Логин:
Пароль:
Hayot yo‘li hech qachon bir tekis emasligini barchamiz bilamiz. Bugun vaqtimizni xushchaqchaqlikda o‘tkazsak, ertasiga nima bo‘ladiyu, kimdir asabimizni buzadi. Shunday lahzalarda nafaqat o‘zimiz, balki, yuragimiz, ko‘nglimiz katta sinovdan o‘tishini, afsuski, sezmaymiz. Agar o‘zingizning janjalkash, ko‘ngli tor yoki aksincha ekanligingizni tekshirib ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, umid qilamizki, quyidagi test sizga albatta ko‘mak beradi. 1. Tasavvur qiling, jamoat transportida janjal boshlanib qoldi. Siz: a) janjalga aralashmaysiz (4 ball)
b) kim haq bo‘lsa, o‘shani himoya qilasiz (2 ball)
v) hamisha janjalga aralashasiz va oxirigacha o‘z fikringizni o‘tkazishga urinasiz (1 ball) 2. Majlisda boshliqlarni yo‘l qo‘ygan xatolari uchun tanqid qilasizmi? a) yo‘q (4 ball)
b) ha, lekin shaxsiy munosabatdan kelib chiqib (2 ball)
v) hamisha tanqid qilaman (1 ball) 3. Boshlig‘ingiz ishda sizga ma’qul bo‘lmagan rejani o‘rtaga soldi. Siz o‘zingizga yoqqan rejani aytib ko‘rasizmi? a) agar boshqalar ham meni qo‘llab- quvvatlasa, ha (4 ball)
b) ha, men o‘z rejamni oldinga suraman (2 ball)
v) yo‘q, tanqidim tufayli meni mukofotdan mahrum etishlaridan qo‘rqaman (1 ball) 4. Hamkasblaringiz, do‘stlaringiz bilan bahslashishni xush ko‘rasizmi? a) agar arazlab qolmaydiganlari bo‘lsa,
shu bahs bizning o‘zaro munosabatlarimizga ziyon yetkazib qo‘ymasa (4 ball)
b) ha, faqat muhim mavzularda (2 ball)
v) hamma bilan bahona topildi deguncha bahslasha ketaman (1 ball) 5. Navbatda turibsizu, kimdir navbatsiz oldinga o‘zini ursa, qanday yo‘l tutasiz? a) undan kam joyim yo‘q. Men ham navbatning oldiga o‘tib ketaman (4 ball)
b) ensam qotadiyu, dardimni ichimga yutaman (2 ball)
v) o‘zimning noroziligimni ochiqchasiga aytaman (1 ball) 6. Ishxonada hamkasbingizning sinov rejasi muhokama qilinmoqda. Ko‘rayapsizki, yutuqlar bilan birga kamchiliklari ham bor. Bilasiz, sizning fikringiz hal qiluvchi. Qanday yo‘l tutasiz? a) rejaning yaxshi — tomonlarini va kamchiliklarini aytib o‘taman (4 ball)
b) yaxshi taraflarini aytib, ishni davom ettirishni maslahat beraman (2 ball)
v) tanqid qilaman (1 ball) 7. Tasavvur qiling. Qaynonangiz qachon qarasa, sizga tejamkor bo‘lish haqida maslahat beraveradiyu, ammo o‘zi qimmatbaho buyumlar sotib olishdan bo‘shamaydi. Eng so‘nggi sotib olgan buyumi haqida sizning fikringizni bilmoqchi. Nima deysiz? a) o‘ziga yoqqan bo‘lsa, bo‘ldida! Maqtayman (4 ball)
b) bu didimga to‘g‘ri kelmasligini aytaman (2 ball)
v) janjallashib qolishim mumkin (1 ball) 8. Chekayotgan o‘smirlarni ko‘rib qoldingiz. Qanday yo‘l tutasiz? a) yomon, tarbiya ko‘rmagan bolalar dastidan kayfiyatimni buzib nima qilaman? (4 ball)
b) ularga tanbeh beraman (2 ball)
v) agar jamoat joyida shunday qilishsa, adablarini berib qo‘yaman (1 ball) 9. Restoranda ofitsiantning sizdan ko‘proq pul olib qo‘yganini sezib qolsangiz: a) u holda ko‘ngildan chiqarib bermoqchi bo‘lgan pulni bermayman (4 ball)
b) yana qaytadan hisoblashini iltimos qilaman (2ball)
v) bu ayni janjal ko‘tarishga bahona bo‘lardi (1 ball) 10. Siz dam olish uyidasiz. Ma’mur o‘z vazifasini bajarish o‘rniga boshqa ishlar bilan band. Tozalik, taomnomalar bilan qiziqmaydi. Ensangizni qotiradimi? a) ha, lekin arz qilgan bilan foydasi yo‘q (4 ball)
b) arz qilaman. U yaramasni jazolashsin, ishdan bo‘shatib yuborishsin (2 ball)
v) farrosh, ofitsiantkalarga aytib, alamimdan chiqaman (1 ball) 11. Siz o‘smir o‘g‘lingiz bilan bahslashib qoldingiz. Lekin u haq. Xatoyingizni tan olarmidingiz? a) yo‘q (4 ball)
b) albatta tan olaman (2 ball)
v) agar xatoyimni tan olsam, otalik hurmatim qayoqda qoladi? (1 ball) NATIJALAR: 30 dan 44 ballgacha. Siz janjalni yoqtirmaysiz. Eng murakkab vaziyatlardan ham osongina, silliqqina chiqib keta olasiz. 15 dan 29 ballgacha. Sizni janjalga suyagi yo‘q deb atashadiyu, ammo ishda, ko‘chada tanish-bilish, hamkasblar bilan munosabatingizga putur yetkazmaydigan darajada janjal qila bilishingizni ham tan olishadi va shuning uchun sizni hurmat qilishadi. 10 dan 14 ballgacha. Siz qachon qarasa, janjalga bahona qidirib yashaysiz. Birovlarni tanqid qilishni xush ko‘rasiz. Nohaq bo‘lsangizda, o‘z fikringizda turaverasiz.
Категория: Foydali maslaxatlar | Просмотров: 37 | Добавил: Admin | Дата: 08.02.2018 | Комментарии (0)

