Логин:
Пароль:
Ilgari turli sharpalar haqidagi gaplarga ishonmasdim. Ammo…

Ish yuzasidan Bo'kaga ko'chib ketdik. O'z soham bo'yicha faqat shu joyda ish topgandim, xolos. Bo'ka menga ta'riflashganidan ham yaxshi joy ekan. Ayniqsa, tabiati yaxshi. Daraxtlar ko'p. Borgan zahotim ishga kirdim. Ishxonadagilar bilan tez til topishib ketdim. Xullas, hamma ishlarim ko'ngildagidek ketayotgandi. Ertalab uydan ishga, kechqurun esa ishdan uyga shoshilaman. Kunlar bir-birini quvib o'taverdi.

Shunday kunlarning birida ishim ko'payib qoldi. Aksiga olib, bemorlar oldingidan ko'proq edi. Bitta bemorning ahvoli kutilmaganda og'irlashib qoldi. Uning hayotini saqlab qolish uchun ancha harakat qildik. Bu paytda bor diqqat-e'tiborim bemorda bo'lar, boshqa hech narsaga e'tibor qilmasdim, hatto vaqt o'tayotgani ham bilinmasdi. Shu boisdan atrofga qo-rong'ilik yoyilib bo'lganini ishimni tugatganimdan so'nggina bildim. Ammo muhimi bu emasdi. Muhimi bemorning hayotini saqlab qolganimiz edi. O'zimda yo'q quvonib kasalxonadan chiqdim. Kech tushgan, havo biroz sovuqroq. Uyim esa shifoxonadan yarim soatlik yo'l. Uyim oldiga qatnaydigan yo'nalishli taksilar ham to'xtab bo'lgan. Aksiga olib, birorta mashina ham ko'rinmasdi. Hayron bo'ldim. Chunki, odatda, yarim kechasi ham mashinalar qatnab turardi. Ammo hozir mashina tugul birorta yo'lovchi ham ko'rinmasdi.

Noiloj piyoda yo'lga tushdim. Hamma yomon narsalar bekorchilikdan paydo bo'ladi, deganlari rost ekan. Kallamga har xil xayollar ... Читать дальше »
Категория: Detektiv | Просмотров: 86 | Добавил: Admin | Дата: 12.01.2018 | Комментарии (0)

Bu voqeaga ancha bo'lgan bo'lsa-da, hanuz esimdan chiqmaydi. Chunki o'sha kungi voqealar xotiralarimni ag'dar-to'ntar qilib yuborgandi.

Xullas, o'qishdan ta'til olgach, qishloqqa oshiqdim. Ota-onamni, qarindoshlarimni va Diloromni qattiq sog'ingandim. Dilorom bilan maktabda birga o'qigandik. Uning chaqnoq ko'zlari, bilimi, zukkoligi es-hushimni o'g'irlab qo'ygandi. O'qishga kirgunimga qadar unga sovchi jo'natmoqchi edim, ammo orada onamning tobi qochib qolgani uchun bu ishni keyinroqqa qoldirdik. O'qishga kirganimdan keyin esa sovchi jo'natish yanada keyinga surildi.

* * *

Birinchi kursni tamomlab, qishloqqa qaytayotgan vaqtimda juda xursand edim. Chunki anchadan beri rejalashtirib yurgan ishimni qilmoqchi, Diloromga sovchi jo'natib, o'zim yaxshi ko'rgan, qalbimni zabt etgan malikaga erishmoqchi bo'lgandim. Shu niyatda, kechki ovqat mahali onamga Dilorom haqida og'iz ochdim. Ammo onamning:

— Dilorom allaqachon boshqa xonadonning kelini bo'lgan, — degan javobini eshitib, karaxt bo'lib qoldim.

— Nima?! Axir bu bo'lishi mumkin emas! Biz ahdu paymon qilgandik-ku, hamma narsa hal bo'lgandi-ku!

— To'g'ri, lekin qiz sho'rlik ota-onasining ra'yini qaytara olmadi, shekilli, shunga majbur bo'ldi.

