Логин:
Пароль:
Ajoyib oqshom. Qiz dugonasi bilan telefonda gaplashyapti.
— Bilasanmi, sobiq yigiting bugun jo'nab ketyapti.
— Menga farqi yo'q… Qaerga ekan?
— Angliyaga o'qishga…
— Tushunarli… Mayli, men bugun ertaroq uxlamoqchi edim, yaxshi yotib tur.
— Hm… Shunchalik ertami… Agar uxlay olmasang, qo'ng'iroq qil.
Qiz go'shakni qo'ygach, barchasini esladi. Qisqa va g'oyat ajoyib kechgan muhabbat tarixini. Birinchi muhabbatini…
Yigit ketish oldidan shaharni sayr qila turib, uni ko'rgisi keldi. Xayrlashgisi keldi. Birga yurgan xiyobonidan odimlar ekan, qizni juda sog'inganini his qildi. Qo'ng'iroq. U! Nimadir bo'ldimi?.. Axir yarim yildan buyon biror marta ham qo'ng'iroq qilmagandi…
— Allo?
— Hozir yonimga kela olasanmi? — shivirladi qiz bezovtalik bilan.
Yo Xudoyim, bu ovozni qanchalik sog'ingan edi…
— Hozir boraman.
Yigit yarim soatdan so'ng qizning uyi yonida edi.
— Men keldim.
— Tushyapman.
Qiz zinalardan yugurib, qorong'ulikda turgan yigitning quchog'iga o'zini otdi, yig'ladi.
— Ketma…
— Nima?
— Ketma, iltimos… U seni mendan olib qo'yadi…
— Kim?
— Angliya… Sening Angliyang.
Yigit kuldi…
— Axir qanday qilib, shirinim?
— Bilmayman… Shunchaki, his qilyapman…
— Tentakkinam…
Yigit qizning sochlarini silab, ayni vaqtda qanchalik baxtli ekanligini his qildi. Uni qanchalik sog'ingan edi-ya. Shu holda juda uzoq vaqt turishdi. ... Читать дальше »
Категория: Romantik | Просмотров: 128 | Добавил: Admin | Дата: 25.01.2018 | Комментарии (0)

Bir kuni Bernard Shou suhbatlardan birida «Barcha ayollar sotiladi» iborasini tilga oladi. Bu haqda eshitib qolgan Angliya qirolichasi uni huzuriga chaqirib, Bernarddan so'radi:
— Ser, nahotki siz barcha ayollar sotiladi, deb o'ylasangiz?
— Ha, hazrati oliyalari.
— Men hammi! — ajablandi qirolicha.
— Hatto siz ham, hazrati oliyalari, — xotirjamlik bilan javob qildi Shou.
— Xo'sh, men qancha turaman?! — qiziqdi qirolicha.
— O'n ming funt sterling, — dedi Shou.
— Nima, shunchalik arzonmi?! — hayratlandi qirolicha.
— Mana ko'rdingizmi, siz o'zingiz savdolashishni boshladingiz, — kulib javob qildi dramaturg.
Qissadan hissa: ayollarning sotilishi, darhaqiqat, bor gap. Faqat ularni qimmatroqqa sotib olishga harakat qiling. Shunda hech bo'lmasa, «Malikaga uylanganman», deb faxrlanib yurasiz.
Категория: Fantastik | Просмотров: 62 | Добавил: Admin | Дата: 25.01.2018 | Комментарии (0)

Yakshanba kuni qaynonamning uyiga mehmonga borishni rejalashtirdim. To'g'ri, agar xotiram pand bermayotgan bo'lsa, uch oydan beri bu mehmondorchilikni deyarli har yakshanba rejaga kirityapman. Ammo goh ishim, goh boshqa yumush sabab orqaga surib kelayotgandim. Bu safar xotinim masalani ko'ndalang qo'ydi:

— To'rt oy bo'ldi onamning uyiga bormaganingizga, dadasi!

O'ttiz kunga adashibman, qarang!

— O'zingdan bir oy qo'shib gapiryapsanmi, xotin?