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun asabiylashishga, xavotirlarga umuman o'rin yo'q. Muammolarni o'ylab siqilmang, ular besh daqiqa oldin bo'lmasa, besh daqiqa keyinroq albatta ijobiy hal bo'ladi inshoolloh. Undan ko'ra, uydagi muammolarni hal etishga kirishing, qo'shimcha daromad keltiruvchi ish topish payida bo'ling. Yosh bo'lsangiz, uydagi yoshi ulug' qarindoshlarning maslahatiga quloq tuting. Bu ham ba'zi masalalarda sizga tirgak vazifasini o'tashi mumkin. Salomatlik haqida kun bo'yi qayg'uring. Asablarni asrang.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

27 yanvarda kelajakka dahldor bo'lgan har bir voqea-hodisa, buyumga alohida e'tibor bilan yondashing. Talaba bo'lsangiz, hademay imtihonlar yaqinlashadi. Oldindan hozirlik ko'rib qo'yish ham ziyon qilmaydi. Yaqin qondoshlar bilan janjallashishdan saqlaning. Bu asabingizni izdan chiqaradi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Ortiqcha vazndan qiynalayotgan bo'lsangiz, parhez tutish haqida ham o'ylab ko'ravering. Hasad, g'iybatdan yuz o'giring. Ularning diydori qursin. O'zingizni ehtiyot qiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Bugun ertalabdanoq bir olam yangi axborotlar eshitasiz. Bular sizga professional kasbingiz bilan bog'liq ishingizda juda asqotishini unutmang. Yaxshisi, har bir axborotni bloknotga yozib qo'ying. Atrofdagilar bilan diplomatlarcha munosabat yuritishga harakat qiling. Shunday yo'l tutingki, yaqinlashib kelayotgan janjalli vaziyat ura solib qochsin. Oilasizlarning bugun kuni tug'adi. Bo'lg'usi juft qidirib yurganlar kechqurun o'sha insonni uchratishadi. Oddiy tanishuv romantik uchrashuvga aylanib ketsa ham ajabmas.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

27 yanvar kuni hayotingiz uchun juda muhim hisoblangan qarorlar chiqarishingiz zarur bo'ladi. Nimaiki ish bajarmang, tashqaridan yordam bo'lmaydi. O'z kuch, imkoniyatlaringizga tayangan holda harakatlar sodir etasiz. Mabodo arzimagan ehtiyotsizlik yoki beparvolikka yo'l qo'ysangiz ham pul masalasidagi ishlaringiz o'ngidan kelmay, chappasiga ketib qolishi mumkin. Kechqurun ro'zg'or tashvishlari bilan band bo'lmaganingiz ma'qul. Yaxshisi, dam oling, ertangi kun uchun kuch to'plang.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Tadbirkor bo'lsangiz, bugun ayrim ishlarni do'ndirish zarurati tug'ilsa, sobiq hamkorlarga yordam so'rab murojaat etishga majbur bo'lasiz. Agar gapni topib gapirsangiz-chi, raqobatchilar ham ma'lum ma'noda yordam ko'ratib yuborishlari hech gap emas. Juftingizni rashk qilmang. Ayniqsa, bu odatingiz sizga juda qimmatga tushishi mumkin. Ehtiroslarni, emotsiyani jilovda ushlang. Ularga erk bermang. Kechqurun olisdagi o'zingiz juda sog'ingan bir inson sizga qo'ng'iroq qilishi kutiladi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

27 yanvarda ertalaboq o'zingizni o'zingiz sug'urtalab oling. Shunday qilingki, o'zingizdan bo'lak hech kim shaxsiy hayotingizga kirib kela olmasin. Aks holda rejalaringizning barchasi yo'qqa chiqishi mumkin. Ba'zilar ishxonasida qarama-qarshi vakil yo vakilasi bilan ishqiy sarguzashtlarni boshdan kechira boshlashi mumkin. Afsuski, buning oxiri voy. Sergak torting, iblis yetagiga kirib qolmang. Moliyaviy masalada ham sizni allakimlar yo'ldan ozdirishga urinib ko'radi. Qat'iyatni yo'qotmasangiz, hech kimga aldanmaysiz.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Ish bitirish, boylikka oson yo'llar bilan ega chiqish kabilardan bezing. Peshona teri evaziga topilgan har bir tiyin pul toti o'zgacha bo'ladi. Siz xuddi shu totga intilib yashang. Ishxonada rahbarlardan tanbeh eshitishingiz ehtimoli bor. Bu ish-da, rahbar talab qiladi. Shuning uchun ham rahbar. Kunning ikkinchi yarmida katta xarajatlarga tushishingiz kutiladi. Lekin afsuslanishga hojat yo'q. Pullaringiz yaxshilikka sarflanadi. Qolaversa, kechqurun katmoningiz yana pulga to'ladi-yu, hamma tashvishlar barham topadi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

27 yanvar kuni hamkasblardan biri siz haqingizda bo'lar-bo'lmas g'iybat to'qiy boshlaganidan xabar topishingiz ehtimoli bor. Sukut saqlang. Kimki birovga atab chuqur qazisa, sal o'tmay o'sha chuqurga o'zi yiqiladi. Bugun xususiy mulk oldi-sotdisi muvaffaqiyatli kechadi. Qolgan ishlar ham xayrli yakunlanadi. Faqat mayda-chuyda asabbuzarliklarga chap bera olsangiz. O'sal yotgan qondoshlar bo'lsa, kechqurun ular holidan xabar olib qo'ying, savobga ega bo'lasiz.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Ish boshlashdan oldin hamfikr qidiring. Siz bilan fikri bir joydan chiqadigan odamlarni topsangiz, jamoaviy tarzda o'sha ishlarni amalga oshirasiz. Buning unumi o'zgacha bo'ladi. Hech qachon yengil yo'l bilan daromad orttirish haqida o'ylamang. Bu usul sizga to'g'ri kelmaydi. Negaki, siz hamisha halol, peshona teri, astoydil mehnat qilish evaziga pul topib o'rgangansiz. Kechqurun qarindoshlardan biri xastalanishi, uni kasalxonaga olib borishingiz mumkin.

TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)

27 yanvarda qaysi yonbosh bilan uyg'onasiz qorong'i, ammo ertalabdan boshqalarni tanqid ostiga olib, baqirib tashlay boshlaysiz. Yo'q, bu ishingiz to'g'ri emas. Xotirjamlik, sukunat, xursandchilik yarashadi sizga. Ayniqsa, ish joyingizda hamkasblarni aslo tanqid qila ko'rmang. Yomon otliq bo'lib qolishingiz turgan gap. Ayrim muammolarni hal etishda sizga yaqin do'stlar maslahati juda zarur bo'ladi. Iloj topsangiz, kechqurun tabiat qo'ynida dam olib qayting.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

Kuningiz a'lo darajada kechadi. Aldovlar, firib va hasad sizga to'siq bo'la olmaydi inshoolloh. Siz bilan dildan suhbat qurish istagida bo'lganlardan o'zingizni olib qochmang. Chunki bu suhbatlar davomida ko'p yangiliklardan boxabar bo'lasiz. Ish joyingizda hamkasblar va rahbariyat bilan kelishmovchiliklar yuzaga kelishi kutiladi. Salomatligingiz yomonlasha boshlaganini payqashingiz bilan darhol chorasini ko'rishingiz tavsiya etiladi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

27 yanvar kuni hech kim bilan janjallashmang. Janjallashishingiz kutilayotgan odamlar sizga hayrixoh, har qanday vaziyatda sizni qo'llab-quvvatlashga tayyor. Kunni ter to'kish, mehnat bilan o'tkazing. Bunday mehnatning mevasi totli bo'ladi. Sport bilan shug'ullanishdan voz keching. Aqliy mehnat kishilari moddiy jihatdan qo'shimcha quvvat va lazzat olishlari haqiqatga yaqin bo'lib turibdi.
Категория: Munajjimlar bashorati | Просмотров: 87 | Добавил: Admin | Дата: 26.01.2018 | Комментарии (0)

Hozirda O'zbekiston bo'ylab shaharlarda arzon uy-joylar qurilmoqda. Tabiiyki, savol tug'iladi: «Uni kimlar olishi mumkin, arizani kimga topshirish kerak?». Ushbu savollarga Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida javob berildi.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 16 yanvardagi 14-son qaroriga asosan, shaharlarda qurilayotgan 5, 7 va 9 qavatli arzon ko'p kvartirali uylardagi kvartiralarni jismoniy shaxslarga biriktirish tuman hokimliklarida tuzilgan hududiy komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

Ko'p kvartirali uylardan kvartira sotib olish uchun turar-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan jismoniy shaxs hududiy komissiyaga (hokimiyatda joylashgan) quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

— ariza;

— qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) moliyaviy holatini tasdiqlaydigan hujjatlar;

— uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan jismoniy shaxsning quyida ko'rsatilgan mezonlardan biriga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjatlar:

✳️ o'z uy-joyining yo'qligi yoki eskirgan uylarda yashash;

✳️ bir uyda (bir kvartirada) boshqa oila yoki boshqa oilalar bilan birgalikda yashash;

✳️ ko'p bolali oila;

✳️ ona (ota)ning to'liq bo'lmagan oilada bolani (bolalarni) tarbiyalashi;

✳️ ariza beruvchining oila a'zolari orasida surunkali kasallikning og'ir turlaridan azob chekuvchi alohida xonada yashashga muhtoj bo'lgan shaxslarning mavjudligi;

✳️ oila tarkibida birinchi guruh nogironi mavjudligi;

✳️ turar-joy maydonining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan turar-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq emasligi;

✳️ tayanch doktoranturaning 2-kursidan boshlab, oliy ta'limdan keyingi ta'lim institutida tahsil olayotgan doktorantlar.

Hududiy komissiya har yili:

— joriy yil davlat dasturi doirasida qurilayotgan ko'p kvartirali uylardagi barcha kvartiralarni biriktirishni 1 fevralgacha bo'lgan muddatda tugallaydi;

— bo'lajak yilda quriladigan ko'p kvartirali uydagi barcha kvartiralarga potensial qarz oluvchilarning to'liq ro'yxatini 1 aprelgacha bankka taqdim etadi.

Jismoniy shaxs dastlabki badal mablag'larini unga kvartira biriktirilgandan keyin 60 kalendar kundan kechikmay 20406-son alohida jamg'arma depozit hisob raqamiga to'lashi shart.

Kvartira qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi dastlabki badal to'lanmagan taqdirda hududiy komissiyaning kvartirani jismoniy shaxsga biriktirish haqidagi protokol qarori o'z kuchini yo'qotadi.
Категория: Mahaliy | Просмотров: 90 | Добавил: Admin | Дата: 26.01.2018 | Комментарии (0)

KIMLARGA
MUMKIN EMAS?


Qarag'ay g'uddalaridan tayyorlangan qaynatma va
damlamalar buyrak kasalliklari, gepatit, gastrit,
oshqozon yarasi bilan og'rigan bemorlarga umuman tavsiya etilmaydi. Homilador ayollarga ham mumkin emas: chunki g'uddalar sustlashib qolgan organizmga noxush ta'sir ko'rsatadi.

Yana har bir organizmning mazkur moddani qabul qila olish xususiyatiga ham e'tibor qaratish lozim.

Archaning manzarali ko'rinishi, chiroyli sadasi, xushbo'y hidi, qattiq yog'ochi bu daraxt turlarining benazir ekanligidan dalolat beradi. Ko'pchilikqarag'ayning shifobaxsh xususiyati, inson hayoti uchun nechog'li foydaliligini bilmasa kerak.

MDH davlatlarida archaning 35 dan ortiq turi keng tarqalgan bo'lib, xalq tabobatida archaning ildizi, ignalari, kurtagi, yangi novdalari, yelimi va hatto g'uddalarigacha shifobaxsh ne'mat sifatida qadrlanadi. Zamonaviy tibbiyot ham archaning beqiyos davo ekanini tan olgan. Juda ko'p shifoxona hamda sanatoriylar hovlisida qarag'ay ko'p ekilishiga ajablanmasa ham bo'ladi. Chunki archa havoni o'zining foydali fitonsidlari bilan tozalab beradi.

G'UDDALARNI QAChON TERGAN MA'QUL?

Xalq tabobatida qarag'ay g'uddalarining, asosan, yashil turdagisi ishlatiladi. Yosh g'uddalar butun yoz bo'yi o'z yashilligini yo'qotmay turaveradi. Ularni may-iyun oylarida tergan ma'qul. Tabobatda kattaligi 1-4 santimetr bo'lgan mevalarga talab katta.

G'uddalarning yumshoq, pichoq bilan oson kesilishiga ham e'tibor qarating, undan mayin archa hidi taralib tursin. Agar o'zingiz bilan pichoq olmagan bo'lsangiz, tishlab yoki tirnoq bilan tirnab ko'rish ham mumkin.