— Ota-onasining ra'yini? Onasi rozi edi-ku! Otasiyam…

— Otasi bir o'rtog'i bilan ahdlashib qo'ygan ekan. Onasi sovchilar haqida og'iz ochganida “Qizim og'aynimga kelin bo'ladi, boshqa gapga ... Читать дальше »
Категория: Fantastik | Просмотров: 93 | Добавил: Admin | Дата: 12.01.2018 | Комментарии (0)

Hozir nafaqadaman. Ilgari o'qituvchi bo'lib ishlardim. Hayotimdan nolimayman, faqat to'ng'ich qizimning baxtsiz bo'lgani meni tushkunlikka soladi, xolos. Ayni damda u turmushidan ajragan. Bunga esa bir paytlar sodir bo'lgan voqea sabab edi.

O'shanda Qo'yliqqa ko'chib kelgandik. Biz sotib olgan uy shinamgina, har tomonlama qulay edi. Shundanmi, bu uyning arzongina narxga sotilgani meni unchalik ham ajablantirmadi. Rafiqam:

— Dadasi, uy tuppa-tuzukkina ekan, nega egasi bunchalik arzonga sotdi ekan-a? Bir balosi yo'qmikin, ishqilib? — deya so'raganida ham unchalik parvo qilmadim.

— Pul zarur bo'lgandir-da, ham pulini bo'lib-bo'lib berishimizga rozi bo'ldi. Shunday ekan, bu biz uchun omadli xarid.

Boshida turmushimiz osoyishta kecha boshladi. Ishlarim joyida edi. Shundanmi, ayolim ham, men ham uy haqidagi noxush xayollarni miyamizdan chiqarib tashladik. Ammo…

Oradan olti oycha vaqt o'tgach, to'ng'ich qizim uyga yig'lab kirib keldi. Uni uzatganimizga hali yarim yil ham bo'lmagandi. Meni ko'rdi-yu, boshini egdi.

— Nima gap? — deb so'radim qandaydir noxushlikni sezib.

— Lola eri bilan ozroq aytishib qolibdi, — dedi ayolim nimanidir yashirib. — Hechqisi yo'q, yarashib olishadi.

— Mendan hech narsani yashirma. Nima gap o'zi?

Ayolim rostini aytishga majbur bo'ldi:

— Gap shundaki, kuyov giyohvand ekan!

— Nima? — esxonam chiqib ketdi mening. — Giy ... Читать дальше »
Категория: Hayotiy | Просмотров: 58 | Добавил: Admin | Дата: 12.01.2018 | Комментарии (0)

Internet adabiyoti rivojlanar ekan, qisqa, vahimali hikoyalar paydo bo'la boshladi. Odatda, bunday hikoyalar tugal mazmun anglatmasa-da, kishini bir zumga sergaklantiradi, qo'rquvga tushiradi. Quyida bir nechta qisqa hikoyachalarni e'tiboringizga havola etamiz.
Darvoqe, uyquga yotishdan avval mutolaa qilish tavsiya etilmaydi
Qaysi biri o'g'lim edi?!.
O'g'limni uyquga yotqizar ekanman, “Dadajon, karavotim ostida alvasti yuribdi”, dedi. Uni tinchlantirish uchun karovot ostiga qaradim va uning ostida o'g'lim dahshat to'la ko'zlari bilan menga boqib, qaltiroq ovozda “Dada, karovotim ustida nimadir yotibdi”, dedi.
Ko'zgudagi kim?
Uyg'ongach, oynada chertilayotgan tovushni eshitdim. Avvaliga, derazamni kimdir chertyapti, deb o'yladim, ammo tovush… ko'zgudan kelardi.
Soya
U nega soyasi ikkitaligini sira tushuna olmayotgan edi. Chunki xonada atigi bittagina chiroq bor.
Dahshat
Derazam ortidan qorong'ulik qa'ri uzra kulib turgan chehra namoyon bo'ldi. Men 14-qavatda yashayman.
Kim suratga oldi?
Ertalab telefonim xotirasidan uxlayotgan rasmimni topdim. Men uyda yolg'iz yashayman.
Aks
Oynadagi aksim ko'zini qisayotganini ilg'ab qoldim.
Bu kim?
Ishdan charchab kimsasiz uyingga kelding va chiroqni yoqish uchun tugmani qidiryapsan, birdan qo'ling begona qo'lni his qildi.
Kim uyg'otdi?
Tunda xotinim uyga o'g'ri kirganini aytish uchun uyg'otdi. Ammo u o'tgan yili dunyodan o' ... Читать дальше »
Категория: Fantastik | Просмотров: 75 | Добавил: Admin | Дата: 12.01.2018 | Комментарии (0)

Chorsu dahasidagi uyga ko'chib o'tganimdan keyin tunlari ayol kishining faryodi eshitila boshladi. Avvaliga buning sababini tushunmadim, keyingi kunlari ham aynan shunday ovozlarni eshitganimdan so'ng qo'shnimdan surishtirdim.