— Qo'shayotganim yo'q, besh kunni kam qilib aytyapman. To'rt oyu besh kun! Qarindoshlarim «Ering bilan yashayapsanmi yo ajrashib ketdinglarmi?» deb so'rashni boshlashdi. Xullas, gap shu. Ertaga bolalarni olib, onamnikiga borib kelamiz. Eng asosiysi, to uyga qaytgunimizcha qo'l telefoningiz o'chiq turadi!

«Xo'p», deb qo'ya qoldim. Men jinoyat qidiruv bo'limining tezkor xodimi — kapitan Akbarovman, begim kunlari ishdan so'ng va yakshanbadan dushanbagacha unvonimu mansabim inobatga olinmaydi.

Shanba kuni kechki payt xotinimning qat'iy talabidan keyin mashina motorini sinchiklab ko'zdan kechirdim. Chunki mashinamning qaynonamnikiga borishni rejalashtirganimda nuqul o't olmaydigan odati bor edi.

— Atay o't olmayapti! — hukm chiqarardi jig'ibiyron bo'lgan xotinim bunday paytlarda. — Mashinangiz ham o'zingizga o'xshaydi, onamnikiga boraylik desam, oyoq tirab oladi!

— Birinchidan, bunday deyishingning o'zi noo'rin. Chunki mashina temirdan yasal ... Читать дальше »
Категория: Hayotiy | Просмотров: 65 | Добавил: Admin | Дата: 25.01.2018 | Комментарии (0)

Bunday mulozamatni kutmagan Guli biroz o'zini yo'qotib qo'ydi. Domla ko'rsatgan stulga omonatgina o'tirdi. So'ng tayyorlab kelgan vazifalarini va konspektlarini stol ustiga qo'ydi.

— Mana, hamma topshiriqlarni bajardim…

— Yaxshi… Juda yaxshi… Barakalla. O'zi tirishqoq qiz ekanligingizni bilardim. Lekin, bilasizmi, hech bo'lmasa bir marta sessiyadan yiqilgan talaba talaba emas-da… Endi “Samovolkaga chiqmagan soldat general bo'la olmaydi”, deyishadi-ku, shunga o'xshagan gapda buyam.

Jobir aka gapirish asnosida o'rnidan turib, xona bo'ylab yura boshlagandi.

— Xo'sh, — dedi u qizning tepasiga kelib, — qolgan fanlaringizni yopdingiz-a?

Qiz tasdiq ma'nosida bosh irg'adi.

— Yaxshi… Xo'sh, hamma vazifani tayyorlab keldingiz.

Jobir aka qizga juda yaqin keldi. Uning qo'li Gulining yelkasiga tegib turardi. Qiz o'zini tortdi, domlaga qovog'ini uyib, hayron bo'lib qaradi. Harakati qizga yoqmaganligini sezgan domla esa o'zini tortdi.

— Yaxshi… Unda sizni sinab ko'ramiz.

Guli Jobir akaning savollariga birin-ketin javob bera boshladi. Bu safar hayajonini ancha bosib olgan, bu esa unga qo'l kelardi.

— Tuzuk… Haqiqatan ham yaxshi o'qiganga o'xshaysiz…

— Endi bahoyimni qo'yib berasizmi? — deya o'rnidan turib, sumkachasidan reyting daftarchasini olishga chog'landi qiz.

— Yo'q, hali shoshmang. Savollarim tugamadi.

Jobir aka endi G ... Читать дальше »
Категория: Detektiv | Просмотров: 99 | Добавил: Admin | Дата: 14.01.2018 | Комментарии (0)

Zufar ketdi. Shu bilan ularning o'rtasidagi munosabatga nuqta qo'yildi.