Qarag'ay g'uddalarining qon-tomir va insult uchun eng foydalisi iyun-sentyabr oyida pishib yetilganidir. Ayni shu paytga kelib g'uddalar tanin (miya to'qimalarini tiklaydigan modda) bilan boyiydi, bundan tashqari, o'zi yopiq va urug'larga to'la bo'ladi.

Mevasini terayotganda archaning kasallanmaganiga ham e'tibor qarating. Bundan tashqari, archaning ayol va erkak turlari ham bo'ladi. Foydali moddalar aynan ayollik turiga mansub sosnalarda mo'lroqdir. Agar ustki novdalarida qizil to'p mevalari ko'p archani ko'rsangiz, demak, siz to'g'ri tanlovni amalga oshirgan bo'lasiz.

TARKIBI

Sosna yoki qarag'ay o'zining mevasi — g'uddalari bilan juda mashhur. Aynan ana shu g'uddalar organizmga juda katta foyda keltirishi aytilmoqda. Xo'sh, uning kimyoviy tarkibi nimalardan iborat?

Ignabargli daraxt moyi.

Smolaga boy kislota.

Fitonsidlar.

Mineral tuzlar.

S, K, R, A, V guruh vitaminlari.

Elim.

Kraxmal.



DAVO XUSUSIYaTLARI

Mikroblarga qarshi kurashadi;

shamollashni tuzatadi;

balg'am ko'chiradi;

tinchlantiradi;

qonni tozalaydi;

safro haydaydi;

antiseptik;

zaharli moddalarni haydaydi;

zangilani davolaydi.



QAYSI KASALLIKLARGA DAVO BO'LADI?

Sosna g'uddalarining aynan qaysi kasalliklarga davo bo'lishini bilishni istaysizmi? Unda ushbu ma'lumotlarni diqqat bilan o'qing.

Insult kasalligiga qarshi. G'uddalarda tanin moddasining alohida turi mavjud bo'lib, insult ta'sirida parchalangan miya neyronlarini tiklash xususiyatiga ega. Bu esa falajlikni to'xtatish yoki uning asoratlari oldini olishga yordam beradi. Ayniqsa, spirtli nastoykasi juda foydali, chunki spirt taninning davo xususiyatlarini yanayam ochib beradi. Bunday dori xotiraga, yurak-qon tomir tizimiga, qon tomirlari devorini mustahkamlashga, quloqdagi shovqinni yo'qotishga yordam beradi.

Yo'talga qarshi. Damlama yoki spirtli nastoyka yordamida ingalyatsiya qilish ham mumkin. Mazkur vosita nafas yo'llaridagi shamollashlar — bronxit, traxeit, pnevmoniyani davolashda samarali yordamchidir. Undan yana o'pka silini davolashda kompleks davo sifatida ham foydalanish mumkin.

Qon bosimi oshganda. Ushbu vosita, shuningdek, qon bosimini tushirish xususiyatiga ega. Uni gipertoniya, yuqori qon bosimi oqibatida kelib chiqadigan insultni bartaraf etishda qo'llash maqsadga muvofiq.

Oshqozon-ichak xastaliklari. Ayrim tabiblar qarag'ay g'uddalaridan tayyorlangan qaynatma va nastoykalarni oshqozon hamda oshqozon osti bezi xastaliklarini davolashda buyurishadi. Ayniqsa, oshqozon yarasi va gastritda foydasi juda katta. Faqat undan ehtiyot bo'lib foydalangan ma'qul.

Varikoz. Vena tomirlarining zararlanishi, tomirlarning yuzaga chiqib qolishi kabi holatlarda davo vannalari tavsiya etiladi.

Kundalik jarohatlarda. Qizargan, shamollagan, og'riyotgan, kesilgan joylarga ham qarag'ay g'uddalaridan tayyorlangan spirtli nastoyka yaxshi foyda beradi. Bir qancha teri kasalliklari — ekzema, qichima, temiratki, allergiya kabilarda archa g'uddalari vannasini bemalol qo'llash mumkin.

Nevralgiya, revmatizm, miozit, podagra, radikulitda. Og'riyotgan bo'g'im va mushaklarni mazkur damlamada ho'llangan paxta bilan ishqalab artilsa, og'riq kamayadi. Qaynatma yoki damlamasi bilan og'iz hamda tomoq chayilsa, tomoq og'rig'i va shamollashdan xalos etadi.

Bolalar uchun foydasi. O'RVI, gripp, bronxit, traxeit va shu kabi kasalliklarda ingalyatsiya yoki damlamasidan foydalanish lozim. Teri kasalliklariga chalingan bolajonlarga shifobaxsh vanna qilib bering. Bu endigina xastalikdan chiqqan organizm himoyasini tiklab, ham tinchlantiradi. Faqat yo'tal tutayotgan bolaga qaynatmani berishda ehtiyot bo'ling. Agar shifokor tasdiqlab bergan miqdordan oshirib yuborsangiz, bolalarda allergik reaksiya kelib chiqishi mumkin.

Organizmni tiklash xususiyati. Bu shifobaxsh ne'mat avitaminoz, milk kasalligini davolashi bor gap. Bundan tashqari, immunitetni ham yaxshigina oshiradi. Uni turli virusli xastaliklardan so'ng organizmni tiklab olish uchun berish lozim.

Havoni tozalash xususiyati. Damlama va qaynatmalardan havoni tozalash va xushbo'y hidga to'ldirish uchun ham foydalaniladi. Buning uchun qarag'ayli efir moyidan sepadigan idishga 3-4 tomchi solib, ketidan suv soling va uy bo'ylab purkab chiqing. Qarag'ay daraxtidan ajralib chiqqan xushbo'y hid havodagi zaharli mikroblarga qarshi kurashadi.

Olimlarning hisob-kitobiga ko'ra, bir gektar tog' archazori 30 tonna kislorod ishlab chiqarib, undan 19 nafar inson bir yil mobaynida nafas olishi mumkin.

Undan olinadigan saqich esa og'izdagi noxush hidni yo'qotadi.



UYDA MALHAM
TAYYoRLASh SIRLARI

Agar qarag'ay g'uddalarini topa olsangiz, yuqoridagi kasalliklarga qarshi ushbu malhamlardan birortasini o'zingiz uyda ham tayyorlay olasiz.

Damlama uchun

5 ta yosh qarag'ay g'uddalarini maydalab, ustiga yarim litr suv soling. Past olovda 5 daqiqa qaynating. Mazkur damlama 1 soat tindirib qo'yiladi. So'ng chorak stakandan bir kunda uch marta ichish lozim.

