Логин:
Пароль:
Главная » 2018 » Январь » 12 » Biz qo'rqoqmiz!
19:07
Biz qo'rqoqmiz!
Tug'ilish.
-Yig'layverma, bo'lmasam “Bo'ji” olib ketadi…

-Teginma unga. Sindirib qo'ysang amaki “at-at” qiladi…

-Yugurma yiqilib tushasan, keyin biror joying sinadi…

Bolalik.

-Birovni bolasini nega tishlaysan? Onasi endi tishingni qoqvolsa nima qilasan?..

-Namuncha baqirasan? Tomog'ing bug'ilib, ovozing chiqmaydigan bo'lib qoladi…

-U bola bilan do'st bo'lma, otasi yomon odam…

Yoshlik.

-Darsingni qilmasang o'qishga kirolmaysan. O'qishga kirolmasang, ishlay olmaysan. Ishlay olmasang, xech kimsan!..

-Qo'shiq aytishga balo bormi? Qaerga qarama otarchi bo'lsa, undan ko'ra molga qara…

-Rasm chizishni yig'ishtir. Sendan rassom chiqarmidi… She'r yozishga balo bormi…

O'smirlik.

-O'qishni tugatibsan, qaerda ishlaysan endi? Zavodda nima bor, melisaga kir. Oyligi yaxshi…

-Yosh bolaga sevishni kim qo'yibdi. Dadang eshitsa bo'yningni uzadi…

-Nega ishdan bo'shading? Endi qanday yashaysan…

-Chet elda nima bor? Uzoqdagi quyruqdan…

O'rta yosh.

-Beshik to'yni yaxshilab o'tkazgin, odamlar gapirib yurishmasin yana…

-Farzanding maktabda yaxshi o'qiyaptimi? O'rtoqlari yomon ko'rindi ko'zimga, ayt ular bilan o'ynamasin…

-Shu yoshda til o'rganib dunyo oberarmiding?..

Bu yog'i ham huddi shunday davom etaveradi. O'z hayotingga o'zing xo'jayinlik, o'zing uchun bo'lsa ham keskin qaror qabul qila olmaysan. Chunki qo'rqoqsan! Odamlardan qo'rqasan, jamiyatdan qo'rqasan, tavakkal qilishdan qo'rqasan. Qoningda “rassom bo'lasan” deydigan gen oqayotgan bo'lsada o'qituvchi bo'lasan. Parvoz qilish uchun yaralgan bo'lsang ham yerda sudralasan. Ovozing “mana man”degan xofiznikidan xushovozroqu, lekin qo'ylarga baqirishdan boshqasiga yaramaysan. Senga maslaxat bergan, yomon bo'l demaydi. Lekin ular SEN emas. Ular chizgan chiziqda yurishing ham shart emas. Qachongacha o'zgalar yo'lidan yurasan? Baqirging kelyaptimi baqir, yig'laging kelyaptimi yig'la, o'ynaging kelyaptimi o'yna. Odamlardan, ularning gap-so'zlaridan qo'rqma!
Категория: Hayotiy | Просмотров: 85 | Добавил: Admin | Теги: biz, qo'rqoqmiz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Шаблоны для uCoz

Ресурс U-TORRENTINO.RU © 2013-2014 не содержит никакой нелегальной информации. На сервере хранятся только торрент-файлы содержащие в себе хеш-суммы файлов.

Любой торрент файл будет удален по требованию правообладателя. uCoz