Guli yoshligidan o'zining chiroyli, kelishgan qiz ekanligi borasidagi maqtovlarni ko'p eshitar, shu sababli o'ziga keragidan ortiq bino qo'ygandi. U birorta oshig'i bilan tortishib qolsa, sira past ketmas, “Sen menday qiz bilan yurganingga shukr qil, xo'pmi?” degan gapini takrorlardi. Bu gap uning quroliga aylangandi. Bu qurol aksariyat hollarda ish berardi. Xususan, “Jip”li oshig'i ham shu gapidan keyin Guli bilan arazlashishni to'xtatgandi. Biroq u ikki marta pand yedi, ya'ni uning quroli Zufar va Toliblarga nisbatan ish bermadi. Tolib Gulining bu gapiga javoban baqirib berdi va aloqani uzdi. Zufar ham shunday qilgandi…

Osmonning bag'ri so'kildi, shekilli, yomg'ir tomchilari yerga qulay boshladi. Guli esa bunga parvo qilmadi. Uning ko'z o'ngidan shu paytgacha yashagan umri kino tasmasidek o'ta boshlagandi…

… — Qizim, mana, seni institutga ham kiritdik! Endi o'zingni eplab, yaxshi o'qib, yuzimizni yorug' qilasan, deb o'ylagandik! Lekin sen…

Oydin opaning boshi egildi. Biroz sukut saqladi. Aftidan, qizidan javob kutdi. Biroq Guli lom-mim demadi.

— Bu gapni otang eshitsa bormi?! Birorta og'aynisi: “Qizing shaharda don olishib yuribdi”, desa, u qanday bosh ko'tarib yuradi?!

— Bu nima deganingiz, oyi? — nihoyat tilga kirdi Guli. — Men kim bilan don olishibman?! Kim bilan yuribman, gapiring?!

— Ie, hali inkor ham etasan ... Читать дальше »
Категория: Detektiv | Просмотров: 80 | Добавил: Admin | Дата: 14.01.2018 | Комментарии (0)

— Aytmay nima qilarding?! Axir anavi firibgarlarni topish kerak-ku! O'zi gaplashdingmi ular bilan?

— Telefoni o'chirilgan deyapti.

— Bu aniq-ku! Boshqa nimayam derdi? Mana, men seni aldadim, endi meni ushla, deb o'tirmaydi-ku!

Tolibning yuzi jahldan qizarib ketgandi. Chunki o'zi ham yaqinda Gulining firibi qurboniga aylanishiga bir bahya qolgandi. Javlonning ahvoli esa uning yodiga o'sha o'tmishni solib yuborgandi.

— Gap bundoq, Javlon, bu — jiddiy masala. Dadangga aytmasang bo'lmaydi. Lekin o'zimiz ham harakat qilamiz. O'qishingni tiklashga umid qilmay qo'ya qol. Pulni qaytarib olish kerak. Olti ming ko'ki senga chakana summa emas.

— Qanday qilib qaytarib olamiz, amaki? U odamlarning na turar joyi ma'lum, na boshqa ma'lumotni bilaman. Bilganim, u universitetda domlaman degandi.

— Qaysi universitetda? O'zing o'qiydigan universitetdami?

— Ha…

— Unda topish muammo emas ekan-ku! Shuni bilar ekansan, o'zing uchrashib qo'ya qolmadingmi?

— Qidirib bordim. Lekin… — Javlon boshini yanayam quyiroq egdi.

— Nima lekin?! Og'zingga talqon solib olganmisan?!

— Universitetimizda unaqa domla yo'q ekan!

— Nima?!

Tolib boshini mahkam changalladi.

— Eh ahmoqlar-a, ahmoqlar-a, uni kim topgandi o'zi?

— Tog'am.

— Anavi Narimonmi? Bozorda ishlaydigan…

Javlon tasdiq ma'nosida bosh i ... Читать дальше »
Категория: Detektiv | Просмотров: 88 | Добавил: Admin | Дата: 14.01.2018 | Комментарии (0)

— Agar Salima…

— Salimaniyam ayblama. Uyam seni majburlagani yo'q.

