<

BEShIK…(dahshatli voqea. Yuragi bo'shlarga tavsiya qilinmaydi

Xilola erta saxardan kirlarni to'plab yuvmoqchi bo'ldiyu, negadir o'g'li injiqlanib hech ish qilishga qo'ymasdi. Qaynona bolani bahona qilmasligini aytib, daxlizda turgan beshikni olib kirib berishini buyurdi. Kelin beshikni olib kirdi, beshikni to'g'rilagan kishi bo'ldiyu, ish bilan eshikka chiqib ketdi. Oyijonisi bolani yechintirib beshikka qattiqqina qilib belab qo'ydi. Xilola eshikdan kirib bolani emizib, uxlatmoqchi bo'ldi, bola negadir ijirgalanib hech uxlolmasdi. Qaynona keliniga bemalol kirini yuvib, xovlini supurib, ishlarini qilib olishini, bolani o'zi tebratib uxlatib qo'yishini aytdi. Xilola o'choqqa o't yoqib suv isita boshladi, suv isigunga qadar, xovli ishlarini qilib oldi. Uy ichidan bolani yig'i ovozi eshitilib turardi. Xilola kirni kir mashinasiga solib uyga kirib bolani beshikdan yechib olishni oyijonisidan iltimos qildi.

Qaynona:

– Biz ham beshikda besh oltita bola katta qilganmiz. Bir kun kechgacha yotsa xech narsa qilmaydi, bolani emizib, ishingizni bilib, bilib qilavering, dedi kesatib. Xilola bolani yana emizib kirini yuvgani chiqib ketdi. Bola yig'idan to'xtamas, buvijonisi beshikni qattiq qattiq tebratishni to'xtatmas edi. Xilola uch soat ichida butun boshli oila kirini yuvib tugatolmay, bolani yig'isiga chidolmay yana uyga kirdi. Bola yig'idan tolib ko'zlari suzilib qolgandi. Kelin yana oyijonisiga yuzlandi:

– Oyijon nevarangizni hech bunaka odati yo'q edi, keling bir yechib, orqalarini silab yana boshidan beshikka bog'lab qo'yamiz, yo'q demang oyi, deb yalinar edi.

Oyijon nailoj rozi bo'ldilar. Xilola beshikdan bolani yechayotib qo'li xo'l bo'lganini sezdi, siydik yoyib uxlolmabdida deb hayollanib ne ko'z bilan ko'rsinki, bu siydik emas, qon edi! Bolani belayotib beshikni ko'zdan kechirmagandi. Beshikning tuvagiga kalamush kirib olgan edi. Xilola shok holatiga tushib qoldi. Bu holatni ko'rgan oyijon baqir chaqir qilib qo'shnilarni chaqirdi. Kimdir tez yordamni chaqirib qo'ydi. Tez yordam kelib ona bolani kasalxonaga olib ketdi. Bola ko'p qon yo'qotgani va kalamushning zaharli tishlaridan zaharlangani uchun uch kun reanimatsiya bo'limida yotib, to'rtinchi kuni olamdan ko'z yumdi. Onaizor savdoi bo'lib qolgandi. Qaynona qilgan ishidan ming pushaymon bo'lmasin, nevarasini ortga qaytarishni ilojisi yuq edi. Bu to'qima hikoya emas, balki shu kunlarda bo'lib o'tgan voqea. Iltimos onajonlar bolani beshikka belashdan avval beshikni zimdan ko'zdan kechiringlar, keyingi pushaymon o'zingga dushman deb bejizga aytilmagan.

Категория: Fantastik | Просмотров: 119 | Добавил: Admin | Теги: qilinmaydi, bo'shlarga, Yuragi, tavsiya
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