushuna olmayotgan edi. Chunki xonada atigi bittagina chiroq bor.
Dahshat
Derazam ortidan qorong'ulik qa'ri uzra kulib turgan chehra namoyon bo'ldi. Men 14-qavatda yashayman.
Kim suratga oldi?
Ertalab telefonim xotirasidan uxlayotgan rasmimni topdim. Men uyda yolg'iz yashayman.
Aks
Oynadagi aksim ko'zini qisayotganini ilg'ab qoldim.
Bu kim?
Ishdan charchab kimsasiz uyingga kelding va chiroqni yoqish uchun tugmani qidiryapsan, birdan qo'ling begona qo'lni his qildi.
Kim uyg'otdi?
Tunda xotinim uyga o'g'ri kirganini aytish uchun uyg'otdi. Ammo u o'tgan yili dunyodan o'tgandi-ku.
Kirma, men ham u ovozni eshitdim
Onam meni oshxonadan turib chaqirdi. Kirayotganimda boshqa xonadan “Kirma, men ham u ovozni eshitdim”, degan ovozi keldi.
Категория: Fantastik | Просмотров: 76 | Добавил: Admin | Теги: bu, uyquga, hikoyalarni, o'qimang, avval, yotishdan | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Шаблоны для uCoz

Ресурс U-TORRENTINO.RU © 2013-2014 не содержит никакой нелегальной информации. На сервере хранятся только торрент-файлы содержащие в себе хеш-суммы файлов.

Любой торрент файл будет удален по требованию правообладателя. uCoz