Логин:
Пароль:
Bu voqea mening dugonam bilan 2011 yilda sodir bo'lgan. O'shanda 9 sinfda o'qirdik. Dugonamning otasi farzandlariga kompyuter sovg'a qildi. Internetdan yaxshi narsalar topib o'qish, o'rganish mumkinligini tanish-bilishlaridan eshitib, internet tarmog'iga ham ulatib berdi. Lekin dugonam va uning ukalari (2 ta ukasi bor edi) buning o'rniga ijtimoiy tarmoqlarga berilib ketishdi. Otasi kun bo'yi ishda bo'lgani sabab buni sezmadi. A'lo baholarga o'qiydigan dugonam rosa dangasa qizga aylandi. Dangasa emas, balki, dars tayyorlamaydigan o'quvchiga. Soatlab kompyuterda o'tirgan o'quvchidan nima ham kutish mumkin axir. Qo'shimchasiga qulog'iga naushnik taqib olib, qo'shiq ham eshitardi. Darslar esa oxirgi o'ringa tushib qolgandi.

Bu voqea sodir bo'lgan kuni ham dugonam dars tayyorlamay, tungi soat 02:00 ga qadar «odnoklassniki»da o'tirdi. Ertalab turib esa uy vazifalari qilinmagan holda darsga keldi. O'shanda tarix darsi edi. O'qituvchimiz Lola opa keksa bo'lsa-da, o'ta talabchan va qattiqqo'l ayol edi. U dugonamni o'rnidan turg'izib, o'tgan mavzu bo'yicha savol bera boshladi. Mavzuni aqalli ochib ham qaramagan dugonam bo'lsa indamay turdi. Savollari javobsiz qolgan ustoz ko'zoynagini olib, dugonamga qaradi-da:

— Sen yaxshi o'qir eding-ku, uyingda hammasi tinch­mi? — deya mehribonlarcha so'radi.

Shu payt dugonamning xayolidan «Aldasam-chi, uyim­ga borib so'rarmidi, shunda ikki baho olmayman, ota-onam esa maktabga chaqirilmaydi», degan fikr o'tadi ... Читать дальше »
Категория: Hayotiy | Просмотров: 153 | Добавил: Admin | Дата: 28.01.2018 | Комментарии (0)

Jamilaning ko'z yoshlari yuzini yuva boshladi. Temur o'rnidan turib, qiz tomon ikki qadam qo'ydi-da, yuziga qaray olmay, sovuqqonlik bilan shivirladi:

— Endi men bora qolay!

— Kim u? — hayajon aralash so'radi Jamila.

— Hech kim. Ishon, oramizda hech kim yo'q, men rostini aytdim…

— To'yni to'xtating, Temur aka, to'xtating dedim, yo'qsa, o'zimni nimadir qilaman, ishoning, keyin afsuslanasiz…

Temur qizga javob bermadi. Hatto «O'zimni nimadir qilaman» deganida ham pinak buzmadi. Shunchaki jim ketdi. Ortga qaramaslik, Jamilani shu alfozda tashlab ketish og'ir edi. Biroq qaytsa, qizning ko'zlariga tik qarab, haqiqatni aytish undan-da mushkul edi. Hech narsa demadi. Eng qizig'i esa Anvar bilan Mirjahon ham unga ergashdi. Nuqul Temur bilan Jamila janjallashib qolganda, Temurga jahldorligini aytadigan, xatoni kim qilayotganini tushuntiradigan, hamisha Jamilaning yonini oladigan o'rtoqlari bu gal tomoshatalab kursdoshlarning hammasini hayratga qo'ygancha, Temurning ortidan ergashdi.

— Nomard!!!

Bu so'z sakkiz-o'ntacha talabaning og'zidan bir paytning o'zida yangradi.

