Логин:
Пароль:
Bir kishi donishmanddan insonlar tomonidan o'ylab topilgan eng dahshatli qurol qaysi ekanini so'rabdi. U darhol javob beribdi:

— Insoniyat tomonidan yaratilgan eng dahshatli qurol bu — so'z. Sovuq qurollar o'zidan qonli dog'lar qoldiradi va shunga qarab jarohat joyini davolash mumkin. Agar odamni zaharlashsa ham, uni qutqarishning imkoni bor. So'z esa hech kimga bilintirmasdan, o'zidan hech qanday iz qoldirmasdan o'ldirishi mumkin. Ba'zi onalar farzandini yillar davomida muntazam tanqid bilan tarbiyalashadi, ruhini so'ndirishadi. Ba'zi erkaklar esa ayollarini umr bo'yi so'zlar bilan xo'rlab o'tishadi. Siz u quroldan foydalanmaysizmi? Yoki sizga nisbatan bu qurolni ishlatishmaydimi? Unga ham, bunga ham yo'l qo'ymang.
Категория: Fantastik | Просмотров: 80 | Добавил: Admin | Дата: 26.01.2018 | Комментарии (0)

— Men bu ayol bilan ishxona hovlisida tasodifan tanishib qoldim. Doimo ko'zoynakda yuradigan qirq besh yoshlardagi baland bo'yli, oq-sariqdan kelgan bu ayolning g'alati kiyinishi, o'ta mulozamatliligi, doimo jilmayib turishi har qanday odamda unga nisbatan qiziqish uyg'otar edi. Mening u bilan do'stlashib ketishimga ham ayolning g'ayritabiiy fe'li yoki o'ta mulozamatliligi sabab bo'lgandir, ehtimol…

Dugonamning ismi jismiga monand — Mubhama (nomi o'zgartirildi) edi. Mubhama bilan ancha vaqtdan buyon muloqotda bo'lsam-da, dugonamning menga na ichki dunyosi va na maqsadi yashirin edi.

Dugonam takabbur, gapdon, san'at shaydosi bo'lib, uch-to'rtta tilda so'zlasha olardi. Aktyorlik mahoratini-ku maqtamasam bo'lmaydi. Xonalarimiz yonma-yonligi uchun ishxonada tez-tez birga tushlik qilib, dardlashib ham turardik. Mubhama o'zi, oilasi haqida gapirsa-da, sir bermas, mening «men»im haqida bilib olayotganini sezmasdim ham. Chunki men bir qop yong'oq edim. Axiyri Mubhama mening sodda tomonlarimni bilib, vujudimga kirib olganini sezmay qoldim. Unga shunday o'rganib, ishonib qolgandimki, endi uning maslahatisiz qaror chiqarmasdim.

Hatto men ahmoq yillar mobaynida mashaqqat bilan uy sotib olish uchun yiqqan pullarimni ham beixtiyor dugonamga topshirganimni bilmay qoldim.

Uning «Dugonajon, shu paytgacha dilimga yaqin insonni topa olmagandim. Endi sendek sirlashib, dardlashadigan do'stim bor. Seni bir kun ko'rmasam, sog'inib qolaman», deya q ... Читать дальше »
Категория: Fantastik | Просмотров: 59 | Добавил: Admin | Дата: 26.01.2018 | Комментарии (0)

Sherali qizchasini ayvonda erkalab o'tirgan Buvsaraga yer ostidan boqarkan, yuragi hapriqib-hapriqib ketar, shayton uni kennoyisi tomon chorlab, quchishga, erkalashga undardi.

— Nimalar bo'lyapti o'zi? — o'z uyi, ichkarida supur-sidir qilish bilan band xotini Madinaga o'g'rincha ko'z tashlab o'ylardi u. — Akamning xotinini yaxshi ko'rsam, o'z jufti halolim bilan ovungim kelmasa, unga e'tiborsizlik qilayotgan bo'lsam!.. Axir, akam yaqinda mardikordan keladi! Yana uning ko'zlariga qaray olmay azob chekaman! Yana qizchamni suyib-erkalayotganini ko'rib ko'nglim eziladi!.. Yo'q, nega endi? Axir, men akamning bir umr tirnoqsiz o'tib ketishini istamadim! Vijdonimni sotib bo'lsa-da, unga qizcha hadya etdim. Buning nimasi yomon. Faqat… Xotinining bag'riga kirganimda, Buvsaraning lablaridan bo'salar olganimda… Eh, dunyo ham shunchalar tor bo'ladimi?.. Odam shu qadar ojiz bo'ladimi?..