Vanna qilish uchun

Uch stakan maydalangan qarag'ay g'uddalarini olib, ustidan 3 litr suv soling. Besh daqiqa qaynating, so'ng 2 soat tindirib qo'ying. Vannani issiq qilib qabul qilish lozim. Biroq unda 20 daqiqadan ortiq turmang.

Spirtli nastoyka
tayyorlash

Bir siqim maydalangan qarag'ay g'uddalarini olib, ustidan 10 foizli spirt yoki araq
quying. 7 kun issiq joyda saqlang. So'ng 1 choy qoshiqdan 3 marta ovqatdan so'ng qabul qiling. Uni suv yoki choyga qo'shib ham ichish mumkin.
Категория: Foydali maslaxatlar | Просмотров: 73 | Добавил: Admin | Дата: 26.01.2018 | Комментарии (0)

Odatda, har qanday parhezni boshlashdan oldin voz kechiladigan birinchi oziq-ovqat — bu non. Aslida, non mahsulotlari ratsiondagi tarkibida organizm uchun eng muhim moddalar: aminokislotalar, uglevodlar, vitaminlar, oqsillar, yog'lar va kletchatkalar bo'lgan eng zarur element hisoblanadi. Aynan shuning uchun bu mahsulotdan butunlay voz kechishni juda bama'ni qaror deb aytib bo'lmaydi.



Bug'doy non

Bu non unchalik foydali emas. Yuz gramm mahsulot tarkibida 270 kkal va 2,9 gramm yog' bor. U tez hazm qilinadi. Uglevodlar qonga tushadi va glyukozalarni chiqishga undaydi, bu esa ishtahaning yaxshilanishiga olib keladi.

Javdar (qora bug'doy) non

Bu kulrang non tarkibida kletchatkalar, lizin miqdori juda yuqori. Kulrang non organizmdan zararli moddalarni chiqaradi, avitaminozda, qandli diabetda, qabziyatda foydali.

Bundan tashqari nonning bu turi moddalar almashinuvini tartibga soladi. Hazm qilish jarayonini yengillashtirish uchun novvoylar javdar nonga bug'doy uni qo'shadi. Shuning uchun uni organizm yaxshi singdiradi. Bu juda foydali non.

Grechixali non

Kulrang nonning yana bir turi – tarkibida organizm uchun hamma zarur aminokislotalar bo'lgan grechixali non hisoblanadi. U kaliy, fosfor, temir, rux, selen, marganes va magniyga, antioksidantlarga, B va E guruh vitaminlariga boy. Tomir kasalliklarida foydali.

G'alla non

Boshoqli donlardan tayyorlangan kulrang non. Tarkibida kaliy, natriy, molibden, fosfor, yod, temir va kalsiy, ko'p miqdorda B, A, E, va PP guruh vitaminlari mavjud. Almashinish jarayonlariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, juda to'yimli, ichak mikrofloralari faoliyatini muvofiqlashtirishga yordam beradi.

Xamirturushsiz non

Kulrang, dag'al, zich bo'lgan bu non tarkibida pishirilgandan keyin ham saqlanib turadigan B, PP guruh vitaminlari va mineral moddalar miqdori juda yuqori. Ichak mikroflorasiga zarar keltirmaydi, shuningdek yallig'lanishga qarshi kurashish xususiyatiga ega.

Afsuski, xamirturushsiz nonga hidi va mazasini oshirish uchun ko'pincha kimyoviy yumshatuvchilar qo'shiladi. Masalan, ammoniy karbonat: u organizm uchun xavfli.
Категория: Foydali maslaxatlar | Просмотров: 68 | Добавил: Admin | Дата: 26.01.2018 | Комментарии (0)

“Real” hujumchisi Karim Benzema yozda jamoasini almashtirishi mumkin.

“Mundo Deportivo” nashrining xabar berishicha, fransiyalik hujumchi “Real” ishqibozlari tomonidan bildirilayotgan hushtakbozlik va noroziliklarga ortiq chidamoqchi emas va faoliyatini “PSJ”da davom ettirishga qaror qilgan. Ayni damda uning agenti “PSJ” rahbariyati bilan muzokara olib bormoqda.

Benzemaga, shuningdek, “Arsenal” ham qiziqyapti.
Категория: Sport | Просмотров: 61 | Добавил: Admin | Дата: 26.01.2018 | Комментарии (0)

1. Bir guruh odamlar kulganida, beixtiyor o'ziga ko'proq yoqqan odamga (yoki yaqin kishim, deb hisoblagan odamiga) qaraydi.

2. Biron mas'uliyatli yoki diqqatni jamlashni talab qiladigan, xullas, asabiylashishga majbur qiladigan biron ishni bajarishga to'g'ri kelganda, saqich yoki yana biron narsa chaynashga urinib ko'rish kerak. Bu ong ostida xavfsizlikni his qilish bilan bog'liq, chunki biz, odatda, hech qanday xavf yo'qligida ovqatlanamiz.

3. Agar bizdan kimningdir jahli chiqsa, biz esa xotirjamligimizni saqlab qolsak, g'azab bundan battar avj olishi mumkin. Biroq keyin o'sha odam bu qilmishidan xijolat tortadi.

4. Agar odam berilgan savolga qisman yoki mujmal javob bersa, qayta so'rashning keragi yo'q. Uning ko'ziga shunchaki tik qaragan ma'qul. U bu javob suhbatdoshini qoniqtirmaganini tushunib, gapini davom ettiradi.

5. Yuz ifodasi hissiyotlar natijasi bo'libgina qolmay, shu hissiyotlarni paydo qilishi ham mumkin. Shuning uchun o'zini baxtli his qilishni istagan odam ko'proq jilmayishi kerak.

6. Nutqda yoki xatda “o'ylashimcha” yoki “menimcha” degan iboralarni ishlatmagan ma'qul. Bu so'zlar ikkilanish ma'nosini ifodalaydi.

7. Muhim intervyu oldidan intervyu oluvchi bilan ko'p yillik do'stlik rishtalari bog'lab turibdi, deb tasavvur qiling. Vaziyatni qanday qabul qilish deyarli har doim o'zimizga bog'liq, xotirjamligimiz va erkinligimiz suhbatdoshimizga ham o'tishi mumkin.

8. Agar kimnidir ko'rganimizda, samimiy xursand bo'la olsak, keyingi uchrashuvda bu odamning o'zi ham bizni ko'rishdan xursand bo'ladi.