* * *

Temur bilan Jamilaning muhabbati kurtak ochganiga ancha bo'lgan, yaqin-yaqingacha gulga aylangandi ham. Chindanam guldek muhabbatlari bor edi. Hamma ularga havas bilan qarar, hatto muhabbatning borligiga doim shubha bilan qaraydiganlar ham asl sevgining kuchiga ishonishgandi. Biroq o'qishni yakunlanish ... Читать дальше »
Категория: Hayotiy | Просмотров: 87 | Добавил: Admin | Дата: 28.01.2018 | Комментарии (0)

Abu Hurayra raziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ibratli bir qissani rivoyat qilgan.
Unda aytilishicha, Alloh taolo Bani Isroildan pes, kal va ko'r kishini sinamoqchi bo'lib, bir farishtani odam suratida yubordi. Farishta pesning oldiga borib:
— Qaysi narsa senga yoqguvchi? — deb so'radi.
Pes:
— Chiroyli rang, chiroyli teri va kishilar jirkanayotgan mana bu narsaning ketishini xohlayman, — dedi.
Farishta unga qo'lini surtdi. Bas, undan jirkanch narsa ketib, chiroyli rang berildi. Farishta:
— Senga qaysi boylik yaxshi? — dedi.
— Tuya.
Unga bo'g'oz tuya berildi. Farishta:
— Senga Alloh bunda baraka bersin, — dedi.
So'ng kalning oldiga kelib so'radi:
— Qaysi narsa senga yoqguvchi?
— Chiroyli soch va mendan mana bu kishilar jirkanayotgan narsaning ketishini xohlayman.
Farishta unga qo'lini surtdi. Bas, undan jirkanch narsa ketib, chiroyli soch berildi. Farishta so'radi:

— Senga qaysi boylik mahbubroq?
— Mol.

Unga bo'g'oz sigir berildi. Farishta:

— Alloh senga bunda baraka bersin, — dedi.

So'ng ko'rning oldiga borib so'radi:
— Senga qaysi narsa yoqguvchi?
— Alloh menga ko'zimni qaytarib bersa va kishilarni ko'rsam.
Farishta unga qo'lini surtdi. Alloh taolo unga ko'zini qaytarib berdi. Farishta so'radi:
— Senga qaysi boylik mahbubroq?
— Sovliq qo'y.
Unga bo'g'oz qo'y beril ... Читать дальше »
Категория: Fantastik | Просмотров: 104 | Добавил: Admin | Дата: 28.01.2018 | Комментарии (0)

Avtobusda ketib borarkanman, yo'l yoqasidagi paxta dalalariga ko'zim tushdi. Paxta terimi boshlanibdi… Mana, bir necha yildirki, kuz kirib, ochilib yotgan paxta dalasini ko'rdim deguncha, ko'z o'ngimda o'sha mash'um voqealar gavdalanaveradi.

Bolaligim chekka bir qishloqda o'tgan. Oilamiz kambag'al oilalardan biri edi. Esimda, dadam oddiy ishchi, oyim esa uyda tikuvchilik bilan shug'ullanardi. Shu bilan kattagina bir oilaning tirikchiligi o'tib turardi. Biz oilada olti farzand edik. Opam va akam maktabda o'qir, men esa endigina olti yoshga to'lgandim. Bundan tashqari, ikki singlim va bitta ukam ham bor edi.

Elas-elas eslayman, oyim har yili paxta yig'im-terimi boshlanishi bilan yosh bolali bo'lishiga qaramasdan, mahallamizning ko'pgina ayollari qatorida terimda qatnashardi. Paxta terimi majburiy emasligiga qaramay, oyimning unda ishtirok etishi biz bolalarni ajablantirardi. Keyinroq bilsam, paxta yig'imida qatnashganlarning mehnatiga yarasha haq to'lanarkan.

Kuzning ilk kunlari. Hamma joyda paxta yig'im-terimi boshlangan. Oyim unda ishtirok etmoqchiligini dadamga aytgan edi, dadam tutaqib ketdi:

— Jinni bo'ldingmi, Zebo? Axir Shamshodbek hali go'dak-ku! Uni qanday yolg'iz qoldirib bo'ladi, axir?!

— Dadasi, yaqinda havo soviy boshlaydi, bolalarga qishki kiyim degandek…

— Yo'q, bo'lmaydi!