— Voy, amakisi, qarang, biz nimalar oldik do'kondan?!. — Buvsara miyig'ida sirli kulish qilib endi-endi tetapoya bo'la boshlagan qizchasi Dilnozani qo'lidan yetaklab Sheralining qarshisida to'xtadi. — Qani, amakimizga nima deymiz?..

Sherali battar ezilib qizchani qo'liga oldi va yuzlaridan o'pib mahkam bag'riga bosdi.

— Oh, qizalog'im, — birov eshitib qolmasligi uchun ohista shivirlardi u. — Seni har kuni, har soniyada sog'inaveraman. Ana, hademay, dadang keladi. Undan keyin seni bunchalar bag'rimga bosish qayoqda deysan?!.

— Bugun kechqurun ... Читать дальше »
Категория: Hayotiy | Просмотров: 74 | Добавил: Admin | Дата: 26.01.2018 | Комментарии (0)

Erkak oltmishni yoqalab qolsa-yu, hamon baxtini topa olmasa, xuddi yosh go'dak kabi xayolan o'ksiydigan, kimlargadir dod solib yig'lab, alamlarini to'kib solishga orzumanda bo'lib qolarkan.

Ikki marta oila qurdim, bola-chaqa orttirdim. Mehr, e'tibor, muhabbat, hurmat orttira olmadim. Ayniqsa, so'nggi yillardagi umrim xazon kabi sarg'ayib, mung'ayib o'tdi.

Men shu ayolimning ham orzusi ushalsin degan maqsadda uyni xatlab bergandim. Mana, endi haydalgan it kabi ikkinchi bor tag'in yelkamga to'nimni tashladim-u, uydan chiqib ketdim. Essiz-a!.. Qancha yillar qora terga botib, yemay-ichmay qurgandim-a shu hovlini!.. Nasib etmadi…

Yo'q, bolalarimga qolsayam sira achinmasdim. Afsuski, birinchi ro'zg'orimdan tug'ilgan birgina o'g'lim shaharda yashaydi. U mag'rur yigit. Bolam bo'lsayam uyimga ko'z tikishga or qiladi. Mayli, agar shu uyni sobiq xotinimga topshirib, shu sabab tinch, xotirjam bo'lsam, roziman…

Qariganimda azobda qoldim. Issiq-sovug'imdan xabar oladiganim ko'chadan, sayru-sayohatdan bo'shamasa, bir og'iz shirin so'zga, bir chimdim e'tiborga muhtoj bo'lib yashasam… Yaxshisi, men shaharga boraman. O'g'limning — o'zimning otasiz o'sgan, o'ziga o'zi suyanib o'sgan o'sha yolg'izimning huzuriga bosh egib boraman. Balki, quchoq ochib kutib olar? Ha, albatta kutib oladi. Ko'ksimdan itarib ko'chaga haydamaydi…

Choponning yenglarini belga o'rab olgancha darvishlar kabi avtobusga o'tirdim va shaharga jo'nadim…
... Читать дальше »
Категория: Fantastik | Просмотров: 61 | Добавил: Admin | Дата: 26.01.2018 | Комментарии (0)

Ajrashishganlaridan so'ng er sobiq turmush o'rtog'iga narsalarini yig'ib, chiqib ketishi uchun bir kun muhlat berdi. Kiyim-kechaklarini joylab bo'lgan ayol o'zi uchun xayrlashuv tushligini tayyorladi. Qora ikrali qisqichbaqa va bir shisha shampan vinosi.