9. Odamlar katta iltimosimizni rad etgandan so'ng kichkinasiga rozilik berishga moyildirlar.

10. Suhbatdoshning oyoqlari qanday turganiga qarab, ko'p foydali narsani bilib olish mumkin. Masalan, poyabzalining uchi bizdan teskari tomonga qarab turgan bo'lsa, bu odamning suhbatni tezroq tugatishni xohlayotganini bildiradi.

11. Ko'pchiligimizning kimdandir qattiq tanqid eshitish kutilayotgan yig'ilishda, vaziyatda bo'lishimizga to'g'ri kelgan. Bunday vaziyatda o'sha odamga yaqinroq turgan ma'qul. Amaliyotdan ma'lum bo'lishicha, u g'azabidan tushib, hujum qilish fikridan qaytadi yoki hech bo'lmaganda biroz yumshoqroq gapiradi.

12. Ko'pchilik salobatni o'ziga ishonishdan farqlay olmaydi. Agar butun qiyofangiz bilan o'zingizga ishonishingizni namoyish etsangiz, odamlar sizga talpinishadi.

13. Xizmat ko'rsatish sohasida ishlaydiganlar uchun yaxshi maslahat: orqangizga oyna osib qo'ying. Odamlar o'zlarini sal madaniyatliroq tutishadi: axir o'zini asabiy va darg'azab ko'rish hech kimga yoqmaydi.

14. Tanishuv chog'ida odamning ko'z rangiga e'tibor berish — juda foydali odat. Nigohlar to'qnashuvi uzoqroq davom etganda, unda sizga xayrixohlik tug'iladi.

15. Birinchi uchrashuvga borganda hamrohingizni biron qiziq joyga olib borganingiz ma'qul. Shunda bu uchrashuvdan qolgan ijobiy hissiyotlar esga olinganda, sizni ham esga olishadi.
Категория: Psixalogik testlar! | Просмотров: 109 | Добавил: Admin | Дата: 26.01.2018 | Комментарии (0)

The Next Web nashri iPhone smartfonlarining foydalanuvchilar o'rtasida mashhurligini aniqlash maqsadida tadqiqot o'tkazdi.
Android foydalanuvchilariga ko'ra, Apple ishqibozlarining so'nggi ayfon modellari uchun bor-budlarini sarflashlari mantiqsizlik ekan.
O'rganish xulosalariga ko'ra, odamlar Apple eko-muhitiga ikki sabab bois shoshar ekanlar:
A) Qurilmadan foydalanib, qoniqish hosil qiladilar, ya'ni, ayfon foydalanuvchilariga ko'ra, bu smartfonning ishlash tarzi inson faoliyatidan ko'chirilgan va hayotga qulay;
cool Apple brendining nufuzini his qilish uchun.
2007 yilning iyunida, ya'ni ilk iPhone smartfoni taqdim etilganidan boshlab 2014 yilga qadar ayfon ishqibozlari smartfonlarini ta'mirlash uchun 23,5 milliard dollar sarf qilishgan.
Ya'ni, boshqa smartfon modellari bilan taqqoslaganda, iPhone egalari gadjetlarini 19% ko'proq ta'mirlatar ekanlar.
Apple o'z mahsulotlarining reklamasida ham ayfonni mobil aloqa vositasi sifatida emas, balki hasham va zeb-ziynat vositasi sifatida aks ettirishga urg'u qaratadi. Shu bois ham, ayfon egalari smartfonlaridan ko'proq maqtanish yoki g'ururlanish uchun foydalanar ekanlar. Shu sababli ham, Apple muxlislari gadjetlari buzilib qolishi, lat yeyishi bilan ustaga chopar ekanlar.
Android foydalanuvchilari esa smartfonlarining ekraniga darz ketishi bilan yangisini sotib olish uchun pul yig'a boshlashlari ma'lum bo'lgan.
Категория: Mobil operator | Просмотров: 68 | Добавил: Admin | Дата: 23.01.2018 | Комментарии (0)

Farg'onada tanasidan o'n oltita igna topilgan chaqaloq haqidagi xabarni o'qiganimdan buyon yuragim simillab, azob beradi.

Tabriklamaysizmi?! Yana dovruq qozonamiz. Tirik go'dak tanasidagi ignalar soni bilan ham Ginnesning “Rekordlar kitobi”ga kiradigan bo'ldik.

Hali bunaqasi Gitler davrida ham bo'lmagan! Hatto, eng qonxo'r deb nom chiqargan maxluqsiyrat gazandalar ham o'z jigarining badaniga ataylab, birma-bir buncha ko'p igna sanchmagan. Onaning gaplarini tingladim, yana bitmagan yaram yangilandi. Yana shu, jamiyatimizdagi ijtimoiy muammolar keltirib chiqargan oqibat. Uning ham eri Rossiyaga ketgan, hozir ota uyida yashayotgan ekan.

Professoring xulosasi mayli, oddiygina shifokor bo'lsam ham o'n bir oylik emas, katta odam ham o'n oltita ignani yutishi mumkin emasligini yaxshi bilaman. Buni hamma mendan yaxshiroq biladi. Qolaversa, rentgen xulosalari ham bor. Demak, bu vahshiylikni kimdir qilgan! Kim?! Odam bolasi, albatta! Ona emasdir!!! IShONMAYaPMAN!

To'g'ri, ona atalmish shaytonsiyratlar haqida eshitganman.. Mayli, haqiqatni tergovdan bilarmiz. Bu fojeaga sababchilarni ham bir-bir tilga olarmiz… Hozir jonlantirish bo'limida jon talashib yotgan bolajonning otasiga ikki og'iz gapim bor:

Ukam!
Inim!
Jigarim!
Bilaman, sovug'i jon-joningizni burdalab tashlayotgan o'risning yurtiga noiloj, ishsizlik tufayli ketgansiz. Guldek ayolingiz, farishtaday bolangizni kimlargadir ishonib, ammo butkul xotirjam bo'lolmay, qalbingizni yarmini tashlab ketgansiz. Sizga nasihat qilishga balki umuman xaqqim yo'qdir, lekin boshqa chiday olmayman.