— Menga kir, a'zo bo'l demagani-da…

— Menga qara, sen birov buni qil, desa, o'sha ish to'g'ri yoki noto'g'riligi bilan qiziqmaydigan yoki bunga fahmi yetmaydigan darajada yosh bolamiding? Yo'q! Kim nima desa, qilib ketaverasanmi?! Salima kir degan bo'lsa, bu uning aytganini qilish kerak, degani emas-ku! O'zingning ko'zing qayoqda edi? Men bilan yozishayotganingda oilali ayol ekanliging, boshingda ering borligi yodingga tushmadimi?! Bilmasang, bilib qo'y! Erli ayol uchun hatto boshqa bir erkak bilan gaplashish ham xiyonat! Hatto boshqacha qarash ham xiyonat! Boshqa erkaklarning qo'yniga kirish ham xiyonat!

— Men qo'yningga kirganim yo'q! Bu sening…

— To'g'ri, bu mening ayyorliging. Lekin men rasmingni qaerdan oldim? O'zing berding!

— Men senga berganim yo'q…

— Buning nima farqi bor. Rasming internetda turishini, eng chiroyli ayol bo'ldishni xohlading. To'g'rimi? Nega o'shanda odamlar rasmimga suq bilan qaramaydimi, har xil gap gapirmaydimi, erim bu haqda eshitib qolsa, qanday xayolga borarkin, deb o'ylamading? Men ham shundan keyin bu ham ba'zilarga o'xshab yengiltak bo'lsa kerak, deb o'yladim! Xo'sh, yana nima deb o'ylay?! Shuning uchun menga jahl qilma, xo'pmi?!

— Hammasiga meni aybdor qilib, suvdan quruq chiqmoqchimisan?! Hali mening hayotimni buzmoqchi bo'lganing, singlimning hayotini barbod qilganing uch ... Читать дальше »
Категория: Detektiv | Просмотров: 90 | Добавил: Admin | Дата: 14.01.2018 | Комментарии (0)

Salima javob beravermagach, Nazokat savolini takrorlashga majbur bo'ldi. Salima esa Rustamning “Hamma gapni aytaver”, deganini esladi.

— Bozorda ishlaydi, kiyim-kechak sotadi — deya javob berdi so'ng.

— Kiyim-kechak sotadi?! Qaysi bozorda?

Nazokat Salimaning javobini eshitdi-yu, tili aylanmay qoldi. Ustidan birov muzdek suv quyib yuborgandek edi.

— Aniqmi?! — deya so'radi jahlini zo'rg'a bosib.

— O'zi shunday dedi.

— Demak, yaqin orada gaplashgansan, shunday a?

— Bugun uyimga mehmonga kelishi kerak edi. Shunga…

— Menga telefon raqamini ber…

— Nima qilasan?

— Nima ishing bor? Gaplashaman. Ber degandan keyin ber…

Odamning tili qisiq bo'lsa, undan yomoni yo'q ekan. Hozir Nazokat Salimani istagancha jerkib tashlar, baqirardi. Salima esa hech narsa deya olmasdi. Chunki u aybdor.

Nazokat Rustamning raqamini oldi-da, dugonasi bilan xayrlashdi. Keyin esa ichidagi hadikni, qandaydir qo'rquv tuyg'usini yo'qotish uchun oshxonaga kirdi-da, muzdek suv ichdi.

* * *

— Xo'sh, ishlar yaxshi ketyaptimi? Hammasi rejadagidekmi?

— Xavotir olmang, opajon. Hamma narsa tayyor.

— Magazin-chi? Unda ishlar qanday ketyapti?

— Bo'ladi. Magazin uzog'i bilan bir oyda tayyor bo'ladi. Sizga shu muddat yetadimi?

— Ko'plik qiladi. Mayli, ko'ramiz, agar bu yoqdagi ishlarim tezroq t ... Читать дальше »
Категория: Detektiv | Просмотров: 74 | Добавил: Admin | Дата: 14.01.2018 | Комментарии (0)

Mariya Rustamdan avvalroq uyg'ondi. Yuz-qo'lini chala yuvdi-da, narigi xonaga kirdi. Rustamni uyg'otib yubormaslik uchun imkon qadar sekin harakat qilardi. U shkafga ilingan kostyum-shimlarning cho'ntagini titkiladi, topa olmadi. Shu payt tasodifan shkafning tepadagi qavatida turgan qutini tushirib yubordi. Uy ichi tinch bo'lgani uchun ovoz yaqqol eshitildi. Mariya bir muddat jim turdi, Rustam yotgan xonaga quloq tutdi.