Oyim yana allanimalar deb ko'ndirmoqchi bo'ldi. Dadam, baribir, unamadi. Biri unday dedi, biri bunday. ... Читать дальше »
Категория: Fantastik | Просмотров: 72 | Добавил: Admin | Дата: 28.01.2018 | Комментарии (0)

Poytaxti azimda o'qib yurgan kezlarim edi. O'qish bilan bo'lib (har holda o'zimni shunday oqlardim) ayamga qo'ng'iroq qilmaganimga ham bir haftadan oshgandi. «Bugun gaplasharman, erta gaplasharman», degan o'yda yuravergan ekanman. O'sha kunlarning birida pochtachi ijara uyimizga kommunal to'lovlardan qarzdorligimiz haqidagi bir nechta xatni tashlab ketdi. Ikki-uch oydan buyon to'lov qilmaganimiz bois konvertdagi xabarlar har holda xushkayfiyat ulashmasligini bilardik. Shu sabab televizor yonidan joy olgan maktublar ikki kun qarovsiz qoldi. Na o'zim, na ijaradoshlarim «Xo'sh, qani, qancha qarzimiz bor ekan?» deyishga jur'at topolmadik.

Bugun darsimiz rosa cho'zildi. Shundanmi qornim ochgan. Biror yegulik tayyorlashni o'ylab, erinib kiyimlarimni almashtirdim. Shu payt beixtiyor televizor yonida savlat to'kib turgan konvertlarga ko'zim tushdi. Shu safar jur'at topib, konvertlarni qo'limga oldim-da, manzil va tashkilot nomi yozilganlarni o'qiy boshladim. Mana bunisi issiq suvniki, bunisi telefonniki, bu esa elektr energiyasiniki. Ie, bunisi qaerdan bo'ldi? Tanish manzilni ko'rib, ko'zlarim katta-katta ochildi. Axir bu uy manzilimiz-ku! Tezlikda konvertni ochib, ichidagi qozog'ni oldim va xatni kim yozganligini darrov angladim: ayam! Ayam bechora konvert ichidagi xatga qo'shib yuraklarini ham berib yuborgan ekan. Xat shunday edi:

«Salom, aziz farzandim.

Sog'liging, o'qishlaring yaxshimi? Qorning to'qmi ishqilib? Kunlar ham sovib qoldi. Issiq ... Читать дальше »
Категория: Fantastik | Просмотров: 71 | Добавил: Admin | Дата: 28.01.2018 | Комментарии (0)

Shuhrat aka mashina eshigini ochgan uy xizmatchisini bir turtib yubordi-da, uyiga qarab otildi. O'zini qo'yarga joy topa olmayotgan erkak hadeb hansirar, ko'zlari ola-kula bo'lgan ko'yi baqirardi.

— Salima! Salima, dedim!

— Hay-hay, sekin! — deya ichkari uydan yugurib chiqqan ayol uxlar chog'da ham yaltir-yultir kiyinib olgancha eriga yaqinlashdi.

— Nega bir chaqirganda chiqmaysan, a?! — dedi Shuhrat aka bo'yinbog'ini bo'shatarkan. — Qani, o'g'il-qizing?

— Voy, buncha baqirasiz? — dedi ko'rsatkich barmog'ini labiga bosib «jim» ishorasini qilgan ayol.

— Senga bolalar qaerda deb savol berdim?! — dedi jazavaga tushishni boshlagan erkak. — Gapir, haliyam ko'chada tentirab yurishibdimi?!

Shuhrat akaning xunobi oshishi bejiz emas edi. Kunora o'g'li tufayli bo'lib turadigan janjallar, ona suti og'zidan ketmagan yoshgina qizining xurmacha qiliqlari erkak yuragiga ancha-muncha tosh cho'ktirib ulgurgan. Igna bilan quduq qaziganday yillar davomida to'plagan obro'-e'tiborini yer bilan yakson qilayotgan farzandlari noboproq chiqqan edi.

Mana, bugun ham erkak tanishlaridan o'g'lining bir restoranda ko'rsatgan tomoshasi haqida eshitgan va shu sabab uyi tomon yelday uchib keldi. Shuhrat aka o'zini bosolmas, xotinining avrashlariga qaramay, goh qizining, goh o'g'lining telefon raqamini terardi.

— Yo'q, bular meni jinni qilmoqchi! — deb erkak qo'l telefonini zarb bilan yaqindagina ta'mirdan ... Читать дальше »
Категория: Detektiv | Просмотров: 152 | Добавил: Admin | Дата: 28.01.2018 | Комментарии (0)

… Dunyoni qizg'onma mendan, azizim,

Bu dunyoda mening ham o'z aytar so'zim va o'zim sig'inar azizlarim bor.