Iltimos, shu go'dagingizning baxtiyor bolaligi uchun ham tezroq qayting! “Uning kelajagini deb, shu yerlarda yuribman” demang, darhol yuz burmang! O'tinaman, o'n daqiqagina yuragimga quloq soling! Hozir hayoti shu temir tersaklarga ilinib turgan bolangizning shiringina tili chiqib qolgan. Chuldiragancha “da-dalab”, amakisi, tog'alariga mo'ltirab, ba'zan yetti yot begonalarning qiyofasiga javdirab sizni qidiradi. Chunki u sizni judayam sog'ingan. Hozir ham, badanidagi o'n oltita igna bilan o'lmay, o'lgisi kelmay, Allohdan siz bilan bo'lguvchi shirin diydorni tilab yotibdi. Uni butun millat duo qilyapti, xalq bolangiz bilan birga! Ammo, o'ttiz uch million inson “bolam” desa ham, hech qachon sizning o'rningizni bosa olmaymiz!

Bilasizmi, bugun u shirin tush ko'rdi. Tushida, uni ko'tarib, osmonga otayotgan ekansiz. U qiyqirab, qiqirlab kulayotgan edi. Bu shunaqa shirin tush ediki, hamshira tomiridan yana bitta igna suqib, dori yuborayotganini ham sezmadi. Bu shunday beg'ubor tush ediki, tegrasida turgan farishtalargina uni ko'ra olishar edi…

U allaqachon o'lishi kerak edi.
Aslida odamning o'limiga oyog'i bilan bosib olingan bitta ignaning o'zi yetadi. Qon tomir ichiga tushib, to'g'ri yurakka borib sanchilsa, manaman degan ayiqday erkakni ham yiqitadi.

Ukajonim, nima uchun bolangiz hamon tirik ekanligini endi tushungandirsiz?! Balki, uning qon tomirlari ignalardan qochib, mitti yurakchasini avaylayotgandir?! Balki, ignalarining o'zi ignalik qilmay, qilday jonni, mitti omonatni Alloh uchun saqlab turgandirlar.

Men shifokorman. Go'daklar joni shunchalik mo'rtki, milliyon-milliyon davlati bor otalar bitta bemor dilbandining hayotini saqlab qololmay, qon yig'lab qolganlarini ko'rganman. Otalar borki, bolasining sovuq jasadini ko'tara olmay, yuztuban gursillab qulaganlariga guvoh bo'lganman. To'rt muchchasidan to'rtalasi yo'q nogiron dilbandiga ham shukur qilib, ko'zlariga mo'ltirab o'tayotganlarni ham taniyman. Shunday davlatmandlarni bilaman, yaratgan Egam bitta farzand berishi uchun bor-budlarini berishga tayyor! Gunoh deydilaru, falon mablag'ga o'n martalab urug' ektirib, bitta natija ololmay sarg'ayib o'tayotganlar qancha! Shirk bo'lsa-da, uzoq yo'llar bosib, aziz-avliyolar mozorlariga chiroq yoqib, qo'chqor so'yib, umidvor bo'lib yurganlarni eshitganman. Oshna-og'aynilar ichida boshini ko'tara olmay, bitta tirnoqsiz o'lib ketganlar ham bor!

Sizga esa, bir hislatingizni yoqtirgan Egam sog'lom, baquvvvat farzand ato etibdi. Qosh-ko'zlarini qarang — o'zingiz! To'polonchiligi ham o'xshagan. Dardga bardoshligi esa, balki siz, balki uzoqlarga ketgan bo'lsangiz ham miq etmay kutayotgan onasidan o'tgandir?

Endi boshqa tomonga ham bir qiyo boqing! Hov anavi, mung'ayib qolgan norasidalarni ko'ryapsizmi? Kechagina otasi avtobusda yonib ketgan yurtdoshlarimning sag'irlari ular. Anavi kichkintoyni qarang, hali qanday fojia ro'y berganini anglamagan, “otangni olib kelishadi” degan bitta gapga suyunib, ko'mir yoki bir qop kulni emas, kulib xayrlashib chiqib ketgan dadasini poylab turibdi. Sochlari mayda o'rilgan qizaloq-chi? U norasida ham dadasi, ham akasining kuyib ketganidan bexabar, va'da qilingan qo'g'irchoq kelishidan umidvor…

Boshqa bolajonlarni ham ko'rsataymi? Bir chekkalarda kulmay, o'rtoqlariga qo'shilmay qolgan norastalarga ko'zingiz tushdimi? Ular otalari o'rmonlarda, tashlandiq, ovloqlarda, xullas, Xudo urgan joylarda kafansiz ko'milib, aza ochilib, ochilmagan xonadonlardagi bolaligi o'g'irlangan, ruhi butkul singan bolalar!

Boshqa bolalar ham bor!
Ularning otalari avval rostdan kambag'al edi. Siz kabi uzoqlarga ketib ishlab, ro'zg'oridagi kamchiligini bitirishdi. Farzandlarining og'zi oshga yetib, yuziga tabassum yugurganida ularni shayton yo'ldan urdi. “Vodka” o'lgurni ichaverib, harom-xarichni farqiga bormay, o'ntadan qolgan o'ris ayol bilan cho'chqaday yashayotganlarning halol farzandlari, ana! Qo'ni-qo'shni oldida tillari qisiq, dillari vayron, piching gaplardan boshlarini ko'tara olmay qolishgan. Nomusga chiday olmay, joniga qasd qilganlari esa adirda yotishibdi. Ota tarbiyasini ko'rmay, xomilador bo'lib qolgan qizlar, o'g'irlik qilib qamalib qolgan o'g'illarni ham ko'ryapsizmi?!

KO'RYaPSIZMI?!

Siz o'z bolangizga shunday qismatni ravo ko'rasizmi?! “Ana, zo'r yashayotganlari ham bor!” deb, aldanmang, katta ketmang! Ha, bor! Inkor etmayman! Ammo dang'illama uylarda, zo'r yashayotgan bolalarning ham qalbi yarim. Chunki ota olisda! Rossiya, Koreyadan kelayotgan pullarga qilingan eng sergo'sht palov ham tomoqqa tiqilib, yo'l poylashadi. Olgan beshchalari bilan maqtanib, yodlagan she'rchalarini faqat ona emas, otasiga ham aytib berishni hohlamagan bola bormikin dunyoda?! Yo'q! Bunday bolalar hali tug'ilmagan!