— Bu xonadonda bir kampir yashaydi, aqldan ozib qolgan, o'g'li uni bir xonaga qamab qo'ygan, agar chiqarib yuborsa, boshqa oila a'zolariga xavf solishi mumkin, — dedi qo'shnim achingannamo. — Bechora, avvallari yaxshi edi, tuppa-tuzuk ishlab yurardi. Kutilmaganda aqldan ozib qoldi. Eshitishimga qaraganda, o'sha xonadonda bezovta ruh panoh topganmish. Menimcha, o'sha ruh kampirni aqldan ozdirgan. Uni ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizishga o'g'li uyaladi.

Oradan ko'p o'tmay, ovozlar tinib qoldi. Shunday kunlarning birida yo'lakda yana o'sha qo'shnini ko'rdim.

— Anavi kampir olamdan o'tibdi, — dedi qo'shnim mahzun qiyofada. — Uni tongda shkaf ichidan topishibdi. Kampir nimadandir cho'chib, shkafga kirib olgan ekan. Men sizga aytgandim-ku xonadonda bezovta ruh bor, deb. Menimcha, o'sha ruh kampirning joniga qasd qilgan.

Dam olish kuni qo'shnim bilan yo'lakda suhbatlashib o'tirsam, ikki yoshgina yigit yonimizdan o'tib qoldi. Qo'shnim yigitlarni yoniga chorladi.

— Menga qaranglar, yigitlar, — biroz o'ylanib turib, gap boshladi qo'shnim, — ro'paradagi uyda ijaraga tura boshlabsizlar.

— Ha, shaharga o'qishga kelganmiz, anchagacha kvartira qidirdik, mana, nihoyat topdik. O'qishimi ... Читать дальше »
Категория: Detektiv | Просмотров: 73 | Добавил: Admin | Дата: 12.01.2018 | Комментарии (0)

Avji saraton. Ko'p qavatli uylarning qosh qorayganda derazalari qu±sh chiqishi bilan yopilib, qalin pardalari bekitiladi. Chunki qu±sh bosh ko'targanda±q kun qizib, issiq havo lopillab ichkariga uradi. Erta tongda±q ehtiyot choralari ko'rilmasa, kun bo'yi issiq tandirning ichida o'tirganday azobga qolish hech gapmas.

Mansur apil-tapil yuvinib, endi bir yoshni qorala±tgan o'g'ilchasi Murodning beshigi boshiga keldi. Go'dak miriqib uxlar, ora-sira uyqusida jilmayib qo'yardi.

— Tushida birovlar kuldiradi, shekilli, — shivirladi u xotini Manzuraga. — Qara, kulib qo'yyapti! Ishqilib…

Mansurning kayfiyati o'zgarib, biroz o'yga toldi. Keyin uxlayotganiga qaramay go'dakning qo'l-o±g'ini bo'shatib, shartta ko'tarib oldi-da, bag'riga bosdi.

— Voy, bu nima qilganingiz? — bezovtalanib pichirladi Manzura. — Uyg'otib yuborasiz-ku!..

Xotinining gaplari Mansurning qulog'iga kirmas, xuddi bolasidan ajralib qoladiganday go'dakni qo'lidan qo'ygisi kelmasdi.

— Yo'-o'q! — dedi u ovozini xiyla ko'tarib. — Men seni hech qachon tashlab ketolmayman… Shunday shirin bolani-ya?.. Sen uchun jonimni bersam beramanki, tashlab ketmayman!..

— Qayoqdagi gaplarni gapirasiz-a? — dedi Manzura qoshlari chimirilib. — Ja sog'insangiz ishga opketa qoling!..

Mansur xotiniga o'ychan qarab qo'ydi-da, afsuslanganday boshini chayqagancha go'dakni joyiga yotqizdi.