— Eshitmabdi, — dedi ayol o'ziga o'zi pichirlab. — Yo'qsa, yugurib chiqardi bu qurumsoq.

Mariya hech narsa topolmadi. So'ng boshqa qidirgisi kelmadi-da, xonadan chiqib ketdi.

* * *

— Nazokat, biror nima olib kel yeyishga. Qornim rosa ochdi.

Davronning kayfiyati ancha yaxshi edi. Chunki u kecha kechqurun tush ko'rdi, yaxshilikka yo'ydi. Tushida osmonda uchib yurganmish. Shu payt oldidan bir bulut chiqibdi, boshqacha bulut. Davron darhol to'xtabdi. “Endi qanday o'taman?” deb o'ylabdi. Ammo qo'rqmabdi. Bir harakat bilan bulutning bag'rini yorib, uni har tomonga sochib tashlabdi.

Davron bu bulutning kimligini ham topdi.

— Rustam, bu o'sha nusxa bo'lishi kerak, — dedi u yuzini sochiqqa artayotib. — U bilan orani ochiq qilib olishimga ham oz qoldi. Ayol kishidan foydalanish qanaqa bo'lishini ko'rsatib qo'yaman unga.

— Nimalar deyapsiz dadasi? Kim bilan gaplashyapsiz?!

Davron dasturxonga yeguliklar olib kelib qo'ygan ayoliga qarab jilmaydi.

... Читать дальше »
Категория: Detektiv | Просмотров: 71 | Добавил: Admin | Дата: 14.01.2018 | Комментарии (0)

— Tolib aka, men sizga oldin “O'sha Gulidan voz kechib, oilangizni saqlab qolsangiz, ishga olaman” degandim. Yodingizdami?

Tolib tasdiq ma'nosida bosh irg'adi.

— Mana, — gapini davom ettirdi Davron. — Siz shartni bajaribsiz, to'g'ri yo'lga kiribsiz. Men ham va'damda turaman. Faqat oldingi lavozimda emas, sal bundayroq ishda ishlaysiz.

Tolibning yuzi yorishib ketdi. O'rnidan turib, Davronning qo'lini minnatdorona qisdi.

— Rahmat, rahmat sizga, bu yaxshiligingizni hech qachon unutmayman. To'g'risini aytsam, ishga olmaysiz deb qo'rqqandim.

— Siz men uchun nafaqat hamkasb, balki do'st ham edingiz. Birgina xatoni deb do'stdan voz kechish insoniylikka to'g'ri kelmasdi. Bemalol ishga kelaverishingiz mumkin. Aslida, o'rningiz ancha bilinayotgandi. Chunki ishimizni o'zingiz bilasiz, qiyin, sizdek xodimlarning o'rni darrov seziladi.

Davron oxirgi gapini Tolibning ruhiyatini ko'tarish, ko'nglidagi g'ashlikni tarqatish uchun aytdi. Tolib ham buni sezdi, biroq hozir ana shunday bir daldaga, maqtovga muhtoj bo'lgani uchun bu gapni samimiy deb qabul qildi.

— Ishonchingizni oqlashga harakat qilaman. Endi oldingidan ham yaxshiroq ishlashga, faolroq bo'lishga so'z beraman.

* * *

Nazokat avval telefonni ko'tarishni istamadi, lekin Salima qayta-qayta qo'ng'iroq qilavergach, javob berishga majbur bo'ldi.

— Ha, namuncha javob berging kelmaydi, — dedi Salima noligudek bo ... Читать дальше »
Категория: Detektiv | Просмотров: 59 | Добавил: Admin | Дата: 14.01.2018 | Комментарии (0)

« 1 2 3 4 5 ... 9 10 »
Шаблоны для uCoz

Ресурс U-TORRENTINO.RU © 2013-2014 не содержит никакой нелегальной информации. На сервере хранятся только торрент-файлы содержащие в себе хеш-суммы файлов.

Любой торрент файл будет удален по требованию правообладателя. uCoz