Hov anavi, o'n beshga yetib qolib, padarining maslahatlariga muxtojlik tuyayotgan yigitchaning qalbidagilarni ham aytaymi? Chidaysizmi? Agar davom etsam, fig'onim –jamiki yurtdoshlarimni kechagi avtobusda qayta yondiradi!
Onalari mardikorlikka ketganlarni esa umuman gapirmay qo'ya qolay. Ular xaqida yozadigan bo'lsam, qalbimdan chiqadigan bomba shu noma terilayotgan telefonimni portlatib yuboradi…

Ukajon, dilimni, dilingizni titib tashlagan faryodimni shu joyigacha o'qiy olgan bo'lsangiz, demak, bolajoningizni judayam sog'ingansiz. Demak, unga qaro qismatni ravo ko'rmaysiz! Qayting, uka!

Ana, kechagi maqolamdan so'ng arazlab qolgan “Yoshlar ittifoqi”ning ham ko'zi ochilyapti. Aslida ular ham yomon insonlar emas! Minglab yoshlarni o'z bolalarimdan kam ko'rmayman. Chunki biz bir jonmiz! Rossiyaga ketish uchun pul topa olmayotgan yoshlarning ichida ham ishsizlari talay. Nima qilishni bilmay, javdirab turishibdi. Ilohim, yovuz kuchlarga aldanib qolishmasin! Ular ona tuproqni tark etishmasin!

Siz ishlab oz bo'lsa-da tajriba ortirgandirsiz? Endi qaytib, nimanidir o'rgangan bo'lsangiz o'zingizdan kichkinalarga ham o'rgating. Yoningizdagi do'stlaringiz ham kam-ko'stlari bitgan bo'lsa, qaytishsin! Sizlarning tajribalaringizga muhtojmiz!

Demagog demasangiz yana bir gap aytay: keling, hammamiz bir bo'lib, chalajon Vatanimizning qaddini ko'taraylik! Agar besh qit'aga tariqday sochilib ketgan, ziyolilarimizni ham qaytara olsak, yana Ulug'bek, Navoiy, Bobur Mirzolarni tarbiyalay olamiz…
Yurtda boshqacha shabodalar esyapti. Biz qurol va jaholat bilan emas, bilim va adolat bilan yangi jamiyat quramiz!

ANChA DARDLARNI GAPIRIB OLDIK, ENDI OZGINA ORZU VA ChIROYLI NIYaTLAR QILAMIZ.

Eshitdingizmi, men bilan olishgan Qariyalar uyining rahbariga ham insof beribdi. Allox qalbidagi mehrni uyg'otgani rost bo'lsin! U professor Po'lat Oripov, olim Habibullo Qodirov, Saida Mirtolipova, jurnalist Rustam Obidlarning qanday inson ekanliklarini anglab, o'z oxiratini ham o'ylab qolibdi. Endi, faqat bayramlardagina ochiladigan kattakon zalga yoshlar tashrif buyurishar ekan. Bir vaqtlar unutilgan, unuttirilgan oqillar bo'lajak olimlarga saboq berishadi! Boshqa qariyalar ham e'zoz topishadi! Yetim bolalar soni kamayadi, balki umuman mehribonlik uylari qolmas! Chunki bizda silai rahm kuchli, chunki biz suyagini xorlamaydigan millatmiz!

Quloq soling! Kimdir Allohga nola qilib, gunohlarini kechirishni so'rayapti. Eeee… U sizni ishga olmay, sarson-sargardon qilgan poraxo'r-ku! Bugun yana ikkita avtobusdagi yurtdoshlarimiz Qozog'istondagi qahratonda muzlab qolayozganini eshitib, tavbaga yukundi, bir kun boshi sajdaga ham tegadi. Ha, yaratganni esga olib, qabr azobini o'ylab qolgani rost bo'lsin! Demak, u halol yashamoqchi. Inshaalloh, ishga cho'ntagingizdagi pul, tanish-bilishchilik bilan emas, salohiyat va iqtidoringizga qarab qabul qilinasiz!

Qarang, ibodatga shoshib qolgan rektor oliygohga faqat bilimli talabalarni qabul qilishga va'da beryapti!

O'qish uchun imtiyozga ko'z tikkan, bilimi haminqadar “ittifoqchi” va askarlar esa, imkoniyatni o'zidan ancha a'lochi do'stlariga bermoqchi!

Yer egallab, uy qurib, qimmatligi uchun sota olmayotgan boyvachcha uysiz bechoralar xaqida ham o'ylab qoldi.

Byudjet xisobidan tuturiqsiz filmlar olib, endi xalqning ko'ziga qaray olmayotgan rejissyor, axloqi buzuqroq yallachi va boshqalar ... Читать дальше »
Категория: Jinoyatchilik | Просмотров: 131 | Добавил: Admin | Дата: 23.01.2018 | Комментарии (0)

«Proart.uz» kompaniyasi, prodyuserlar Ruslan Mirzayev va Javlon Kamolov ijodiy jamoasi Turkiyaning «Apyapim Film» kinokompaniyasi bilan hamkorlikda «Güneşim benim» («Quyoshim mening») o'tkir syujetli dramatik serialini suratga olishni rejalashtirmoqda…

Muhabbat, insoniylik, mehr-oqibat kabi boqiy tuyg'ularni, milliy qadriyat va an'analarni o'zida mujassam etgan mazkur serial, Turkiya va O'zbekiston o'rtasidagi kino va seriallar borasidagi ijodiy hamkorlikning boshlanishida muhim qadam bo'lishi kutilmoqda. Serial voqealari yurtimizda va Turkiyaning bir necha tarixiy shaharlarida bo'lib o'tadi.

Serialda taniqli turk va o'zbek aktyor-aktrisalari ishtirok etadi. Aktyorlar kastingi fevral oyidan boshlashlanib, bu bilan «Proart.uz» kompaniyasi shug'ullanadi.

Serial ssenariysini tomoshabinlarga yaxshi tanish «Istanbullik kelin» serialining muallifi Ali Aydin hamda o'zbek ssenaristlari birgalikda yozishi rejalashtirgan.

«Güneşim benim» O'zbekiston va Turkiya kinoijodkorlari hamkorligida suratga olinadigan birinchi katta byudjetli va keng qamrovli serial bo'lsa ajabmas.
Категория: Shou biznes olami | Просмотров: 78 | Добавил: Admin | Дата: 23.01.2018 | Комментарии (0)

1 2 3 »
Шаблоны для uCoz

Ресурс U-TORRENTINO.RU © 2013-2014 не содержит никакой нелегальной информации. На сервере хранятся только торрент-файлы содержащие в себе хеш-суммы файлов.

Любой торрент файл будет удален по требованию правообладателя. uCoz