— Kechir, g'alati tushlar ko'ribman. Shunga ... Читать дальше »
Категория: Romantik | Просмотров: 108 | Добавил: Admin | Дата: 12.01.2018 | Комментарии (0)

— Tur, hademay tong yorishadi, ulgurishimiz kerak.

Tong uyqusi shirin bo'ladi, deyishadi. Rostdan ham shunday ekan. O'rtog'imning turtkilashlariga javoban istar-istamas ko'zimni ochdim.

— Nima deysan yana?

— Bu nima deganing? Kecha o'zing aytding-ku bozordan kiyim olishim kerak, ertaroq borsak, optomda arzonroq bo'ladi deb.

Endi esimga tushdi. Kunlar isib ketganidan keyin yengilroq kiyim olishni niyat qilgandim.

— Yaxshigina uxlab yotgandim-da, — dedim shunda ham hammasiga Salimni aybdor qilib. — Bo'pti, hozir tayyor bo'laman.

Apil-tapil choy ichib, bozorga otlandik. Hali atrof qop-qorong'i bo'lsa-da, bozor odamlar bilan to'la boshlagandi. Kimdir tovarlarini rastalarga joylayapti, yana kimdir menga o'xshab mo'ljallagan narsasini arzonroq narxda sotib olish niyatida bozorni aylanib yuribdi.

— Nima olmoqchi eding o'zi? — deb so'radi Salim bozorga kirganimizga yarim soatlardan oshgan bo'lsa-da, biror narsani ushlab ko'rmaganim uchun.

— Ko'ylak, keyin tufli, yuqaroq jinsi…

— O'h-ho', komplekt kiyinarkansan-da, yaxshi, unda yur, tanlashni boshlaymiz.

Kiyim tanlashda juda injiqman. Shuning uchun ham uzoq vaqt kiyim-kechaklarni oralab yursak-da, ko'nglimga o'tiradigan ko'ylak ham, tufli ham uchramasdi. Chiroyli qilib tikilgan tufli ham yoqmaganidan keyin Salimning toqati toq bo'ldi, shekilli:

— Uff, tong ham yorishib bo'ldi. Tezroq tanlasang, ... Читать дальше »
Категория: Fantastik | Просмотров: 60 | Добавил: Admin | Дата: 12.01.2018 | Комментарии (0)

Ayris Aleksandra

TUSh

— Men cho'kyapman!

— Xavotir olma, jonginam, sen xavfsiz joydasan.

— Hozir jarlikka qulab ketsam kerak!

— Bunday bo'lishiga aslo yo'l qo'ymayman!

U shunday deya qo'limdan mahkam tutdi. Men uning nafasini, baquvvat qo'llarining taftini his qildim. Uyg'onganimda esa bari tushligini ang­ladim. Bag'rimga bosganim esa u sovg'a qilgan yagona yodgorlik — paxmoq ayiqcha ekan…

Kurt Xoman

AKS SADO

Yaqindagina to'yi bo'lib o'tgan, katta imperiyaning yagona egasi va misli ko'rilmagan boylik merosxo'ri juftiga zavq bilan xitob qildi:

— Sevgilim, qara, bu yerda nima deb yozib qo'yishibdi — «Sayyohlar uchun sirli dara. Qichqirib so'rang, aks-sado sizga javob qiladi».

Deyarli muallaq turgan panjaraga osilib qiz baqirdi:

— Rostdan ham u meni sevadimi?

— Sevadi! Sevadi! — javob qildi aks-sado. Bundan zavqlanib, u yana urinib ko'rdi:

— Baxtsizlik yaqinmi?

— Yaqin! Yaqin! — dedi ovoz va bo'lajak sug'urta puli egasi qo'lini yengilgina siltadi.

Marta Jara

SEHRGAR VA UNING YoRDAMChISI

Karmin Buyuk Nina unga xiyonat qilganiga hali ham ishongisi kelmasdi. Qizdan o'ch olish fikri uni ich-ichdan qamrab ola boshladi. Nina shirin ta'zim qilib, katta quti ichiga kirgach, uning final chiqishi boshlandi. Bu nomer dasturning gultoji edi. Karmin Buyuk sahna ... Читать дальше »
Категория: Romantik | Просмотров: 113 | Добавил: Admin | Дата: 12.01.2018 | Комментарии (0)

Dugonam keltirgan xabardan dahshatga tushib, o'zimni qo'yarga joy topolmay qoldim. Shoiraning miyig'ida kulib turishi battar g'azabimni qo'zg'atdi.