Tushlik qilib bo'lgan ayol qisqichbaqaning bir nechta dumini oldi-yu, ularni ikraga bulg'ab, parda osilib turgan karnizning ichiga tiqib qo'ydi. Erkak o'zining yangi ma'shuqasi bilan shu uyda bir necha kun shodu xandon yashadi. Biroq bir necha kundan so'ng uyda noxush hid paydo bo'ldi. Ular bu hiddan qutulish uchun barcha choralarni qo'llab ko'rishdi. Qanchadan-qancha pullari ketdi. Biroq hech bir usul yordam bermadi…

Noxush hid bilan kurashaverib, holdan toygan erkak uyni sotish harakatiga tushdi. Oradan bir oy o'tdi, uyga xaridor chiqmadi. Shundan so'ng ular bankdan yangi uy sotib olish uchun pul olishdi. Bir necha kundan so'ng erkakka sobiq rafiqasi qo'ng'iroq qildi va sobiq uyini juda sog'inayotganini, agar iloji bo'lsa, uyni sotib olishni xohlayotganini aytdi. Er bu taklifdan juda xursand bo'ldi va uyni yarim puliga sotishini aytdi.

Bir haftadan so'ng o'z uddaburonligidan mamnun er yuk mashinaga eski uyidagi barcha ashqol-dashqollarni joylab, yangi uyiga jo'natib yubordi. Hamma narsani, o'sha qisqichbaqali karnizlarni ham…
Категория: Detektiv | Просмотров: 73 | Добавил: Admin | Дата: 26.01.2018 | Комментарии (0)

— Men bu ayol bilan ishxona hovlisida tasodifan tanishib qoldim. Doimo ko'zoynakda yuradigan qirq besh yoshlardagi baland bo'yli, oq-sariqdan kelgan bu ayolning g'alati kiyinishi, o'ta mulozamatliligi, doimo jilmayib turishi har qanday odamda unga nisbatan qiziqish uyg'otar edi. Mening u bilan do'stlashib ketishimga ham ayolning g'ayritabiiy fe'li yoki o'ta mulozamatliligi sabab bo'lgandir, ehtimol…

Dugonamning ismi jismiga monand — Mubhama (nomi o'zgartirildi) edi. Mubhama bilan ancha vaqtdan buyon muloqotda bo'lsam-da, dugonamning menga na ichki dunyosi va na maqsadi yashirin edi.

Dugonam takabbur, gapdon, san'at shaydosi bo'lib, uch-to'rtta tilda so'zlasha olardi. Aktyorlik mahoratini-ku maqtamasam bo'lmaydi. Xonalarimiz yonma-yonligi uchun ishxonada tez-tez birga tushlik qilib, dardlashib ham turardik. Mubhama o'zi, oilasi haqida gapirsa-da, sir bermas, mening «men»im haqida bilib olayotganini sezmasdim ham. Chunki men bir qop yong'oq edim. Axiyri Mubhama mening sodda tomonlarimni bilib, vujudimga kirib olganini sezmay qoldim. Unga shunday o'rganib, ishonib qolgandimki, endi uning maslahatisiz qaror chiqarmasdim.

Hatto men ahmoq yillar mobaynida mashaqqat bilan uy sotib olish uchun yiqqan pullarimni ham beixtiyor dugonamga topshirganimni bilmay qoldim.

Uning «Dugonajon, shu paytgacha dilimga yaqin insonni topa olmagandim. Endi sendek sirlashib, dardlashadigan do'stim bor. Seni bir kun ko'rmasam, sog'inib qolaman», deya q ... Читать дальше »
Категория: Fantastik | Просмотров: 55 | Добавил: Admin | Дата: 25.01.2018 | Комментарии (0)

Samar sudning qora kursisiga o'tiraman, deb sira o'ylamagandi. Mana el-yurt oldida boshini egib, yuzi qora bo'lib o'tiribdi. Samar o'zini oqlashga qancha urinmasin, baribir, ish uning ziyoniga qarab ketyapti. Zalda o'tirgan onasi esa yurak hovuchlab, o'g'lidan ko'z uzmay o'tiribdi. Samar doim onasiga ko'zi tushganida dunyo ko'ziga qorong'u bo'lib ketyapti. Qancha azob-uqubat, mashaqqat bilan yolg'iz o'zi o'g'lini ulg'aytirdi. Halol yedirib-ichirdi. Shodiya opa peshona teri bilan topgan pullar evaziga o'g'li Samarni boshqalardan kam qilmadi. Mana, oxir-oqibat, ona farzandidan ro'shnolik ko'raman deganida boshiga bunday kunlar tushib turibdi. Shodiya opa sud raisining gapini bo'lib, so'z olmoqchi ham bo'ldi. Ammo nima deyishni bilmadi. Bir tomondan o'tirganlar «Bu nobakor bolaning onasi mana shu ekan-da», deb qo'llarini bigiz qilishidan cho'chidi. U jimgina boshini eggan ko'yi sudning hukmini kutib turar va ayni chog'da Yaratganga yolvorib, sudning adolatli hukm qilishini so'rardi.

