Логин:
Пароль:
Mubina, 8 yoshda:

-Dadam nega unaqa bo'lib qoldi-a? Sizlar bilmaysizmi farishtalar? Oldinlari boshqacha edi. Hech ham urmasdi, so'kmasdi. Har kuni ishdan qaytganida shirinlik olib kelardi. Uxlab qolgunimcha ertak aytib berib, boshimni silab, peshonamdan o'pib qo'yardi. Endichi?.. Oxirgi marta xonamga kirganiga yaqinda bir yil bo'ladi. Hammasiga o'sha shishadagi oq ichimlik aybdor. Bunchayam sassiq bo'lmasa-ya. Uyda hech kim yo'qligida shishasini xidlab ko'rgandim, judayam badbo'y… Dadam qanday qilib har kuni shuni ichar ekan-a? Bechora dadam. Shunaqa zaxarsifat narsani ichib o'zini qiynaydi. Mastura xolani qo'shnimiz Gulmira opaga aytayotganini eshitib qoldim “Abdujalil alkash bo'lib qolgan” dedi. Mening dadam alkash emas! Nega unaqa deyishadi. Yomon ko'raman ikkalasini ham. Hammasiga o'sha ichimlik aybdor, hoy ichimlik dadamni qaytar tez! Qachongacha qiynaysan bizni!.. Oyim bo'lganlarida bunaqa bo'lmasdi. Siz farishtalar oyimni har kuni ko'rasizlarku-a? Ko'rganingizda aytib qo'ying tezroq qaytsinlar. Bu yoqda dadam qiynalib ketdi. Indinga Hayit. Balki bayramga oyim kelib qolar… Bu eng yaxshi sovg'a bo'lardi! Mayli, endi yotib uxlayman. Ertaga maktabga borishim kerak. Voy ko'kargan ko'zim bilan qanday boraman. O'qituvchim “Nima qildi?” deb so'rasachi… Krovatimga urvoldim deyman. Dadam urdi desam, o'tgan safargidek direktor dadamni chaqirib rosa urishadi. Xayrli tun!
Категория: Hayotiy | Просмотров: 54 | Добавил: Admin | Дата: 12.01.2018 | Комментарии (0)

Ulug' yozuvchi Abdulla Qodiriy hayotiga oid bir voqea haqida ko'p yozilgan. Adib odatda, o'z asarlarini qish pallasida yozar ekan. Kunlardan bir kun yozuvchining umr yo'ldoshi uyga kirsa, Qodiriy domla yig'lab o'tirganmish. Ayoli: “Sizga nima bo'ldi?” – desa, Qodiriy: “Kumush o'lib qoldi!” – degan ekan.

Adabiyotdan uzoq odam uchun bu – afsona bo'lib tuyulishi mumkin. Lekin ijod jarayonidan ozmi-ko'pmi xabardor odam bu – ayni haqiqat ekaniga shubha qilmaydi…

O'tkir Hoshimov bilan turmush qurganimizga qirq yil bo'ldi. Xudoga shukur, o'g'il-qizli, qo'sha-qo'sha nabirali ham bo'ldik… Turmushimiz bayramdan iborat bo'ldi, desam, rost gapirgan bo'lmayman. Hayot quvonchlarini ham ko'rdik, tashvishlarini ham… Mana qirq yildirki, ijodiy mehnat naqadar mashaqqatli va mas'uliyatli jarayon ekaniga guvoh bo'lib kelayapman…

Oltmishinchi yillarda adabiyotga kirib kelgan O'lmas Umarbekov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Xudoyberdi To'xtaboyev, Shukur Xolmirzayev, Uchqun Nazarov, Ne'mat Aminov kabi iste'dodli shoir va yozuvchilar ijod olamiga yangi havo olib kirgandek bo'ldilar, nuqul siyosatni emas, Insonni tasvirlaydigan asarlar dunyoga kela boshladi. Endi bilsak, buning sababi, bir tomondan Xrushchyov zamonida paydo bo'lgan xiyla erkin fikrlash bo'lsa, ikkinchi tomondan bu ijodkorlarning ko'pchiligi Toshkent Davlat universitetida tahsil ko'rgan, ular chuqur bilimli, haqgo'y, talabchan ustozlarning sabog'ini olgan ekanlar. Shunday shogirdlar qatorida O't ... Читать дальше »
Категория: Hayotiy | Просмотров: 73 | Добавил: Admin | Дата: 12.01.2018 | Комментарии (0)

U ishdan qaytgan paytda qosh qorayib, ko'cha chetidagi chiroq nuri yanada oydinlashib borayotgandi. Rustam tez-tez odimlar, kimdir quvib kelayoganday ortiga qarab-qarab qo'yardi. Shu bois yo'lini kesib chiqqan cholni sezmay qoldi. Chol uning ro'parasida to'xtab, kemshik tishini ko'rsatib:

— Bolam, — dedi.