Qalbingni bosmasin shubha va so'roq, men boshqa manzilga tikkanman ko'zim,

U sening kulbangdan juda ham yiroq…

(qo'shiqdan)

* * *

Bu kecha Malika yomon tush ko'ribdi. Tushida qora mushuk unga tashlanib, hammayog'ini tirmalab tashlaganmish. Ammo hech qaeridan qon chiqmabdi. U bilagida kuchli og'riq tuyib ko'zlarini ochdi. Xayriyat, tush ekan. Uyqu orasida bilmay bir qo'lini boshi ostiga qo'yib olibdi. Shu qo'li uvishib, keyin igna sanchgan kabi jimirlab og'ribdi.

— Mushuk bo'lmay o'l, — deya yostiqdan boshini ko'tardi endigina o'n oltiga to'lgan Malika qayrilma qoshlarini chimirib. — Yuragimni yoray dedi-ya! Meni yig'latdi-ya tushimda! Qorang o'chsin!..

So'ngra u dast o'rnidan turdi-da, ko'zgu qarshisiga bordi. Oyni-da xijolatga qo'ygulik husniga o'zi ham bir muddat mahliyo bo'lgancha tek turib qoldi. Qalin va qayrilma qoshlarini o'zgacha havas ila qoqib-qoqib ko'rdi. Ohu ko'zlarini atayin yumib-yumib oldi. Bu mashg'ulot sabab bo'lib qalin, qaytarma lablariga tabassum yugurdi. Kayfiyati chog'landi. Tushdagi mushuk voqeasi miyasini tark etgandek picha yengil tortdi.

«Qaniydi menam Mo''tabar opamday chiroyli kelin bo'lsam! — ko'nglidan o'tkazdi Malika husnidan ko'z uzolmay entikkancha. — Yonimda tog'ni tolqon qila oladigan kuyov jilmayib tursa! Unga suyana, ... Читать дальше »
Категория: Hayotiy | Просмотров: 136 | Добавил: Admin | Дата: 26.01.2018 | Комментарии (0)

Hali-hanuz o'sha voqea esimga tushsa, hayot qonuniyatining beshafqatligi, yashash uchun berilgan umrning nechog'li qiymatga egaligiga ich-ichimdan iqror bo'laman. Shuning barobarida, vaqti kelsa, yosh bola ham senga saboq berishi, murakkab voqealarga yoshiga xos samimiyat bilan yechim topishi sabab faqat bolalarga yarashadigan buyuklik oldida ta'zim qilgim kelaveradi. O'sha voqea sakkiz yoshli singilcham bilan yozning so'nggi shomida yuz bergan edi. Oradan bir necha yil o'tgan bo'lsa-da, o'sha iqror, xulosa, tushunish va anglash hayotimni boshqarib borayotganini his qilaman. Gohi kunlari, shu jajji singlimning teran mulohazasi, sodda falsafasi va hayot haqidagi buyuk xulosasiga hayron ham qolaman. Xayolimga «Bola — buyuk donishmand» degan jumla keladi. Bunga judayam ishonaman shunday damlarda.

Yozning so'nggi shomi edi o'shanda…

Men hamma narsadan — yeru osmondan, yaxshi-yomondan, jamiki yaratiqlardan, bari-baridan xafa va alamzada edim. Hammaga quvonch, sevinch, baxt ulashadigan saxiy qismat menga kelganda xasislik qilganday, avval ne'matini berib, keyin rashkimi, qahrimi kelib, beshafqatlarcha tortib olganday yoki meni tubi ko'rinmas quduqqa tashlab yuborganday edi. Ko'ksimda qo'rg'oshin quyilgan-u, u lahza sayin vujudimni kuydirar, og'riq butun tanamga tarqalar, «Dod!» deb toshlarga boshimni urib yorgim, daraxtlarni ildizi bilan sug'urib olgim, katagiga qamalib yotgan tovuqlarni tirqiratib quvgim, qurillab uyqusini uradigan mushugu kuchuklarni tay ... Читать дальше »
Категория: Fantastik | Просмотров: 92 | Добавил: Admin | Дата: 26.01.2018 | Комментарии (0)

Uyda televizor ko'rib o'tirsam, birdan telefon jiringlab qoldi. Go'shakni ko'tardim, xolamning qizi ekan. Qarindoshlarimiz orasida dangalchiligiyu rostgo'yligi bilan hurmat qozongan Vasila opamning ovozini eshitib, xursand bo'lib ketdim.