* * *

Samar yolg'iz farzand. Otasi ko'p yillar avval olamdan o'tgan. U onasi bilan ixchamgina hovlida yashaydi. Yoshi o'ttizga qarab ketibdiki, hali oila qilmadi. Shodiya opa shuncha yillar davomida topgan-tutganini o'g'liga sarflab, tuzukroq mol-dunyo jamlay olgani ham yo'q. Shu sababdan o'g'lini uylanishga qistamaydi. «Samar qaddini tiklab, yetarlicha mablag' topsa uylanadi», deb uy yumushlarini hamon o'zi bajaradi. Samar ham, aslida, unchalik yomon bola emas. Avvaliga o'q ... Читать дальше »
Категория: Fantastik | Просмотров: 67 | Добавил: Admin | Дата: 25.01.2018 | Комментарии (0)

Bir savdogar baxt nimaligini bilish uchun o'g'lini eng mashhur donishmand huzuriga yuboribdi. O'g'il qirq kecha-kunduz sahro kezib, nihoyat, tog' tepasidagi ajoyib bir qal'ani ko'ribdi. Bu qal'ada yigit izlab yurgan donishmand yasharkan.

Donishmand uning tashrifidan ko'zlagan maqsadini bilib, baxt nimaligiyu, uning qanday sir-asrori borligini hozir tushuntirib o'tirishga vaqti yo'qligini aytdi va yigitchaga qal'ani tomosha qilib, aylanib, ikki soatdan keyin shu joyga kelishni tayinladi.

— Darvoqe, senga yana topshirig'im bor, — dedi u yigitchaga ikki tomchi moy solingan qoshiqni uzatib, — bu qoshiqchani olgin, qara, tag'in moy to'kilmasin.

Yigitcha ko'zini qoshiqchadan uzmay, zinalardan chiqib-tushib saroyni aylanadi, ikki soatdan so'ng yana donishmand qoshida hozir bo'ladi.

— Xo'sh, — dedi donishmand, — oshxona zalidagi forsiy gilamlar senga yoqdimi? Bog'dagi dov-daraxtlar, gulzorlar-chi? Ularni qo'li gul bog'bonlar o'n yil deganda barpo etishgan. Mening kutubxonamdagi eski qalin kitoblar, teriga bitilgan qo'lyozmalar-chi?

O'sal bo'lgan yigitcha bularni ko'rmaganini tan oladi. Chunki u qal'ani aylanganda, butun diqqatini qoshiqdagi moydan uzmagan edi.

— Izingga qayt va uyimdagi mo''jizalarni tomosha qil, — dedi shunda donishmand. — Turish-turmushini ko'rib, bilmagan odamingga qanday ishonasan.

Yigitcha qo'lida qoshiq bilan yana saroyni aylangani ketadi. Bu safar u oldingiday diqqat bo' ... Читать дальше »
Категория: Fantastik | Просмотров: 45 | Добавил: Admin | Дата: 25.01.2018 | Комментарии (0)

Kuzakning so'nggi kunlari edi. Mashinamda tog'am bilan qishloqdan qaytayotgandik. Kechga yaqin havo sovib ketdi.

— Jiyan, toychog'ingga ozroq ko'mir qala-chi! — dedi tog'am doimgiday hazillashib. — Oyoqdan sovuq o'tyapti-ku!

Mashinaning isitgichini yoqdim. Birpasdan so'ng tog'am kurtkasini yechib, uzoq homuza tortdi.

— Ozroq mizg'ib olay esa, — dedi so'ng. — Sen chalg'imay, ehtiyot bo'lib hayda.