Cho'chib tushgan Rustam cholga qaradi-yu, yuragi orqaga tortib ketdi. Cholning yuzi sovuq, nigohi teshib yuborguday edi.

— Nima gapingiz bor? Ayting, uyga kechikyapman, — dedi Rustam.

Chol gunohkor boladay ko'zi bilan yer chizdi. Aftodahol kiyimining changini qoqib:

— Bir kechaga uyingdan joy bersang. Boradigan joyim yo'q, faqat bir kecha, — dedi yalingandek.

Rustam cholga boshdan-oyoq qaradi. Betartib o'sgan soqoli, yirtiq-yamoq ust-boshi va boshqalarga o'xshamasligi Rustamning ko'ngliga hadik soldi. Nima uchundir bu choldan nari yurish kerak, degan o'yga bordi va:

— Uzr, buning iloji yo'q, — dedi.

Chol endi rostakamiga yalinishga o'tdi. Rustam uning gaplariga parvo qilmay, ketmoqchi bo'lganda chol uning yo'lini to'sdi.

— Istasangiz pulini beraman. Mana, cho'ntagimda ozgina pul ham bor. Faqat uyimga sig'may qoldim. O'g'illarim… Ha, mayli, sizga buning qizig'i yo'q. Ammo-lekin menga joy bersangiz, degandim.

Rustam uning qo'lidagi bir dasta pulni ko'rib, shubhasi ortdi, cholni o'g'ri degan xayolga ham bordi va:

— O'zim ham ijarada tura ... Читать дальше »
Категория: Fantastik | Просмотров: 73 | Добавил: Admin | Дата: 12.01.2018 | Комментарии (0)

— Bugun qariyalar uyida bayram. Sattor cholning nobop o'g'li, haytovur, to'g'ri yo'ldan yurib, bir vaqtlar qiyratib tashlab ketgan padari buzrukvorini «Xizmatingizni qilayin, poyingizni o'payin, otajon!» deb olib ketdi. «U dunyoyu bu dunyo o'g'limni kechirmayman!» deydigan qahri qattiq akamizning hali diydasi qotib ulgurmagan ekan. O'g'lining ko'zlaridagi o'kinch yoshlarini ko'rdi-yu, darrov iyib oldiga tushib ketyapti. Nima bo'lgan taqdirda ham, harna ko'nglida Xudo oqibatni uyg'otganiga shukr. Farzandlar ota-onasini qariganida xor qilib qo'ymasin. Farzand shirin, farzand aziz, biroq undan yaqinroq do'st ham, zolimroq dushman ham yo'q. Biz, nihoyat, bir-birini tushungan ota-bolani kuzatib qolarkanmiz, Tangriga yalinib-yolvoramiz: «Do'stga zor, dushmanga xor qilmagin». Nima bo'lganda ham, qariyalar uyida shunga o'xshagan bayramlarning ko'paygani ma'qul, chunki bundan biz keksalarning ko'nglimiz tog'day ko'tariladi. «Hartugul, uyiga qaytdi, — deymiz ko'ngilni xotirjam qilib, — narigi dunyoga emas». Chindan ham, bu yerda har yili qadrdonlardan birini tuproqqa topshiraverib, o'zimizni ancha oldirib qo'ygan edik. Harqalay, hammamiz ham keksamiz, hammamizning borar manzilimiz o'sha. Biroq tobutimizni bolamiz ko'tarsa qaniydi. Men onamning tobutini ko'targanmidimki, bolam menikini ko'tarsa…

Bundan bir necha yil burun katta xatoga qo'l urib qo'yganman. Bu shunday xato ediki, uni eslasam, hozirga qadar yuragim orqaga tortadi. Nahotki o'sha men edim, deyman. Qanchalar so' ... Читать дальше »
Категория: Hayotiy | Просмотров: 86 | Добавил: Admin | Дата: 12.01.2018 | Комментарии (0)

« 1 2 ... 8 9 10
Шаблоны для uCoz

Ресурс U-TORRENTINO.RU © 2013-2014 не содержит никакой нелегальной информации. На сервере хранятся только торрент-файлы содержащие в себе хеш-суммы файлов.

Любой торрент файл будет удален по требованию правообладателя. uCoz