— Assalomu alaykum, ishlaringiz yaxshimi?

— Ha, zo'rman, o'zing-chi? Yuribsanmi haliyam erim zo'r, undan yaxshisi yo'q, deb. Qishloqdagi gaplar rostmi? Ering yana nima ish qildi?

— Qanaqa gaplar? Tushuntiribroq gapiring…

Ichimda allanima zirillab ketgandek bo'ldi. Chunki Vasila opam uncha-bunchaga telefon qilavermasdi.

— Kecha qishloqqa borgandim. Sharofat ayaning kelinini uchratib qoldim. U yoq-bu yoqdan gaplashib o'tirsak, birdan sen haqingda gap boshladi. Uning aytishicha, ering qishlog'imizdagi Ruxshona bilan nikoh o'qitib olganmish. U oting o'chgur, eringni aldab o'ziniki qilib olgan, shekilli? Xabaring bormidi yo endi eshityapsanmi?

Vasila opamning zardasidan qo'rqib ketganimdan «Yo'q», dedim. Aslida, erimning g'alati bo'lib qolganiga, fe'li o'zgarganiga ancha bo'lgan. Men buni uzoq yillar farzand ko'rmaganimizga yo'yib yuraveribman…

* * *

Biz sevishib turmush qurdik. Bir-birimizga ahdu paymon qilib, ota-onamning qarshiligiga qaramay, to'yimiz bo'ldi. Qishlog'imizda eshon buvaning bolalari deb nom chiqargan erimning oilasini kattayu kichik hurmat qilar, aka-ukalarning ahilligiga barchaning havasi kelardi. Kenja kelin bo'lganim uchun q ... Читать дальше »
Категория: Romantik | Просмотров: 153 | Добавил: Admin | Дата: 26.01.2018 | Комментарии (0)

Husan bozordagi savdosini tugatib, endigina uyiga kirgandi. Odatiga ko'ra, tezroq yuz-qo'lini chayib, bir kunlik daromadini xomcho't qilmoqchi edi. Xotini Xursanoy kutilmaganda qo'shni xonadan turib qichqirdi.

— Dadasi, tez keling! Dadam siz bilan gaplashmoqchi!

U sezdiki, qaynotasi qo'ng'iroq qilgan. Aftini bujmaytirgancha xona eshigiga yaqinlashdi.

— Menga qara, — dedi qovoqlarini uygancha shivirlab. — Dadangga uxlab qoldi deb qo'ya qolgin! Hozir hech kimga ko'zim uchib turgani yo'q.

— Voy, bu sizning dadangiz, — deya kuldi Xursanoy. — Eshityapsizmi? Sizning dadangiz deyapman!

— Mening dadam? — Husan bu gapni eshitgani zahoti tusi o'zgarib xotiniga xezlandi. — Hadeb sayrayvermay, go'shakni joyiga qo'y. Mening dadam yo'q. Dadam o'lgan mening!..

— Xudodan qo'rqing, dadasi, — deya qaynotasi eshitib qolmasligi uchun go'shakni kaftlari bilan berkitib oldi Xursanoy. — Shuncha yildan beri xabar olmagan bo'lsangiz!.. Sog'ingandir-da qarigan chog'ida! Bir og'iz hol so'rash shunchalik qiyinmi?

— Mayli, — zardali javob qildi Husan. — Oldin so'ra, muddaosi nimaykan? Agar xabar olishim kerak bo'lsa, ayt, kelasi haftada birrov borib kelaman!.. Ha, men shunaqa odamman! Past ketishni yomon ko'raman!.. Qizig'-a odamlar! O'n besh yildan beri bir marta bolam boridi deb qo'ymagan odam endi qo'ng'iroq qilgani-chi!?. Menga o'tkazib qo'ygan yeri yo'q!

Xursanoy, indamay, go'shakni qaytadan qulog ... Читать дальше »
Категория: Fantastik | Просмотров: 86 | Добавил: Admin | Дата: 26.01.2018 | Комментарии (0)

1 2 3 ... 9 10 »
Шаблоны для uCoz

Ресурс U-TORRENTINO.RU © 2013-2014 не содержит никакой нелегальной информации. На сервере хранятся только торрент-файлы содержащие в себе хеш-суммы файлов.

Любой торрент файл будет удален по требованию правообладателя. uCoz