— Men senga aytgandim, — dedi dugonam kinoya bilan, — oxirgi paytlarda boshqacha bo'lib qoluvdi. Harakatlaridan, gap-so'zlaridan ham bilinib turgandi. Oldingidek emas…

— Bas qil! — bor ovozim bilan baqirib yubordim.

Bo'g'zimni nimadir achishtir, shu tobda to'yib-to'yib yig'lagim kelardi. Nega? Unga nima yomonlik qildim? Savollar bir-birini yetaklab kelardi-yu, ammo javobiga kelganda… bir sas yo'q.

Ovozimni eshitgan chog'i, xonamning eshigini qiya ochib, onam ichkariga mo'raladi va:

— Tinchlikmi? Kim baqirdi? — deya so'radi ohista. So'ng yig'lamsirab o'tirganimni ko'rib, sekin ichkariga kirdi. — Senga nima bo'ldi, Gulmira?

Ko'zlarimdan ikki tomchi yosh yuzimga dumaladi. Ayyor dugonam esa darrov vaziyatni to'g'rilashga tutindi:

— Voy, Sojida opa, buningizning qanaqaligini bilasiz-ku… Ikkalamiz aytishib qolgandik, erkatoy qizingiz darrov yig'lashni boshladi.

Oyim unga ishonqiramay menga qaradi. Shoiraning gapini ma'qullagan bo'lib, arang bosh qimirlatdim:

— Siz chiqib ketavering, xavotirlanmang…

Onam chiqib ketgach, Shoira boshimga ko'rsatkich barmog'i bilan niqtadi.

— Kallang joyidami sening? Endi bir kami onangga ham yigitim boshqa qiz bilan yuribdi, deyishing qoluvdi?

— Yuribdi ... Читать дальше »
Категория: Romantik | Просмотров: 109 | Добавил: Admin | Дата: 12.01.2018 | Комментарии (0)

Tug'ilish.
-Yig'layverma, bo'lmasam “Bo'ji” olib ketadi…

-Teginma unga. Sindirib qo'ysang amaki “at-at” qiladi…

-Yugurma yiqilib tushasan, keyin biror joying sinadi…

Bolalik.

-Birovni bolasini nega tishlaysan? Onasi endi tishingni qoqvolsa nima qilasan?..

-Namuncha baqirasan? Tomog'ing bug'ilib, ovozing chiqmaydigan bo'lib qoladi…

-U bola bilan do'st bo'lma, otasi yomon odam…

Yoshlik.

-Darsingni qilmasang o'qishga kirolmaysan. O'qishga kirolmasang, ishlay olmaysan. Ishlay olmasang, xech kimsan!..

-Qo'shiq aytishga balo bormi? Qaerga qarama otarchi bo'lsa, undan ko'ra molga qara…

-Rasm chizishni yig'ishtir. Sendan rassom chiqarmidi… She'r yozishga balo bormi…

O'smirlik.

-O'qishni tugatibsan, qaerda ishlaysan endi? Zavodda nima bor, melisaga kir. Oyligi yaxshi…

-Yosh bolaga sevishni kim qo'yibdi. Dadang eshitsa bo'yningni uzadi…

-Nega ishdan bo'shading? Endi qanday yashaysan…

-Chet elda nima bor? Uzoqdagi quyruqdan…

O'rta yosh.

-Beshik to'yni yaxshilab o'tkazgin, odamlar gapirib yurishmasin yana…

-Farzanding maktabda yaxshi o'qiyaptimi? O'rtoqlari yomon ko'rindi ko'zimga, ayt ular bilan o'ynamasin…

-Shu yoshda til o'rganib dunyo oberarmiding?..

Bu yog'i ham huddi shunday davom etaveradi. O'z hayotingga o'zing xo'jay ... Читать дальше »
Категория: Hayotiy | Просмотров: 72 | Добавил: Admin | Дата: 12.01.2018 | Комментарии (0)

« 1 2 ... 7 8 9 10 »
Шаблоны для uCoz

Ресурс U-TORRENTINO.RU © 2013-2014 не содержит никакой нелегальной информации. На сервере хранятся только торрент-файлы содержащие в себе хеш-суммы файлов.

Любой торрент файл будет удален по требованию правообладателя. uCoz