Tog'am dam o'tmay, xurrak ota boshladi. Men esa, musiqa tinglab kelyapman. Bu paytda shom cho'ka boshlagan, yo'l ola-quruq ko'rinadi. Old tarafdan g'ira-shirada chirog'ini o'ynatib kelayotgan mashinalar yorug'i ko'zni qamashtiradi.

Shu ko'yi poytaxtga yarim tundan o'tganda kirib keldik. Avval tog'amni uyiga qoldirishim kerak edi. Eshigi oldiga kelib to'xtadim. Tog'am tushib, uyushib qolgan oyog'ining chigilini yozdi. Yukxonadan yo'l sumkasini oldi, kurtkasini yelkasiga ildi. Uyqusi chala qolgan, horg'in qiyofada xayrlashdi.

…Ertalab zo'rg'a uyg'ondim. Soat millari ishga kechikayotganimni ko'rsatib turardi. Yo'l azobi yomon, odamni charchatadi. Ayniqsa, ruldagi kishiga qiyin: yo'ldan ko'zini uzmay tikiladi, ko'z qotib qoladi.

Apil-tapil nonushta qilib, hali motori sovib ulgurmagan mashinani o't oldirdimu g'izillab ishga jo'nadim. Kuni bilan uyqusirab yurdim. Kompyuterga tikilib turgan ko'zim ilinay-ilinay deydi.

Ishxonaga kech kelgan erta ketolmaydi. Hammadan keyinga qolib, ishlab o' ... Читать дальше »
Категория: Fantastik | Просмотров: 49 | Добавил: Admin | Дата: 25.01.2018 | Комментарии (0)

Bundan buyon aktyorlik to'garagiga bormaydigan bo'ldim. Bu shunchaki ermak emas, san'at ekanligini onamga hech ham tushuntira olmadim. Boshida rozi bo'lgandi. Keyin birdan aynib qoldi. Aktyorlik kasbini bema'ni mashg'ulot deb, meni ona tili to'garagiga yozdirib qo'ydi. «G'ing» deya olmadim. Chunki onamdan juda qo'rqaman. Ukam ham qo'rqadi.

Biz oilada to'rt kishimiz. Otam, onam, ukam va men. Men dadamga, ukam esa onamga o'xshaydi. Hamma shunday deydi. Bizning uyda qonun-qoidalar bisyor. Hammasi faqat biz — farzandlar uchun ishlab chiqilgan. Qonun chiqaruvchi onam. Chunki dadam kun bo'yi ishda bo'ladi. Dam olish kunlari biz uchun bayram. Barcha qonunlar unutiladi. Onamning qovog'idan qor yog'adi. Biz esa yayraymiz.

Biz barvaqt, hech kim uyg'otmasidan turishimiz shart. Uyimiz atrofini aylanib turli yumushlarni bajarishimiz, onamga salom berib kirishimiz, televizorga qarab vaqt o'tkazmay, tezda ovqatlanishimiz, xullas, ko'p vazifalarni bajarishimiz zarur. Shulardan biriga ko'p gapirmaslik, aksincha, ko'p o'qish kiradi. Onam o'zi kamgap, uyda ukamning biroz onamga erkalanib qolishini aytmasa, hech qanaqa shovqin yo'q. Mehmonlar kelsa, mehmonga borsak, chet elga chiqsak — hamma narsa uchun qonunlar bor edi. Biz bunday chegaralardan chiqib ketishni xayolimizga ham keltirmasdik. Lekin bir kuni…

Sap-sariq, yuzida onamnikiga o'xshagan sepkili bor ukam maktabdan bir gap topib keldi. Sotuvchi Alimardon unga qiziq gap aytibdi. Ukamning og'zi ko'pirib ... Читать дальше »
Категория: Romantik | Просмотров: 133 | Добавил: Admin | Дата: 25.01.2018 | Комментарии (0)

« 1 2 3 4 ... 9 10 »
Шаблоны для uCoz

Ресурс U-TORRENTINO.RU © 2013-2014 не содержит никакой нелегальной информации. На сервере хранятся только торрент-файлы содержащие в себе хеш-суммы файлов.

Любой торрент файл будет удален по требованию правообладателя. uCoz